|
Хтфмтт га =арашли Бувайда тумани №6 сонли умумтаълим ырта мактабида туман ииб билан хамкорликда ытказилган ота-оналар йи\илиш
|
Sana | 21.09.2024 | Hajmi | 54,5 Kb. | | #271887 |
Bog'liq Гиёхвандликни олдини олиш 2023 йил ноябрь
Farg‘ona tumani
MMTB 48 –o‘rta ta’lim maktabida
tuman IIB bilan xamkorlikda
“Giyoxvandlikni oldini olish” bo’yicha
O‘tkazilgan yig‘ilish
Farg‘ona tuman MMTB tasarrufidagi 48 - umum ta’lim maktabida IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yigilish
B A YO N N O M A S I .
16 - noyabr 2023 yil Mash’al MFY
Yigilish raisi: D.Abduraxmonova
Yigilish kotibi: M.Davlyatova
Qatnashdi: Maktab rahbarlari, pedagog xodimlar, 5-11-sinf o’quvchilar
Taklif etildi: pofilaktika inspektori leytenant A.Axmedov, Mash’al MFY raisi –SH.Jomiyev
K U N T A R T I B I D A:
Narkotik moddalarni tarqatishning oldini olish to‘g‘risida.
2. Norasmiy diniy oqimlarga kirib qolishning oldini olish va terrorizmga qarshi kurash chora-tadbirlari to‘g‘risida.
3. Davomat tadbiri.
Eshitildi:
Yig‘ilishni maktab direktori D.Abduraxmonova qisqacha kirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan o’z fikrini bildirar ekan, bugungi kunda axoli o’rtasida narkotik moddalar savdosi avj olayotganligini, bu xolat ayniqcha voyaga yetmaganlar o’rtasida sodir bo’layotganligini, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm bugungi kunning eng global muammolaridan biriga aylanganini yig’ilish qatnashchilariga aytib o’tdi va maktabning o’quvchi yoshlari turli norasmiy diniy oqimlarga kirib qolmasliklari zarurligini, ularni narkotik moddalar savdosi va istehmolidan asrab-avaylashimiz zarurligini ota-onalarga uqtirib o‘tdi va so‘zni profilaktika kata inspektori mayor A.Axmedovga berdi.
Profilaktika inspektori A.Axmedov o‘z so‘zida giyohvandlik hozirgi kunda dolzarb muammolardan biriga aylanib qolgan narkotik moddalar savdosi va istemoli to’g’risida gapirar ekan, yig`ilish ishtirokchilarini hushyorlikka va ogohlikka chaqirdi va bu o’rinda narkotik moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchi jinoiy guruxlar va ulardan jabr ko’rayotgan odamlar to’g’risida statistik mahlumotlarga tayanib axbarot berdi hamda ota-onalarni farzandlarini doimiy nazorat qilib borishga chaqirdi. U o’z so’zida yana narkotik moddalar iste`mol qilish inson organizmini halokatga keltirishini, umrni zavoli bo’lgan narkotik moddalarni savdosi va istemolidan farzandlarimizni asrashimiz lozimligini tahkidladi.
Ikkinchi masala yuzasidan notiq o‘z so‘zida quydagilarni bayon etdi: xurmatli yig’ilish qatnashchilari bugun biz tarixiy bir davrda xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta xayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Ana shunday erishayotgan yutuqlarimizni ko’ralmayotgan g’alamislar tomonidan xalqimizni tinchligini buzish va oldilariga qo’ygan qabix maqsadlarini amalga oshirish yo’lida xar qanday ‘astkashlikni qilishga tayyorligini unutmaslik lozim. Xozirda mamlakatimizda 500 dan ortiq internet saytlari mavjud bo’lib, ularda asosan yoshlarni buzg’unchi g’oyalarga undovchi mahlumotlar bilan boyitilganligini va undan foydalanuvchilarning aksari yoshlar ekani achinarli xol albatta. Ushbu xavfni oldini olish uchun IIB va pedagog xodimlar oldiga o’sib kelayotgan yosh avlodni mahnaviyatli, chuqur bilimli va shu bilan birga milliy istiqlol ruxida tarbiyalashdek mahsuliyatli vazifa qo’ygan. Ana shu mahsuliyatni xis etgan xolda bizlar avvalambor o’quvchilarni mahnaviy, mafkuraviy bo’shliqdan, tashqi kuchlar tahsirida amalga oshirilayotgan mahnaviy taxdidlardan saqlagan xolda ularga to’g’ri yo’lni qo’rsatmog’imiz lozim bo’ladi. Buning uchun o’quvchilarga yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va bunyodkorlik ishlari, xalqimizning boy tarixi mehrosi, ajdodlarimizning dunyo bilim ummoniga qo’shgan xissalari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borish, yurtimizning kelajagi aynan shu yoshlar qo’lida ekanligini va buning uchun ularni xar tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash lozimligini unutmaslik kerak.
Shundan so’ng ushbu masala yuzasidan maktabning MMIBD o‘rinbosari O.To ‘xtamatova so‘zga chiqib, yuqorida aytib o’tilgan fikrlardan xar birimiz to’g’ri hulosa chiqarmog’imiz zarurligini, kerak bo’lsa xar daqiqada ogox turishimiz yurtimizning tinchligiga qo’shayotgan hissa ekanligini unutmaslik lozimligi haqida ga’irib o’tdi. U ushbu masala yuzasidan xar bir sinf raxbarlari sinflarda yakka tartibda suhbat munozaralar tashkil etish kerakligi, hamda bu munozalarda ota-onalarning ishtrokini tahminlash foydadan xoli emasligi haqida yig’ilish qatnashchilariga uqtirib o’tdi.
Shundan so’ng maktabning tarix fani o’qituvchisi J.Qambarov so’zga chiqib yetarli diniy va dunyoviy bilimi bo’lmagan, miyasida dunyoviylik, umuminsoniy qadriyatlarni chiqarib tashlagan, ularning o’rniga aqida’arastlik g’oyalari qo’yilgan insonlar mahnaviy qashshoqlashib, mahnaviy tomondan qashshoq odamlar toifasi, albatta sekin-astalik bilan bo’lsada, jamiyat xayotida notinchlik, beqarorlik keltirib chiqarishlari, biz yoshlar esa ana shunday toifadagi shaxslarga avvalambor ogox bo’lmog’imiz va qolaversa ularga qarshi mahnaviyat bilan kurashmog’imiz lozimligi haqidagi fikrini bayon etdi.
Yuqoridagilarga ko’ra yig’ilish qaror qiladi:
Profilaktika katta inspektori A.Axmedov maruzasi hamda yig‘ilishda bayon etilgan mahlumotlar va targ’ib etilgan fikr mulohazalar mahqullansin va amaliyotda tadbiq etilsin.
Maktabning MMIBDO` O.To‘xtamatova tomonidan yoshlarga mahnaviy mehrosimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e`zozlashga qaratilgan ishchi dastur ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
Ushbu qarorning ijrosi bajarilishini mahnaviy va mahrifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O.To‘xtamatova zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish rasi: D.Abduraxmonova
Yig’ilish kotibi: M. Davlyatova
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Хтфмтт га =арашли Бувайда тумани №6 сонли умумтаълим ырта мактабида туман ииб билан хамкорликда ытказилган ота-оналар йи\илиш
|