• «ma’muriy rayonlar darajasidagi majmualar»
  • N.N.Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari to‘g‘risidagi nazariyasi




    Download 170,12 Kb.
    bet10/39
    Sana14.01.2024
    Hajmi170,12 Kb.
    #137107
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
    Bog'liq
    Hududlarni rivojlantirish nazariyalari

    N.N.Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari to‘g‘risidagi nazariyasi.

    N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog‘i, ishlab chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korxonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini qayta-qayta ta’kidladi va ayni paytda ma’lum hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalar yig‘indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo‘la olmaydi, deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashkil etadi, xolos. Demak, biz qo‘shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo har qanday guruh majmua bo‘lavermaydi.


    Keyinchalik HICHM nazariyasini rivojlantirishga N.N.Baranskiy, N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Nekrasov, YU.G.Saushkin, T.M.Kalashnikova, M.N.Stepanov, A.I.CHistobaev, A.T.Xrushev, M.M.Palamarchuk, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, A.G.Batigin, K.N.Bedrinsev kabi bir qator olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar.
    Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo‘lib, u iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimoti birlamchi, qolgan ikki tushuncha esa uning natijasidir.
    N.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular bir xil ma’noga ega) iborasi iqtisodiy rayonlar to‘g‘risidagi tushuncha o‘rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy rayonlarning «yadrosi»ni tashkil etadi, xolos deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarini ma’lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg‘un birikmasi sifatida iqtisodiy rayonlardan farq qiladi.
    So‘nggi yillarda bunday qarash biroz o‘zgardi: umuman olganda, har qanday bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham hududiy ishlab chiqarish majmualari shaklida ko‘rilsa bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi, Namangan viloyati hududiy ishlab chiqarish majmualari va h.k. Savol tug‘ilishi mumkin: haqiqatda yoki real voqelikda hududiy ishlab chiqarish majmuasi qaerda vujudga keladi va har qanday joyning ishlab chiqarish korxonalari birlashmasini majmua deb atash mumkinmi? Bu erda, bizning fikrimizcha, masalaga har tomonlama yondoshish kerak va hududiy ishlab chiqarish majmualarining turli xil bo‘lishini unutmaslik lozim. Aks holda, chalkashliklar vujudga kelishi muqarrar.
    Albatta, iqtisodiy rayon xo‘jaligi o‘zining mohiyati va maqsadiga ko‘ra har tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini real yoki potensial hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida ko‘rish mumkin. Bu erda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik maqsadida bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini «ma’muriy rayonlar darajasidagi majmualar» deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan ma’noda, ya’ni ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korxonalarining o‘zaro bog‘liq holda joylanishi va rivojlanishi asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda yoki «an’anaviy hududiy ishlab chiqarish majmualari», deb atalishi to‘g‘riroq. N.N.Kolosovskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarni mamlakat ahamiyatiga molik, muhim bir muammoni hal etishga, bir maqsadga qaratilgan dasturli majmualar, deb yozadi. Ular, odatda, real voqelikda vujudga keladi va ma’muriy chegaralarga ko‘pincha mos kelmaydi. Sababi-mazkur hududiy majmualar asosida qandaydir tabiiy geografik ob’ektlar, masalan, daryo havzalari, qazilma boyliklar, tog‘, cho‘l va boshqalar yotadi.
    Ammo hududiy ishlab chiqarish majmualari qaysi ma’noda tushunilmasin, ular iqtisodiy geografiyani o‘rganishda eng muhim va unumli nazariyadir. Bu rayon xo‘jaligini sistema darajasida qarash va uni tarkibiy tuzilishi bo‘yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish korxonalari orasidagi aloqadorlikni nazarda tutadi.
    Tom, haqiqiy hududiy ishlab chiqarish majmualari asosan yangi o‘zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va ayniqsa yoqilg‘i-energetika zahiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.
