|
"Pedagog" menyusining "Yozishmalar"
|
bet | 140/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)"Pedagog" menyusining "Yozishmalar" qismida professor-o’qituvchilar o’zlarining talabalari tomonidan berilgan savollarga javob berishlari yoki fikr almashishlari mumkin.
Shunday qilib, taklif etilayotgan elektron portfolio pedagoglarning kasbiy faoliyatlari monitoringini olib boorish, ilg`or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagoglar va talabalarning virtual muloqotini tashkillashtirish, ta’lim resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashkari pedagoglarda ahamiyatli kasbiy natijalarni namoyish etish va taxlil qilish imkoniyatlari yaratiladi hamda portfolioda to`plangan ma’lumotlar pedagogning kasbiy guvoxnomasi sifatida shakllanadi.
Nazorat savollari:
Portfolio so`zining ma’nosi nima?
Portfolio atamasidan dastlab qayerda va qaysi sohalarda qo`llanilgan?
Portfolioning qanday turlari mavjud?
www.portfolio.bimm.o’z portfolio tizimi qanday qismlardan tashkil topgan?
Xorijiy portfolio tizimlaridan qaysilarini bilasiz?
Adabiyotlar:
I.Aldjanova "O`quv portfoliosi - bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy kompitentlikni shakllantirish vositasi sifatida" Pedagogik ta’lim jurnali, 2012 yil 4-son, 46-bet.
S.Musaeva "Portfolioning maqsad va moxiyati" Pedagogik ta’lim jurnali, 2013 yil 1-son, 20-bet.
U.Begimkulov, T.Shoymardonov i dr. Informastionno-metodicheskoe obespechenie neprerivnosti obrazovatelnogo prostessa na osnove elektronnogo soprovojdeniya. Materiali mejdunarodnoy konferenstii. Sankt-Peterburg (Rossiya), 2012 god, 5 str.
www.portfolio.bimm.o’z - elektron portfolio tizimi.
§.8.3.VIRTUAL BORLIQ TUSHUNCHASI
Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari (AT) keng ko‘lamda rivojlanmoqda. Shubhasiz, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog‘idan faol foydalanishi bilan xarakterlanadi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi ATni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji va "oyoqqa turish"dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi. Maktabdagi ta’lim jarayonida o‘quvchilar AT yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy obyektlarni va ma’lumotlar bazasini yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o‘rganadi. O’quvchilar axborot yig‘ishning yangi usullarini,ulardan foydalanishni o‘rganishadi, ularning dunyoqarashi kengayadi. Darslarda AT ning ishlatilishi o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini, o’quvchilarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter AT bilan birgalikda ta’lim sohasida, o’quvchilarning o‘qish va ijodkorligida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ilk bor ta’lim AT shaxsning bo‘lajak kasbining asosiy instrumenti bo‘ladigan vaziyat vujudga keladi. Ta’lim xaqiqattan ham hayotimizga butun hayot faoliyati davomida kirib kelaveradi. ATni qo‘llashda shaxsning barcha qobiliyatlarini – qiziquvchanlik, odob-axloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarishga harakat qilish kerak. Bu qobiliyatlar keraklicha yuqori darajada ro’yobga chiqishi uchun pedagogning AT sohasidagi bilimdonligi zarur. Pedagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy o’quv yurtlaridagi o‘qish davomida boshlash kerak. AT sohasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo’ladi:
zamonaviy axborot muhitida tajribani baholash va faoliyatda qo‘llash qobiliyati; shaxsiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish;
umumiy kommunikativ madaniyatning, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi;
axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o‘zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo‘llash madaniyatini o‘zlashtirish.
