Coursera. Rasmiysayti:www.coursera.org
Ushbu ingliz tilidagi loyixa har xil bilimlar bosqichi bo`yicha kurs tizimlarini o`tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni o`qibgina qolmasdan, kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Coursera OOOK testlar va imtixonlar topshiradilar.
Khan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org
Bir kuni MIT va Garvardni bitirgan kobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan kichkina amakivachchasini matematika fanidan qiynalishini bilib qoladi. U «YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirib, unga yordam bermoqchi bo’ladi va mashxur bo’lib ketadi. Endi Khan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul mikroma’ro’zalar bor. Ulardan ko`pchilig rus tilida ham mavjud.
Garvard Universiteti hamda Massachusest Texnologiya Instituti birgalikda "barcha yoshdagilar va turli millat vakillari uchun tekin, internet orqali interfaol ta’lim olishlari uchun" notijoriy tashkilot tashkil qilishdi. EdX - bir so`z bilan aytganda, ta’lim platformasi, endi siz ingliz tilida Garvard Universiteti, MIT va yana Berkeley Kaliforniya Universitetlarida (hamda 2013-yildan Texas Universiteti ham qo`shilmoqda) o`rgatiladigan kurslardan bilim olishingiz mumkin.
Hozircha maskur EdX platformasida kimyo, tibbiyot, informatika, fizikaga oid kurslar qo`yilgan.
Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru
Oliy ta’lim va ikkinchi oliy ta’limni olish imkoniyati mavjud bo’lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet- universitetidir.
To`liq O`qish pullik, ammo intuit saytida turli soxadagi: informatika, fizika, matematika, iktisodiyot va falsafa bo`yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul O`qish (tinglash) mumkin. Hozirgi kunda ko`pgina kurslar video darslar shaklida ham berilmoqda. Ta’lim kurslarini tugatganda bepul elektron sertifikat olish mumkin.
|