- o’quv-metodik ta’minoti joylashtirilgan elektron kutubxonadan foydalana olish




Download 12,23 Mb.
bet141/166
Sana14.05.2024
Hajmi12,23 Mb.
#232404
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   166
Bog'liq
152371477 (3)

- o’quv-metodik ta’minoti joylashtirilgan elektron kutubxonadan foydalana olish;
- o‘qituvchi bilan elektron pochta orqali muloqot qilish;
- har bir o‘qitiladigan kurs bo‘yicha telekonferensiya;
- o‘z virtual o‘quv guruhining talabalari bilan muloqat qilish;
- online rejimda va bir qator imkoniyatlar bilan o‘qituvchidan maslahat olish. Virtual vakillikning asosiy funksiyalarini amalga oshiruvchi VV asosiy quyi tizimlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Ma’muriy quyi tizim bo‘lib namunaviy generatsiyalanadigan modullarni yaratish. foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga belgilangan huquqlarni berish, barcha asosiy modullarning o‘zaro ishlashi hisoblanadi;
Hisobga olish quyi tizim (elektron xodimlar bo‘limi) – barcha toifadagi foydalanuvchilarning shaxsiy yig‘ma jildini yaratish va olib borish hisoblanadi;
Kutubxona quyi tizim (elektron kutubxona) – axborot resurslarini foydalanuvchilarning vakolatiga hamda o‘quv yurti tomonidan belgilanadigan shartlarga muvofiq to‘plash, saqlash va taqdim qilish hisoblanadi;
O‘quv jarayonini tashkil qilish quyi tizimi (elektron dekanat) – o‘quv guruhlar, mashg‘ulotlar jadvali, o‘quv jarayonining borishi yuzasidan nazoratni va boshqalarni shakllantirish;
Bilimlarni nazorat qilish quyi tizimi (testli qo‘yi tizim);
Statistika quyi tizimi – VV ishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, shakllantirish va taqdim etish hamda, ishlarga bayonnomalar yozish;
Hujjatlashshtirish quyi tizimi – turli hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishda chiqarish. O‘quv jarayoniga taalluqli bo‘lgan VV asosiy strukturali bloklari bo‘lib ushbu sxemada elektron kutubxona va elektron dekanat hisoblanadi.
Elektron kutubxona funksiyalari – o‘quv-metodik ta’minotdan online rejimida foydalanish uchun o‘quv-metodik ta’minotning o‘quv jarayonida quyidagilarni to‘plash va amalga oshirish hisoblanadi:
- matnli materiallar;
- audio- va videomateriallar;
- gipermatnli qo‘llanmalar;
- grafik tasvirlar;
- o‘quv kompyuter dasturlar;
- modellashtiriluvchi tizimlar;
- avtomatlashtirilgan laboratoriya praktikumlar;
- bir nechta tipdagi matnli topshiriqlar va boshqalar.
O‘quv jarayonida o‘quvchilar har bir o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha majburiy va qo‘shimcha o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlanadi.
Elektron dekanat funksiyalari bo‘lib tegishli o‘quv guruhlarini shakllantirish hisoblanadi, bu o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilish, VV aniq ishini ta’minlash imkonini beradi. O‘quv guruhlari uchun VV e’lonlar taxtasida, uning yopiq qismida joylashtiriladigan jadval tuziladi. Shu yerning o‘zida o‘quv guruhining tarkibi to‘g‘risidagi axborot, VV ma’muriyati, dekanat yoki VV xodimlar bo‘limining axboroti joylashtirilishi mumkin. O‘qitish metodikasiga muvofiq har bir o‘quv guruhi uchun o‘quvchilarning jamoa vositasi kabi elektron auditoriyasi yoki forumlari yaratilishi (ochilishi) mumkin. Bunda o‘quv yurtining VV o‘quv jarayonini olib borish uchun zarur bo‘lgan o‘quv va ma’muriy resurslarni shakllantiradi, ushbu resurslar u yoki boshqa fan bo‘yicha o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan ishlab chiqarish moduli deb nomlanadi va zaruriyatga qarab yaratiladi. Bunday modullarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ayrim fanlar bo‘yicha o‘quv guruhining CHAT (online auditoriyalar – seminarlar va maslahatlar);
- fanlar bo‘yicha telekonferensiyalar (forumlar) (online auditoriyalar - seminarlar va maslahatlar);
- e’lonlar taxtasi;
- tarqalish varag‘i;
- yakka tartibda (ta’riflanadigan) maslahatlar tizimi.
O‘quv yurtining VVdagi bunday modullar soni o‘qituvchilar ehtiyojlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan o‘qitish metodikasi bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish kerak. Shunday qilib, axborot-ta’lim muhiti pedagogik tizim kabi quyidagi funksiyalar yuklanadigan o‘qituvchining yangi rolini belgilaydi:
- bilish jarayonini muvofiqlashtirish;
- o‘qitiladigan fanni to‘g‘rilash;
- yakka tartibda o‘qitish rejasini tuzishda maslahat berish;
- o‘quv rejasi, o‘quv loyihalariga rioya qilish.
O‘qituvchi-konsultant (yoki tyutor) o‘z bilimlarini namoyish qilish, texnologik, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik imkoniyatlarni olish, maksimal pedagogik natijalarni olish kerak. O‘quv muassasa o‘zining AA orqali bir yoki bir nechta mutaxassisliklar bo‘yicha alohida kurslar (fanlar) bo‘yicha o‘qtishni amalga oshiradi. Bunda VV dasturiy ta’minot o‘quvchilar tomonidan, u o‘qishni istagan, o‘qituvchini tanlash imkoniyatini ta’minlaydi. O‘quvchilar har bir o‘qituvchining ishlash tajribasini xarakterlaydigan ma’lumotlar (anketa ma’lumotlari, ilmiy va pedagogik staj, asosiy ilmiy ishlar va yutuqlar hamda o‘qituvchi o‘z fayliga joylashtirishini zarur deb hisoblagan boshqa ma’lumotlar) bilan tanishishi mumkin. O‘qituvchining tanlovi, qoidaga ko‘ra, fan bo‘yicha o‘quv-metodik ta’minotni tanlash amalga oshirilgunga qadar o‘tkaziladi. Shu sababli o‘quv jarayoniga bevosita taalluqli bo‘lgan bitta blokni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi va keltirilgan sxemada keltirilmagan bu elektron kafedradir. Elektron kafedrani qurish ideologiyasi to‘g‘risidagi masala ishlab chiqish va o‘rnatish bosqichida turibdi.
ATMda an’anaviy kafedradan farqli bo‘lgan virtual (taqsimlangan, eksterritorial) kafedralarning ishlash sharoitlarining shartlari o‘zgarishi mumkin. Ushbu shartlarni aniqlash uchun mamlakatimiz universitetlari kafedralari va xorijiy xuddi shunday kafedralarning tashkiliy, metodik va ilmiy faoliyatini, shuningdek, kafedraning erganomik tizimi kabi kafedraning faoliyatini ta’minlaydigan axborotning tipi, tarkibi va xarakteristikasining tahlilini o‘tkazish zarur. Birinchi navbatdagi choralar sifatida quyidagilarni:

Download 12,23 Mb.
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   166




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- o’quv-metodik ta’minoti joylashtirilgan elektron kutubxonadan foydalana olish

Download 12,23 Mb.