|
TARMOQDA AXBOROT XAVFSIZLIGI
|
bet | 71/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)TARMOQDA AXBOROT XAVFSIZLIGI
Ruxsat etilmagan kirishdan axborotni ishonchli himoyalash muammosi eng ilgaritdan mavjud va hozirgi vaqtgacha hal qilinmagan. Maxfiy xabarlarni yashirish usullari qadimdan ma’lum, inson faoliyatining bu sohasi stеnografiya degan nom olgan. Bu so‘z grekcha Steganos (maxfiy, sir) va Graphy (yozuv) so‘zlaridan kelib chiqqan va ‘sirli yozuv» degan ma’noni bildiradi. Stenografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar qo‘llanilgan) bo‘lishi mumkin.
Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo‘llaniladi.
Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq quyish usuliga aytiladi.
Stеnografiyaning kriptografiyadan boshqa o‘zgacha farqi ham bor. Ya’ni uning maqsadi — maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir. Bu ikkala usul birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun).
Kompyuter texnologiyalari stenografiyaning rivojlanishi va mukammallashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida yangi yo‘nalish — kompyutеr stеnografiyasi paydo bo‘ldi.
Global kompyuter tarmoqlari va mul’timedia sohasidagi zamonaviy progress telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yangi usullarni yaratishga olib keldi. Bu usullar shifrlash qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va analogli video yoki audiosignallarning serobligidan foydalanib xabarlarni kompyuter fayllari (konteynerlar)da yashirish imkonini beradi. Shu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu usullar axborotni uzatish faktining o‘zini ham yashiradi.
K.Shennon sirli yozuvning umumiy nazariyasini yaratdiki, u fan sifatida stenografiyaning bazasi hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter steganografiyasida ikkita asosiy fayl turlari mavjud: yashirish uchun mo‘ljallangan xabar-fayl, va kontеynеr-fayl, u xabarni yashirish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda konteynerlar ikki turda bo‘ladi: kontеynеr-original (yoki ‘bo‘sh» konteyner) - bu konteyner yashirin axborotni saqlamaydi; kontеynеr-natija (yoki ‘tuldirilgan» konteyner) - bu konteyner yashirin axborotni saqlaydi. Kalit sifatida xabarni konteynerga kiritib qo‘yish tartibini aniqlaydigan maxfiy element tushuniladi.
Kompyuter stenografiyasi rivojlanishi tendensiyasining tahlili shuni kursatadiki, keyingi yillarda kompyuter stenografiyasi usullarini rivojlantirishga qiziqish kuchayib bormoqda. Jumladan, ma’lumki, axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi doim kuchayib bormoqda va axborotni himoyalashning yangi usullarini qidirishga rag‘batlantirilayapti. Boshqa tomondan, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu axborotni himoyalashning yangi usullarini joriy qilish imkoniyatlari bilan ta’minlayapti va albatta, bu jarayonning kuchli katalizatori bo‘lib umumfoydalaniladigan Internet kompyuter tarmogining juda kuchli rivojlanishi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda axborotni himoyalash eng ko‘p qo‘llanilayotgan soha bu — kriptografik usullardir. Lekin, bu yo‘lda kompyuter viruslari, ‘mantiqiy bomba»lar kabi axborotiy qurollarning kriptovositalarni buzadigan ta’siriga bog‘liq ko‘p yechilmagan muammolar mavjud. Boshqa tomondan, kriptografik usullarni ishlatishda kalitlarni taqsimlash muammosi ham bugungi kunda oxirigacha yechilmay turibdi. Kompyuter steganografiyasi va kriptografiyalarining birlashtirilishi paydo bo‘lgan sharoitdan qutulishning yaxshi bir yo‘li bo‘lar edi, chunki, bu holda axborotni himoyalash usullarining zaif tomonlarini yo‘qotish mumkin.
Shunday qilib, kompyuter stenografiyasi hozirgi kunda axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy texnologiyalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
|
| |