• Validastiya.
  • Uzoqlashtirilgan auditoriyalar
  • Franchayzing.Franchayzing




    Download 11,86 Mb.
    bet39/166
    Sana29.05.2024
    Hajmi11,86 Mb.
    #256483
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   166
    Franchayzing.Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o’qitish modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o’zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta’lim xizmati bozorida o’zini ko’rsatgan qandaydir universitet o’zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o’qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o’qitish uchun o’quv ashyolarini mustaqil ishlab chikish tajribasiga ega bo’lmagan boshqa oliygoh - hamkorlariga o’qitish huquqini berishi mumkin. Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o’zlarining universitetida o’qishga yozilib, konsorstiumga kirgan ilg’or oliygoh talabasi kabi o’sha hajmda va o’sha sifatda ta’lim xizmatlariga, o’qishni bitirganlaridan keyin hatto diplomlariga ega bo’ladilar. Bunda ilg’or universitetning barcha atributikalari uz kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sig’atida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Evropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.
    Validastiya. Masofali o’qitishning juda keng tarkalgan modeli bo’lib, bunda ta’lim muassasalari masofali o’qitish bo’yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validastiyasi, kurs va dasturlarni akreditastiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertigfikatlarni berishga mas’ul bo’ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygoh (davlat akkreditastiyasiga ega bo’lgan tanikli oliygoh) va uning hududlardagi ko’p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.
    Uzoqlashtirilgan auditoriyalar. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. Qandaydir oliygohda o’tkazilayotgan o’quv kurslar, ma’ruzalar yoki seminarlar talabalar yig’iladigan uzoklashtirilgan o’quv auditoriyalarga sinxron teleko’rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko’rinishida telekommunikastiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o’qituvchi bir vaqtni o’zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo’yicha AQSh ning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o’qitish tashkil etilgan.

    Download 11,86 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   166




    Download 11,86 Mb.