Ilmiy-texnik rivojlanish xalq xo‘jaligini qayta qurollantirishini va turli sohalarda qo‘llaniluvchi texnika va texnologiyalarning tez almashib turishini taqozo qilmoqda. Bugungi kun uchun fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida jamlagan yangi vosita va texnologiyalarning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi oddiy holga aylanib qoldi. Ilmiy – texnik rivojlanish jarayonida zamonaviy ishlab chiqarish asoslarining o‘zgarishi, yangi qurilma va texnologiyalarning qo‘llanilishi aqliy mehnat hissasining, ishchining mehnatdagi ijodiy qobiliyatining, uning kasbiy mobilligining oshishiga olib kelmoqda va tabiiyki, o‘quvchilar maktablarda olishi kerak bo‘lgan bilim va qobiliyatlar tizimining o‘zgartirilishiga olib kelmoqda. Kasbiy ta’limni kompyuterda qo‘llab-quvvatlash sohasining tizimli o‘rganilishi 30 yildan uzunroq tarixga ega. Bu davr ichida AQSH, Fransiya, Yaponiya, Rossiya va boshqa qator davlatlarning o’quv yurtlarida turli xildagi EHMlar uchun ta’limga mo‘ljallangan ko‘plab kompyuter tizimlari ishlab chiqilgan. Lekin bunday tizimlarning qo‘llanilish sohalari ancha kengdir. Bu – katta sanoat tashkilotlari, harbiy va jamoatchilik sohalarida kadrlarni mustaqil tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini olib boruvchi tashkilotlardir. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda yangi murakkab qurilma va texnologiyalarni o‘rganish va amalga kiritish jarayonlarini tezlashtirish uchun ularga kompyuterli o‘rganish tizimlarini kiritish odatiy holga aylanib bormoqda. Chet elda o‘rgatishga mo‘ljallangan "yumshoq" dasturiy vositani ishlab chiqish yuqori malakali ishchilar (ruhshunoslarni, fan o’qituvchilarini, kompyuter dizaynerlarini, dasturchilarini) mehnatini talab qilgani uchun juda " qimmat" soha hisoblanadi. Shunga qaramay ko‘pgina chet el firmalari ta’lim maskanlarida yangi kompyuterli o’quv tizimlari yaratilishini moliyalashtirishadi va bu sohada o‘z izlanishlarini olib borishadi. Metodologik tomondan kasbiy tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlashda kompyuter vositalarining ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi (birinchi navbatda "yumshoq" mahsulotni) boshidan boshlab bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan turli sohalarda rivojlana boshlagan. Birinchi yo‘nalish dasturiy o‘rgatish g‘oyalariga asoslanadi. Bunda turli fanlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan o‘rgatish tizimlari (AUT) ishlab chiqiladi va qo‘llaniladi. AUT ning asosi bo’lib muallif-o’qituvchiga yangi o‘quv materiallarini ma’lumotlar bazasiga kiritish, maxsus mualliflik tillari yoki boshqa tillar yordamida dasturlash imkonini beruvchi mualliflik tizimlari xizmat qiladi. AUTga misol sifatida chet eldagi PLATO tizimini, yoki Rossiyadagi AOSB oilasini keltirsak bo’ladi. XX-asrning 90 – yillaridan boshlab Rossiya va MDX mamlakatlarida kompyuter kurslarini yaratuvchi instrumental muhitlar (chet elning IBM PC yoki Rossiyaning va boshqa dasturlari) paydo bo‘la boshladi.
Ikkinchi yo‘nalish – umumta’lim va kasbiy tayyorgarlikni kompyuterda qo‘llash inson faoliyatining turli sohalarini kompyuterlashtirishning "yumshoq" mahsulotining ikkinchi darajali ilovasi hisoblanadi. Bular keyin hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi, matematik modellar asosida jarayonlar yoki obyektlarning xususiyatlarini o‘rganuvchi alohida dasturlar yoki dastur paketlaridir. Kasbiy tayyorgarlikda bunday dasturiy tizimlarni qo‘llash bizda ham, chet elda ham AUTlarga nisbatan kengroq ishlatiladi, lekin yagona didaktik shaklning yo‘qligi, mazmunning umumiy emasligi ularning ilmiy adabiyotlarda yaxshi yoritilmaganligiga olib keladi. Sohaviy dasturlarni o‘qitishga moslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilgan ko‘plab dasturlar ichidan hamda didaktik va texnik umumlashtirish urinishlarining tizimliligi bilan ajralib turadi. 80-yillar boshidan boshlab ta’limni kompyuterlashtirishning yangi yo’nalishi – sun’iy intellekt sohasida ishlashga asoslangan intellektual o‘rgatuvchi tizimlar (IUT) tez rivojlana boshladi. Boshqariluvli o‘qish jarayoni modeli IUTlarning muhim qismi hisoblanadi, ular asosida har bir o‘quvchi uchun maxsus o‘qitish strategiyasi ishlab chiqilishi mumkin. IUTlardagi ma’lumotlar bazalari formallashtirilgan bilimlardan tashqari o‘rganilayotgan soha uchun ekspert bilimlariga ega bo‘lishi mumkin. IUTni yaratish yo‘nalishidagi ishlarning kelajagi porloq ko‘ringani bilan, bugunda ular laboratoriyadagi izlanishlar darajasida qolishmoqda, bir nechta omadli misollar bo‘lgani bilan ularni ishlab chiqarish hali ommaviy tus olgani yo‘q.
