|
Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin
|
bet | 69/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
mahfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o’g’irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
konfidensiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
yaxlitlik — axborot boshlang’ich ko’rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o’zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
autentifikasiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
apellyasiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
ishonchlilik — tizim meyoriy va g’ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o’zini to’tishlik kafolati;
aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati;
tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
nazorat kilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan qismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;
identifikasiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bo’lsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;
qasddan buzilishlarga to’sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan holda o’zini to’tishi.
|
| |