increment_num – ketma-ketlik qadami. Avtomatik holda qadam 1 ga
teng. Qadamning absolyut qiymati ketma-ketlikning boshlang‘ich hamda
yakuniy qiymatlari orasidagi qiymatdan kichik bo‘lishi lozim.
maximum_num – Ketma-ketlikning maksimum qiymati.
NOMAXVALUE – o‘suvchi ketma-ketlik uchun 1027, kamayuvchi
ketma-ketlik uchun –1 o‘rnatiladi.
NOMAXVALUE avtomatik holda
ishlatiladi;
minimum_num – ketma-ketlikning eng kichik qiymati;
minimum_num qiymati start_num qiymatidan kichik yoki teng bo‘lishi
kerak, hamda minimum_num qiymati maximum_num
qiymatidan kichik
bo‘lishi zarur.
NOMINVALUE – O‘suvchi ketma-ketlik uchun 1, kamayuvchi
ketma-ketlik uchun –1026 o‘rnatiladi.
NOMINVALUE avtomatik holda
ishlatiladi;
CYCLE – maksimal yoki minimal qiymatga erishilganda ketma-
ketlik qiymatlarni yangitdan ishlab chiqarishni boshlaganligini bildiradi.
Agar maksimal qiymatga yetganida ketma-ketlikni
nazarda tutadigan
bo‘lsak, keyingi ishlab chiqarilgan qiymat ketma-ketlikning minimal
qiymati bo‘ladi. Kamayuvchi ketma-ketlik uchun esa, minimum qiymatga
erishilganda, keyingi qiymat maksimum qiymat bo‘ladi.