IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI




Download 102.3 Kb.
bet4/11
Sana24.01.2023
Hajmi102.3 Kb.
#39276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Шартнома 2023 лотин
MADANIY TADBIRLAR, Mustaqil ish mavzulari (5), Mustaqil ish, Multimedia (multi – ko’p, media – muhit) – bu kompyuter texnolog-fayllar.org, 1-topshiriq - Raximjonov N
IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:


Isteʼmolchining elektr qurilmalarini Taʼminotchi korxona elektr tarmoqlariga texnik shartlarga muvofiq oʻrnatilgan tartibda ulash;
sifat koʻrsatkichlari amaldagi davlat standartlariga (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97) muvofiq oʻrnatilgan tartibda elektr energiyasini olish;
elektr energiyasi yetkazib berishning toʻxtalishi yoki toʻxtatib qoʻyilishi sabablari toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot olish;
Taʼminotchi korxonaga isteʼmol qiladigan elektr energiyasi hajmlarining oʻzgartirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish. Bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini oʻzgartirish boʻyicha taklif moʻljallanayotgan oʻzgartirishdan 10 kun oldindan (joriy oy tugagungacha) berilishi kerak
elektr energiyasi toʻliq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat koʻrsatkichlari amaldagi davlat standartlariga muvofiq boʻlmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr taʼminoti korxonasi (aybdor tashkilot) tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;
Shartnomani qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama tartibda bekor qilish;
Shartnoma bekor qilganda foydalanilmagan elektr energiyasi miqdori uchun toʻlangan mablagʻni qaytarilishini talab qilish;
Elektr energiyasi yetkazib berilishi toʻxtatilganda yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;
elektr taʼminoti shartnomasini tuzishda va bajarishda yuzaga kelayotgan nizolarni hal etish uchun sudga, monopoliyaga qarshi davlat organiga yoki boʻysunuvi boʻyicha yuqori organga (mansabdor shaxsga) murojaat qilish;
Taʼminotchi korxona vakillari kelganda ularni kelganligini qayd etish daftari (shnurlangan holda) tutilgan taqdirda unga Taʼminotchi korxona vakili kelganida belgilangan tartibda oʻzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (FIO, mansabdor shaxs buyrugʻi raqami va sanasi, lavozimi, sana, kelgan vaqti, kelish sababi va boshqalar) yozma toʻldirtirib, imzo chektirish;
elektr energiyasi priborlari va qurilmalari xavfsizligini taʼminlash maqsadida doimiy ishlaydigan kuzatuv kameralarini oʻrnatish;
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

4.2. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:


Taʼminotchi korxona tomonidan belgilangan elektr energiyasini isteʼmol qilish rejimiga rioya etish;
foydalanilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun oʻz vaqtida haq toʻlash;
ishlatilayotgan elektr qurilmalari, asboblar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr taʼminoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi toʻgʻrisida xabar qilish;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
“Oʻzenergoinspeksiya”ning yozma koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari talablariga rioya etish;
oʻrnatilgan tartibda Taʼminotchi korxona vakiliga elektr energiyasini hisobga olish priborlarini koʻrishiga imkon berish;
yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan elektr qurilmalaridan foydalanish boshlanishidan kamida bir oy oldin elektr energiyasining zarur miqdori uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga buyurtmanoma berish;
kelgusi yil uchun elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda elektr energiyasini elektr tarmoqlaridan uzatishda, ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlar turlarining) texnologik jarayoni ishlab chiqarish ehtiyojlariga, ishlab chiqarish binolari va maʼmuriy binolarni yoritish, isitish, shamollatish uchun elektr energiya sarfini, shuningdek, ushbu elektr tarmoqlariga ulangan subisteʼmolchilarning ehtiyojini hisobga olish.
Isteʼmolchi tomonidan hisobga olish priborni EHNATda muqobil (soz holda) ishlashiga toʻsqinliq qilishi amaldagi Qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga asosan javobgar boʻlishiga sabab boʻladi.
Shuningdek, ulangan quvvati 5 MVt va undan ortiq boʻlgan Isteʼmolchi Taʼminotchi korxonaning talabiga koʻra quyidagilarni hisobga olishi va bu haqida xabar berishi shart:
isteʼmol qilinayotgan quvvatning har sutkalik, har oylik sarfi va amaldagi miqdori;
yagona elektr energetika tizimining eng koʻp va eng kam yuklamali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
yagona elektr energetika tizimining eng koʻp yuklamasining oʻtish davrida aktiv energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfi.
Ulangan quvvati 250 kVA va undan ortiq boʻlgan isteʼmolchilar yuqorida koʻrsatilgan majburiyatlar bilan birgalikda quyidagilarga majbur:
mahsulot birligini ishlab chiqarish (ishlarni amalga oshirish) uchun elektr energiyasi sarfining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan ilgʻor normalarini ishlab chiqish - umumiy ishlab chiqarish va texnologik; yakka tartibdagi va guruh boʻyicha; yillik, choraklik va oylik - ularni ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasi takomillashtirilishi (oʻzgartirilishi) va yangi texnika joriy etilishiga qarab qayta koʻrib chiqish;
korxona boʻyicha, shu jumladan koʻp energiya sarflaydigan uskunalar, sexlar
va isteʼmolchilar guruhlari boʻyicha elektr energiyasi balanslarini tuzish hamda ular asosida ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, elektr energiyasining samarasiz sarflanishi va isrof boʻlishini aniqlash, ularni kamaytirish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kelgusi davr uchun elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojni va elektr tarmoqlarining energiya oʻtkazish qobiliyatini oshirish, elektr taʼminoti sxemalarini takomillashtirish zaruriyatini aniqlash maqsadida (mahsulot ishlab chiqarishning, bajariladigan ish turlarining moʻljallanayotgan prognoz hajmlaridan va elektr energiyasi sarfi meʼyorlaridan kelib chiqib, ularni kamaytirish va elektr energiyasini tejashni hisobga olgan holda) elektr energiyasining bir yil va kelgusi davr uchun balanslarini tuzish;
mahsulot (ishlar) birligiga elektr energiyasi sarfining tasdiqlangan meʼyorlariga rioya qilish va ularni kamaytirish boʻyicha belgilangan tadbirlarning bajarilishini taʼminlash;
elektr energiyasini tejash boʻyicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Isteʼmolchi Taʼminotchi korxona tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilangan energiya isteʼmolini cheklash jadvalini bajarishi shart.
Yillik elektr energiyasi isteʼmoli ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻiga teng yoki ortiq boʻlgandavakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda energetika tekshiruvidan oʻtkaziladi;
Taʼminotchi korxona vakillari tashrif buyurganda qonunbuzilish holati aniqlanganida va aniqlanmaganida taqdirida ham belgilangan tartibda va shaklda dalolatnoma rasmiylashtirib, uni bir nusxasini taqdim etilishini talab qilish;
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4.3. Taʼminotchi korxona quyidagi huquqlarga ega:
isteʼmolchilardan elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan majburiyatlarni tegishli darajada bajarishni talab etish;
isteʼmolchilar tomonidan elektr taʼminoti shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoki buzilishi oqibatida unga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda qoplanishi;
avariya rejimida isteʼmolchilarni elektr tarmoqlaridan uzish (oʻchirish);
EHNATga ulangan va oldindan toʻlangan mablagʻ tugagandan soʻng elektr energiyasi uchun oldindan toʻlovni amalga oshirish qurilmasiga ega hisobga olish pribori mavjud boʻlgan isteʼmolchilarni uzish. Bunda uzilgandan soʻng isteʼmolchining koʻrishi mumkin boʻlgan zarari uchun Taʼminotchi korxona javobgar boʻlmaydi.
Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlaridan uzish oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydi.
Taʼminotchi korxona qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

