|
Html sahifa shabloni
|
bet | 155/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
Maxsus simvollar
Sonlikod
|
Nomliko’rinish
|
Simvol
|
Ta’rif
|
"
|
"
|
"
|
Qavs
|
&
|
&
|
&
|
Ampersant
|
<
|
<
|
<
|
Kichik
|
>
|
>
|
>
|
Katta
|
|
|
|
Uzluksizbo’shjoy
|
¡
|
¡
|
¡
|
Teskariundovbelgisi
|
¢
|
¢
|
o’
|
Цent
|
£
|
£
|
£
|
Funt
|
¤
|
¤
|
¤
|
Valyuta
|
¥
|
¥
|
¥
|
Yena
|
¨
|
¨
|
¨
|
Umlyaut
|
©
|
©
|
©
|
Kopirayt
|
«
|
«
|
«
|
Chapburchakqavs
|
®
|
®
|
®
|
Qaydetilgan savdomarkasi
|
°
|
°
|
5°
|
Gradus
|
±
|
±
|
±
|
Plyus - minus
|
»
|
»
|
»
|
¡ngburchakqavs
|
Gorizontalchiziqyaratish
Gorizontalnaya liniya sozdaetsya s pomohyu odinochnogo tega . Etot teg vo’vodit na ekran gorizontalnuyu liniyu, kotoraya mojet slujit dlya logicheskogo razdeleniya sahifao’. Imeet sleduyuhie neobyazatelno’e atributo’:
align =center|left|right|, boshqa qiymat ko’rsatilmaganda left ga teng;
size – balandlik o’lchami, boshqa qiymat ko’rsatilmaganda 2 ga teng;
width = n|m% - uzunlik, piksel yoki prostentlarda ko’rsatiladi;
noshade hech qanday qiymat qabul qilmaydi, birorr rang bilan to’ldiradi.
Misollar:
HTML HUJJATGA GRAFIK OB’EKTNI JOYLASHTIRISH
Tarmoq texnologiyasining grafik formatlari
Ko’p hollarda grafik illyustrastiyalar Web-hujjatlarning ajralmas qismi bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi paytda Web-sahifada grafik elementlarni tasvirlash uchun asosan ikki xil formatdan foydalaniladi. Ular GIF va JPEG farmatlaridir. Hozirgi paytda Internetdagi grafik ob’ektlarning 90 foyizi GIF va JPEG farmatlarida saqlanadi. Web-saxifalarini kompter ekranida ko’rsatish (aks etirish ) uchun muljallanga grafik brauzerlarning xammasi bu formatdagi fayllar boshqa fayllardan ajrata oladi va ularni ekranga aks ettiradi. Bu formatlar uchun tasvir sifatini yuqotish hisobiga, u saqlayotgan fayl o’lchamini kamaytirish algoritmlri asos qilib olingan.
GIF farmati 1978 yilda ikki isroillik olim –Yakob Zif (JacovZiv) va Abraxam Lempel (AbrahamLempel ) ma’lumotlarni yuqotmasdan axborotlar hajmini qisqartirishning prinstipial yangi algoritmini ishlab chiqdilar, va unga LZ78 deb nom berdilar. Bu algoritmning tuzilish prinstiplari haqidagi axborot hamma uchun ochiq edi.buning natijasida amerikilik dasturlovchi Terri Uelch (TerryWelch) uni mukammallashtirdi va yangi algoritm nomiga o’z familiyasini bosh harfini qo’shib, uni LZW nomi bilan patentladi. U ham Yakob Zif hamda Abraxam Lempel kabi o’z algoritmini hamma hoxlovchilar uchun foydalanishga taqdim etdi.
Bunday “hoxlovchilardan” biri CompuServeInc. kompaniyasining xodimi Bob Berri (BobBerry) bo’lib, u 1987 yilda LZW asosida prinstipial yangi grafik formatini yaratdi. Bu grafik format GIF (GraphicInterchangeFormat) ma’lumotlarni qisqartirish uchun LZW algoritmidan foydalandi va bu jarayon ayrim adabiyotlarda kompressiya deb ataldi. Bu paytlarda Terri Uelch tomonidan tashkil qilingan Unisys kompaniyasi (LZW algoritmining avtorlik huquqi unga tegishli bulgani uchun) faqat komp’ter uchun apparat ta’minotini ishlab chiquvchilar GIF standartidan foydalanganliklari uchun ma’lum bir miqdorda haq berar edi. Masalan, modemlarni ishlab chiqaruvchilardan o’shbu standartdan foydalanganlari uchun. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilardan “kommision tulovlar” olinmas edi.