90-yillardagi "Shaxsiy revolyusiya" ta’lim sohasiga nafaqat texnik, balki didaktik imkoniyatlarni ham – SHEXM lar ishlatish imkoniyatlari, dialogik muloqotni tashkillashtirish qulayligi va albatta tasvir bilan ishlash. Ta’lim kompyuter tizimlarida tasviriy taqdimotlarning ishlatilishi nafaqat o‘quvchiga ma’lumot uzatish tezligini oshiradi va tushunish darajasini oshiradi, balki o‘quvchida har qanday soha vakili uchun muhim bo‘lgan intuitsiya, kasbiy "sezish" , tasvirli o‘ylash kabi qobiliyatlarni ham rivojlantiradi. Kompyuter texnologiyalari bozorlarida esa kasbiy tayyorgarlikka yanada ko’proq imkoniyatlar bera oladigan yangiliklar paydo bo’lmoqda. Bular katta hajmdagi ma’lumotni o‘zida saqlay oladigan CD-ROM kompakt disklaridagi tashqi optik eslab qolish qurilmalari, gipermatnli dasturiy vositalar, multi- va gipermediya vositalari, "virtual borliq" tizimlari va boshqalar. Multmediyali texnik vositalarga ega bo‘lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o‘zida murojaatlarni tashkil qilsa bo‘ladi, bu esa kalit so‘zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi. Gipermediya tizimlari faqat matnni emas , balki tasvirni, raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o‘zaro bog‘lash imkonini beradi. Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo‘llanmalari, spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar yordamida tarqatish imkonini beradi. Axborot telekommunikatsion tarmoqlarning rivoji esa sayyoramizning turli nuqtalarida saqlanayotgan katta hajmdagi ma’lumotga erishish imkonini yaratadi va shu bilan birga distansion ta’lim tizimlari rivojiga turtki beradi. Kompyuter imkoniyatlarini oshiruvchi yangi texnik va dasturiy vositalarning paydo bulishi sekin-asta "kompyuter texnologiyalari" atamasining "Axborot texnologiyalari" atamasi bilan siqib chiqarilishga olib kelmoqda. Bu atama ostida elektron vositalar yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, taqdim etish va ishlatish jarayonlari tushuniladi. Shunday qilib, ta’limni axborotlashtirish deganda o‘quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi. Bu terminologiyaga mos holda ta’lim axborot texnologiyalarini (TAT) o‘quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig‘indisi sifatida ta’riflasa bo’ladi. Elektron vositalar tarkibiga qo‘llanilishi TAT metodik qo‘llanmalarida ko‘rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi.
TATning apparat, instrumental va dasturiy vositalarining jadal rivoji turli didaktik g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Lekin o‘zimizning va chet ellarning ta’limga ixtisoslashgan kompyuter tizimlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, ularning ko‘pchiligini didaktik ko‘rsatkichlarga ko‘ra xattoki "qoniqarli" ham deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, ta’limga mo’ljallangan "yumshoq" mahsulotning sifat darajasi uni loyihalash jarayonida – AUT ma’lumotlar bazasini va elektron kitoblarni to‘ldirayotganda, modellashtiruvchi tipdagi kompyuter tizimlari bilan ishlashni rejalarini tuzish, misol va masalalari ishlab chiqish jarayonlarida belgilanadi. Afsuski , TATning metodik ta’minoti texnik vositalar rivojidan ancha ortda qolmoqda. Buni metodik jihatdan TATni psixologiya, pedagogika, telematika, kibernetika, informatika singari murakkab fanlar bilan ishlashi bilan tushuntirsa bo‘ladi. Kasbiy ta’lim uchun TAT ni yaratish aynan uning mavzusi sohasini, dars o‘tish metodikasini yaxshi bilish zarurligi bilan ham qiyinlashadi.
O‘QUV MUASSASINING VIRTUAL FAZOSI
Axborot-ta’lim muhiti bu yangi darajadagi pedagogik tizimdir. ATM tushunchasining bir qator ta’riflari mavjud. Ushbu yondashuvning bitta varianti deb «Axborot-ta’lim muhiti bu pedagogik tizim plyus uning ta’minoti, ya’ni moddiy-texnik, moliyaviy-iqtisodiy, normativ-huquqiy, boshqaruv va marketing quyi tizimi» deb qarash mumkin. Barcha ATM nazariy yadrosi bo‘lib pedagogik tizim hisoblanadi. ATM deb ataladigan yangi tashkil qilingan pedagogik jarayonlar tadqiq qilinadigan pedagogik fanning yangi yo‘nalishi to‘g‘risida gapirish mumkin. Bunga «Elektron pedagogika» deb nomlanadigan yangi yo‘nalish kiradi. Qaysi tashkil qiluvchilar yordamida ATMda, masalan, Internet tarmog‘ining o‘quv yurtlaridagi virtual vakilligida (VV) o‘quv jarayon amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz.
O’quv yurtining VV o‘quv jarayonini tayyorlash va o‘tkazish hamda o‘qituvchi va talaba bo‘lgan asosiy foydalanuvchilarning har qanday toifalarining funksional majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan servis xizmatlarning to‘plami (dasturiy modullar)ni o‘z ichiga oladi. Bunda axborot resurslarining tarkibi va mazmuni o‘quv yurti tomonidan, servis xizmatlar to‘plami namunaviy dasturiy ta’minot bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, VV bu alohida o‘quv yurtida o‘quv jarayonni ta’minlaydigan servis xizmatlar va axborot resurslarning to‘liq to‘plamini o‘z ichiga olgan dasturiy kompleks hisoblanadi. VV ma’murlashtirish namunaviy metodika asosida o‘zining o‘qitish metodikasini amalga oshirgan holda asosiy o‘quv yurtini boshqaradi. VV har bir o‘quvchiga quyidagi imkoniyatlarni ta’minlaydi:
|
| |