Triggerlar
Triggerlar – bu protsedura bo‘lib, aniq hodisalar paydo bo‘lishi bilan
ishga tushadi, hodisalar asosan ma’lumot jadvallarini modifikatsiyalash
(takomillashtirish) olib tashlash yoki qo‘shish amallarini bajarishi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Triggerni ishga tushirishni boshqaradigan hodisa mantiqiy
shartlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Triggerni shartlariga mos hodisa vujudga
kelganda, Oracle serveri avtomatik ravishda triggerni ishlatib yuboradi.
Trigger jadvalidagi ma’lumotlarni o‘zgartirishni uchta amallaridan
Insert, Delete va Update biri bajarilganda ishga tushiradi.
Trigger kodi, triggerni ishga tushirishni boshlash operatorlargacha, yoki
undan keyin bajarilishi mumkin.
Masalan, trigger foydalanuvchini amallar bajarish huquqini tekshirish
uchun trigger ishga tushishi kerak bo‘lsa, unda albatta amallarni
bajarguncha (Before kalit so‘zi) bo‘ladigan triggerni ishga tushirish kerak.
Agar trigger ma’lumotlarni auditoriya yozuvlari yaratishda ishlatilsa, unda
triggerni amallarni bajarishdan keyin (After kalit so‘zi) ishga
tushirilaganidan foydalanish mumkin. Trigger kodi butun jadval bilan
amal bajarishi mumkin yoki amal bajarilayotgan har bir satr bilan ishlashga
moslashgan bo‘lishi mumkin. Shunga qarab, triggerlar
operatorli
triggerlar hamda
satrli triggerlarga bo‘linadi.
Operatorli triggerlar
butun jadval bilan amal bajaruvchi qoidalarni tekshirish uchun ishlatiladi.
Satrli triggerlar satrlarni qo‘shishda (kiritishda) butunligini va
cheklanishini tekshirish uchun ishlatiladi. Satrli triggerlar ishga tushirish,
qo‘shimcha mantiqiy shart bilan oydinlashtirish mumkin.