• AXBOROT XAVFSIZLIGI ASOSLARI
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati




    Download 12,23 Mb.
    bet68/166
    Sana14.05.2024
    Hajmi12,23 Mb.
    #232404
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166
    Bog'liq
    152371477 (3)

    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

    1. GeynA. G. Izuchenieinformatsionnogomodelirovaniyakak sredtsvorealizatsiimejpredmetnыx svyazeyinformatiki sdistsiplinamietsetsvennonauchnogotsikla: Avtoref. .kand.ped.nauk. - M., 2000.

    2. Hamidov V.S. Metodы i modeli web orientirovannыx adaptivnыx obuchayuщix sitsem/LAP LAMBERT Academic Publishing, Germany. 228 tsr.

    3. http://remontka.pro/tsart-windows-8/

    4. http://www8.hp.com/ru/ru/support-topics/windows8-support/tsart-screen.html

    5. http://zivonet.uz -O`zbekitson Respublikasi axborot-ta’lim portali

    6. http://pedagog.tdpu.uz- Respublika pedagogika ta’lim muassasalari portali

    7. http://elearning.zn.uz-Elektron ta’lim blogi

    8. http://mv.etsudv.uz- masofali o’quv tizimi



    4-BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI ASOSLARI.


    §4.1. Tibbiyotda axborot xavfsizligi tushunchasi. Tarmoqda axborot xavfsizligi.


    §4.2. Axborotlarni shifrlash usullari. Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish

    AXBOROT XAVFSIZLIGI ASOSLARI

    §4.1. TIBBIYOTDA AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI


    Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog’i samarali va mo’tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat kursatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo’lib xizmat kilmokda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot - kommunikasiyalar texnologiyalarini qo’llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro kompyuter tarmog’i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog’i orqali tezlik bilan shakllanib bormokda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo’qolib bormokda. Jahon kompyuter tarmog’i davlat boshqaruvini tubdan o’zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo’qotish kabi muammolar dolzarb bo’lib qoldi. Bo’larning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo’lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalariga aylanmoqda.
    Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo’nalishlarini qayd etish mumkin.
    Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri - sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bo’lardan tashqari uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi
    Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o’zining hayotiy davriga ega bo’ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo’lmaganda yo’qotishdan iboratdir (2-rasm ).
    Axborotlar hayotiy davrining har bir bosqichida ularning himoyalanganlik darajasi turlicha baholanadi.
    Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulki huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshha moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo’lgan turli kirishlar va o’g’irlashlardan himoyalashdir.
    Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
    Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron
    massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bo’lardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
    Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
    Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar yetkazmokchi bo’lgan nohuquqiy muomaladan har qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identifikasiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kerak.

    Download 12,23 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   166




    Download 12,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

    Download 12,23 Mb.