|
Zamonaviy kompyuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat
|
bet | 72/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Zamonaviy kompyuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat:
yashirish usullari faylning autentifikatsiyalanishligini va yaxlitligini ta’minlashi kerak;
yovuz niyatli shaxslarga qo‘llaniluvchi steganografiya usullari to‘liq ma’lum deb faraz qilinadi;
usullarning axborotga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi ochik uzataladigan faylning asosiy xossalarini stenografik almashtirishlar bilan saqlashga va boshqa shaxslarga noma’lum bo‘lgan qandaydir axborot — kalitga asoslanadi;
agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vaqti ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, maxfiy xabarning o‘zini chiqarib olish jarayoni murakkab hisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi lozim.
Internet kompyuter tarmog‘ining axborot manbalarini tahlili quyidagi xulosaga kelishga imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda stenografik tizimlar quyidagi asosiy masalalarni echishda faol ishlatilayapti:
Bu kompyuter stenografiyasini ishlatish sohasi konfidentsial axborotlarni himoyalash muammosini echishda eng samarali hisoblanadi. Masalan, tovushning eng kam ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga almashtiriladi. Bunday o’zgarish ko‘pchilik tomonidan tovushli xabarni eshitish paytida sezilmaydi.
Monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini engish. Sanoat shpionlik tizimlarining monitoring va tarmoq zahiralarini boshqarish harakatlariga qarshi yo‘naltirilgan stenografik usullar lokal va global kompyuter tarmoqlari serverlaridan axborotning o‘tishida nazorat o‘rnatish harakatlariga qarshi turishga imkon beradi.
Dasturiy ta’minotni niqoblash.Kompyuter steganografiyasining hozirgi vaqtda ishlatiladigan boshqa bir sohasi dasturiy ta’minotni niqoblashdir. Qachonki, dasturiy ta’minotni qayd qilinmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi o‘rinsiz bo‘lsa, u standart universal dastur mahsulotlari (masalan, matnli muharrirlar) ostida niqoblanishi yoki mul’timedia fayllari (masalan, kompyuter o‘yinlarining musiqiy ilovasi)ga yashirilishi mumkin.
|
| |