|
- o‘quv kurslarining tarkibini takomillashtirish va rivojlantirish yo‘nalishining ilmiy-metodik asosi
|
bet | 144/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)- o‘quv kurslarining tarkibini takomillashtirish va rivojlantirish yo‘nalishining ilmiy-metodik asosi;
- ta’lim faoliyatning barcha o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish va rivojlantirish yo‘nalishining ilmiy-metodik asosi;
- o‘qitish, ta’lim texnologiyalar shakli va turlarini takomillashtirish yo‘nalishlarining ilmiy-metodik asosi;
- O‘zbekiston respublikasi va xorijiy ta’lim strukturalarining ta’lim va metodik faoliyatini monitoring qilish;
- ilmiy-pedagogik maktab (maktablar) doirasida dozarb ilmiy muammolar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil qilish;
- o‘qituvchilar, aspirantlar, doktorantlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish;
- ilmiy-konsalting faoliyatni tashkil qilish;
- ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy nashrlarni (qog‘oz tashuvchilar va Internet tarmog‘ida) tayyorlash. Muhim masala bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi subyektlari hududida va xorijda o‘quvchi talabalar, tinglovchilar, aspirantlar, doktorantlar bo‘yicha virtual kafedraga o‘xshash o’quv kurslar bo‘yicha ilmiy-pedagogik faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar orasidan tashkil qilinadigan virtual kafedraning tarkibini aniqlash hisoblanadi. Taqsimlash kafedra tarkibiga o‘z virtual vakilligi orqali o‘quv jarayonini amalga oshiruvchi bazali o‘quv muassasaning o‘qituvchilari kabi, hududiy o‘qituvchilari kiritilishi mumkin. Hududiy o‘qituvchilar bazali o‘quv muassasaning virtual vakilligi orqali bir yoki bir nechta o‘xshash fanlar bo‘yicha bazali o‘quv muassasa talabalari, aspirantlari, doktorantlari, tinglovchilari bilan o‘quv jarayonni olib boruvchi pedagogik xodimlar – professor, dotsent, katta o‘qituvchilar, assistentlar hisoblanadi. Professor-o‘qituvchi tarkibi bilan bir qatorda kafedra o‘z ichiga aspirantlar, doktorantlar, talaba-stajerlar, metodistlar, texnologlar, laborantlar kirishi mumkin. Kafedra tarkibida eksterhududiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan laboratoriya, ilmiy-tadqiqot guruhlar va boshqa bo‘linmalar tashkil qilingan bo‘lishi mumkin. Taqimlangan kafedra bazali o‘quv muassasaning yagona axborot-texnologik muhitida ta’lim, ilmiy va boshqa faoliyatni amalga oshiradi, bu o‘quv muassasaning boshqa kafedra, tarkibiy va funksional bo‘linmalari, tashqaridagi tashkilotlar, hududiy markazlar, masofadan o‘qiydigan talabalar, aspirantlar, tinglovchilar bilan operativ o‘zaro ishlashni ta’minlash, shuningdek, dunyo ta’lim makoniga kira olish imkonini beradi.
Shunday qilib, axborot-ta’lim muhiti, bu avvalambor, moliyaviy-iqtisodiy, moddiy-texnik, normativ-huquqiy, boshqaruv va marketing quyi tizimlarda axborot-ta’lim muhitini ta’minlaydigan pedagogik tizimdir. O‘quv muassasaning virtual vakilligi o‘quv jarayonni tayyorlash va o‘tkazish, o‘quv jarayonni tayyorlashda va amalga oshirishda asosiy foydalanuvchilar bo‘lib hisoblanadigan o‘qituvchi va talabalarni har qanday toifasining funksional majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan servis xizmatlar (dasturiy modullar)ning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘plamlarni o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayoniga taalluqli bo‘lgan VV asosiy tarkibiy bloklari bo‘lib elektron kutubxona, elektron dekanat va virtual kafedra hisoblanadi.
|
| |