|
- konsultatsiyalar: yakka tartibda va guruhli (tyutoriallar)
|
bet | 143/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
- konsultatsiyalar: yakka tartibda va guruhli (tyutoriallar);
- nazorat qilish tadbirlari – kunduzgi bo‘limda imtihon va zachetlarni offline va online rejimlarda, tele-videokonferensiyalar rejimida o‘tkazish;
- kurs va diplom (loyihalar) ishlarini tayyorlashni tashkil qilish va rahbarlik qilish, kollokviumni o‘tkazish;
- bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilishda ishtirok etish;
- davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan amaliyotni tashkil qilishda ishtirok etish. Taqsimlangan kafedraning asosiy funksiyalari, albatta, o‘quv jarayonini o‘quv-metodik qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Birinchi navbatda, bu o‘quv kurslarini ishlab chiqish. Har bir taklif qilingan kurs bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilishini tartibga soluvchi ishchi dastur va boshqa hujjatlar (joriy attestatsiyaning savollari, kurs ishlarining tematikasi, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, Internet tarmog‘idagi adreslar) tayyorlanadi. O‘quv jarayonini o‘quv-metodik qo‘llab-quvvatlash ta’lim faoliyatni o‘quv-metodik ta’minotining butun kompleksini tayyorlashda ifodalanadi:
- o‘quv adabiyotlar;
- o‘quv qo‘llanmalar;
- ma’ruzalarning mualliflik kurslari;
- topshiriqlar to‘plami, situatsion topshiriqlar va mashqlar to‘plami (case-study);
- testlar to‘plami;
- laboratoriya va boshqa amaliyotlar;
- o‘quv-mashg‘ulotlar klasslaridagi mashg‘ulotlar uchun integratsiyalangan qo‘llanmalar;
- kursni o‘rganish bo‘yicha qo‘llanma (study-guide);
- kompyuter dasturlari, shuningdek, mustaqil ishni tashkil qilish uchun boshqa materiallar. Ta’lim faoliyatining o‘quv-metodik ta’minoti turli texnologik muhitlarda (face-to-face o‘qitish, tarmoq o‘qitish, multimediya o‘qitishdan) foydalanish uchun turli axborot tashuvchilarda (qog‘oz tashuvchilar, CD-ROM, disketlar, videokassetlar, audiokassetlar) bo‘lishi mumkin. Virtual kafedra faoliyatining turli yo‘nalishlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanadi:
|
| |