4.4. Taʼminotchi korxona quyidagilarga majbur:


Isteʼmolchiga elektr energiyasini elektr tarmogʻi orqali elektr tarmoqlarining balans boʻyicha mansublik boʻlinish chegarasigacha shartnomada koʻrsatilgan hajmda muntazam yetkazib berish;
uskunalar, elektr uzatish liniyalarini, hisobga olish priborlaridan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, shuningdek, oʻz elektr xoʻjaligi obyektlaridagi nosozliklarni bartaraf qilish;
elektr tarmogʻi hoʻjaligi obyektlarini rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 kun oldin ogohlantirish;
Isteʼmolchini elektr energiyasini yetkazib berilishi toʻxtatilishi va toʻxtatilish sabablari toʻgʻrisida xabardor qilish (Isteʼmolchi masʼul xodimlarini uyali aloqa vositasi orqali (telefonogramma), ovozli xabar, telegram xabarnoma, SMS xabar (internet saytlar) orqali yoki yozma tarzda) ­­­kiritilayotgan cheklashlar toʻgʻrisida, cheklashlarni hajmi va vaqti koʻrsatilgan holda Isteʼmolchiga oldindan xabar berish;
elektr energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi yoki elektr taʼminotidagi boshqa buzilishlar toʻgʻrisidagi Isteʼmolchining arizasini, ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqish Qoidalarga muvofiq bartaraf etish va batafsil javob yuborish;
Isteʼmolchiga oʻrnatilgan tartibda yetkazib berilgan energiya hisobini yuritish;
Isteʼmolchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy hajmiga oʻzgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomaviy miqdorini koʻpaytirish (kamaytirish) mumkin boʻlmagan taqdirda - bu haqda, rad etish sababini koʻrsatgan holda, isteʼmolchiga xabar qilish;
Isteʼmolchida oʻrnatilgan hisobga olish priborlarini almashtirish
va oʻrnatish, plombalashni taʼminlash;
amaldagi davlat standartiga (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97) muvofiq boʻlgan elektr energiyasini yetkazib berish.
isteʼmolchining sarflagan elektr energiyasi uchun qarzi vujudga kelganda qarzni besh kun muddatda toʻlash zarurligi toʻgʻrisida yozma xabardor qilish (EHNATga ulangan isteʼmolchilar bundan mustasno);
Isteʼmolchilarga tuziladigan dalolatnomalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan shakllarini oʻz veb saytida eʼlon qilishi;
ishdan boʻshatilgan Isteʼmolchilar bilan ishlab kelgan xodimlarni (inspektorlarni) ishdan boʻshaganida va yangi xodimlarning ishga tayinlanginligi toʻgʻrisida oʻz veb saytida va ijtimoiy tarmoqlari sahifalarida eʼlonlar berib, Isteʼmolchilarni xabardor qilish;
Isteʼmolchiga kuzatuv, oʻrganish, borganda qonunbuzilish holati aniqlanganida va aniqlanmaganida taqdirida ham belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirib, uni bir nusxasini Isteʼmolchiga taqdim etish;
Isteʼmolchi tomonidan elektr taʼminoti korxonasi vakillarini qayd etish daftari tutilgan taqdirda unga Taʼminotchi korxona vakili borganida belgilangan tartibda oʻz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (mansabdor shaxs buyrugʻi raqami va sanasi, lavozimi, sana, kelgan vaqti, kelish sababi va boshqalar) yozma toʻldirib, imzo chekish;
telefon raqamlari oʻzgarganda, bu haqida Isteʼmolchilarga xabar berish.
Taʼminotchi korxona qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Download 102.3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 102.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Download 102.3 Kb.