|
QIDIRUV TIZIMLARINING SO`ROVLAR TILI
|
bet | 56/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)QIDIRUV TIZIMLARINING SO`ROVLAR TILI
So`rovlar tili yordamida ma’lum bir qoidalar orqali formallashtirilgan kalitli so`zlarguruhi qidiruv serverlariga so`rovlar deb ataladi. So`rovlar tili turli qidiruv serverlaridi bir-biriga juda yaqinbo’ladi. Yandeks qidiruv tizimi misolida so`rovlarni tashkillashtirish qoidalari bilan tanishamiz.
Eng yaxshi natijaga erishish uchun bir necha oddiy qoidalarni unutmaslik kerak:
Faqat bitta kalit so`zdan tashkil topgan so`rov yozmaslik. Kalit so`z bitta bo’lsa, so`rov natijasida olingan millionlab internet sahifalari ro`yxati ichidan keraklisini ajratib olishning o`zi yana bir muammo bo’lishi mumkin.
Kalitli so`zlarni bosh harflar bilan yozmaslik. Chunki bunday hollarda kichik harflar bilan yozilgan ma’lumotlar qoldirilib ketilishi mumkin.
Agar qidiruv nihoyasida birorta ham natijasida olinmasa, kalit so`zlarda orfografik xatolar yo`qligini tekshiring.
Rasmlarni qidirish. Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tasvir ko`rinishi hisoblanadi. Internet tarmog`ida grafik ma’lumotlarning ko`plab turlari uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (ratsr), harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborotmavjud bo’lmaydi. Shundan ko`rinib turibdiki, demak rasm ko`rinishidagi ma’lumotlar utsida faqatgina uning nomi yoki turi bo`yichaqidiruv olib borish mumkin. Ko`pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko`rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun cbo’limga ega bo’lib, bu bo’lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo`yichaqidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan:
Musiqalarni va filmlarni qidirish. Internet tamog`ida matnli yoki rasm ko`rinishidagi ma’lumotlardan tashqarimusiqa va video ma’lumotlarning hamko`plab manbalari mavjud. Internet tarmog`i orqali har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, teledatsurlar yoki videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet orqali radioeshittirish va teledatsurlar namoyishi ma’lum, ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet orqali radio tinglash yoki teleko`rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog`lanishni o`zi kifoyadir. Ammo musiqa va filmlar Internet tarmog`iga ulangan kompyuterlarda alohida material ko`rinishida saqlanadi. Ularni tinglash, tomosha qilish yoki kompyuterga ko`chirib olish uchun avvalo kerakligini qidirib topish zarur.
Musiqa va video materiallari utsida ham grafik (rasm) materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo`yichaqidiruv olib borish mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taaluqli biror jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so`ngqidiruv tizimi tomonidan kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan web-saytlarning ro`yxati shakllantiriladi. Ro`yxatdagi web-saytlar foydalanuvchi tomonidan birin - ketin ko`rib chiqiladiva kerakli materiallar kompyuterga saqlab olinadi.
|
| |