Ammo 1994 yilning qishda Unisys kompaniyasi moliyaviy muammoga duch keldi va LZW standartidan foydalanish tijorat asosida amalga oshirilishini e’lon qildi, natijada foydalanuvchilar haq to’lashga majbur bo’ldi. Bu avtomatik ravishda GIF formatini dunyoda birinchi “pullik” grafik formatiga aylantirdi va Internet foydalanuvchilari orasida norozilik to’lqini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Chunki, bu davrda Web-sahifalarining juda katta qismiga GIF elemenlari tadbiq qilingan edi. Shunga qaramasdan GIF grafik formati hozirgi kunda ham Internet tarmoғida juda keng foydalaniladigan formatlardan biri. Bundan tashғari bu formatdagi grafik ob’ktini Web-sahifaga joylashtirgan odam hech qanday to’lov to’lashga majbur emas, chunki yuqorida keltirilgan moliyaviy talab, birinchi navbatda GIF bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilarga tegishlidir. Bu standartning kelajak taqdirini belgilovchi holat hozirda hal qilingan.
LZW algoritmining imkoniyatlari tufayli GIF standarti yakuniy grafik fayl hajmini boshlanғich tasvirga nisbatan sezilarli darajada qisqartirish imkoni hosil bo’ladi. Bu juda o’xshash ranglarni birga qo’shib yuborish usuli bilan amlaga oshiriladi. Masalan, agar rasmning tarkibida bir necha o’xshash (misol uchun havo rang, och havo rang, to’q havo rang) iborat parchalar mavjud bo’lsa, ular bir xil, ya’ni havo rang rang bilan kodlashtiriladi. Tasvir haqidagi axborot GIF standartining faylda satr(qator) bo’ylab yoziladi, ya’ni bir pekisl balandligidagi satrlarni tasniflovchi massivdan iborat. Ushbu format fiksirlangan, boshqacha aytganda indekslashtirilgan palitraga tayanadi. Ammo bu palitradagi ranglarning soni 256 dan oshmaydi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, HTML hujjatlarda GIF standartidan faqat chizilgan grafik ob’ektlarni, ya’ni diagrammalar, chegarallovchi chiziqlar, tugmachalar va sahifani bezovchi boshqa elementlarni kompyuter ekarnida aks ettirish uchun ishlatiladi. Boshqa hollarda, masalan, orfogshrafiyalar yoki juda katta miqdordagi xilma-xil ranglardan tashkil topgan tasvirni Web-sahifaga joylashtirish uchun JPEG formatidan foydalaniladi.
JPEG formati. Bu formatni taklif qilgan tadqiqotchilar guruhi (JointPhotgraphicExpertsGroup) sharafiga JPEG nomi qo’yilgan va “Djey-peg” deb o’qiladi. Ushbu grafik standartni tasvir sifatini yo’qotmasdan uning hajmini qisqartirish uchun mo’ljallangan JPEG algoritmi asosida yaratildi. U bir-biriga aynan o’xshash bo’lmagan elementlarni xuddi LZW algoritmi kabi kodlashtiradi, ammo peksillar orasidagi interval boshqacha kodlashtiriladi. JPEG format bilan berilgan fayldagi tasvirni qisqartirishning soddalashtirilgan mexanizmi quyidagi ko’rinishga ega. Qisqartirishning birichi poғonasi tasvirni LAB rangli obrazga aylantirishdan iborat bo’lib, u rasmni 3 mustaqil kanalga yoyib beradi. Ulardan biri (Ligntness) ranglar intensivligini saqlash uchun, qolgan ikkisi (A va B) esa-bevosita rang haqidagi axborotni saqlash uchun ajratiladi. Bunda ranglar haqidagi ma’lumot uzluksiz spektr prinstipi asosida tashkil shkala ko’rinishida saqlanadi. Qisqartirishning ikkinchi poғonasi quyidagicha amalga oshiriladi: birinchi poғonada hosil qilingan rang modelidan rang haqidagi axborotning taxminan to’rtdan uch qismi olib tashlanadi, so’ng obraz 8x8 nuqtalar o’lchamidagi qismlarga bo’linadi va sonli ma’lumotlar massiviga aylantiriladi. Har bir blokning sarlavhasi qismning asosiy rangini tasvirlaydi axborotning qolgan qismi esa kam farq qiluvchi ranglar tasniflaydi. Qisqartirishning uchinchi poғonasida esa ikkinyai darajali ranglarni tasniflovchi axborotning ma’lum bir qismini ma’lumotlar massividan olib tashlaydi. Bunda olib tashlanadigan ma’lumotlarning miqdori natijaviy tasvirni foydalanuvchi tanlagan sifatdan boғliq. Oxirgi poғonada tayyor bo’lgan fayl Xavfman algoritmiga muvofiq qisqartiriladi. JPEG faylni dekompressiya qilish teskari tartibda amalga oshiriladi.
Grafik ob’ektni Web-sahifasiga joylashtirish
|
| |