    Albatta, tarixiy rivojlanish davomida avval o‘zlashtirilgan erlarda vujudga kelgan xo‘jalikning hududiy tarkibini majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi, «sof» yoki «bo‘sh» joyda bu maqsadga erishish osonroqdir. Majmua yaratuvchi tarmoq sifatida esa ko‘proq yoqilg‘i-energetika sanoati asos bo‘lib xizmat qilishi ham, shubhasiz, bir holdir. Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi Bratsk hududiy ishlab chiqarish majmuasini olaylik (uning dastlabki loyihasini N.N.Kolosovkiy rahbarligidagi olimlar guruhi yaratgan). Bu erda yirik 4 mln, kVt. dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan suv elektr stansiyasi qurildi va ayni paytda bo‘lajak suv ombori maydonini o‘rmondan tozalash maqsadida yog‘och-sellyuloza sanoati vujudga keldi. Arzon elektroenergiyaning mavjudligi energiyani ko‘p istemol qiluvchi tarmoqlarni o‘ziga «tortdi» va, natijada, bu erda uchinchi yirik korxona-alyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o‘rmon sanoati yana «zanjirsimon» tarzda boshqa korxonalar vujudga kelishini (jumladan mashinasozlik, kimyo) taqozo etdi.
    Bunday majmualar O‘rta Osiyo respublikalarida qulay tabiiy sharoitda, aholi va mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan mintaqada va faqatgina energetika emas, balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga kelishi mumkin. Demak, respublikamiz hududiy ishlab chiqarish majmualari sug‘oriladigan dehqonchilik, agrosanoat tarmoqlari va mehnatni ko‘p talab qiluvchi korxonalarini o‘z ichiga olar ekan. Bunga Mirzacho‘l yoki +arshi dashti asosida shakllanayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarida misol bo‘la oladi.
    Keng ma’noda hududiy ishlab chiqarish majmualari ham turli bosqichda bo‘ladi. Oddiy sanoat yoki agrosanoat tugunidan tortib mamlakat miqyosida vujudga kelayotgan yagona xalq xo‘jalik majmuasini ajratish mumkin. Bu, shubhasiz, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda nihoyatda ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lib, mintaqa yoki alohida viloyatlarning mamlakatimiz mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini, «basharasini» belgilab beradi.
    Hududiy ishlab chiqarish majmualarini iqtisodiy jihatdan samarador ekanligi, eng avvalo, umumiy infratuzilma (yo‘l, suv, er osti inshootlari, elektr energiya shahobchalari va b.) mavjudligidan kelib chiqadi. Masalan, paxta ekiladigan rayonlarni olaylik: bunday joylarda, odatda, paxta tozalash zavodi, uning yonida yog‘ zavodi, ularning chiqindilari asosida esa chorvachilik fermasini tashkil etsa bo‘ladi. Bu erda majmua hosil qiluvchi tarmoq-paxtachilik hisoblanadi va u boshqa tarmoq yoki korxonalar joylanishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, bunday korxonalar alohida-alohida, tarqoq joylashsa, ularning har biri uchun yuqoridagi infratuzilma shahobchalari kerak. Bu esa iqtisodiy jihatdan nomaqbuldir. Agar ularning barchasi bir joyda hududiy tashkil etilsa, katta tejamkorlikka va, binobarin, katta samaradorlikga erishiladi. SHu bois aytish mumkinki, iqtisodiy geografiya fanini «iqtisodiy» qiluvchi asos ham aynan hududiy ishlab chiqarish majmualaridir. Zero, ular ikki kara ikki to‘rt emas, besh bo‘lishini ta’minlaydi.
    Bu nazariyaning ahamiyati ayniqsa, mamlakat xalq xo‘jaligini boshqarishdagi hududiy tamoyildan to‘g‘ri foydalanishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Darhaqiqat, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini hozirgi qayta qurish davrida hududiy dasturlarni keng joriy qilish nihoyatda muhimdir. Hududiy dasturlash tarmoqlar asosida boshqarishga qaraganda mahalliy tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hamda shu joyning atroflicha rivojlantirish imkoniyatlarini har tomonlama hisobga oladi.
    Bu haqda va, xususan, tarmoqlar bo‘yicha boshqarishdagi ayrim kamchiliklarni CHirchiq shahri xo‘jaligi misolida ko‘rsa bo‘ladi. Ma’lumki, bu shaharda o‘tmishda mahalliy sharoit, iqtisodiy va tabiiy-geografik o‘rin hisobga olinmaganligi sababli yangi sanoat korxonalarini joylashtirish salbiy ekologik oqibatlarga olib keldi.
    Hududiy ishlab chiqarish majmualari mavzusini o‘rganishda mahalliy misollariga murojaat qilish foydalidir. Masalan, Mirzacho‘l yoki qarshi dashtini o‘zlashtirish asosida vujudga kelayotgan majmualar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Ushbu hududiy majmualar o‘zlarining ixtisoslashuviga ko‘ra agrosanoat majmuasi ekanligini anglash zarur. SHuningdek, keyingi yillarda agrosanoat majmualarini ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi yangi bosqich sifatida shakllanishining katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini ham ko‘rsatish kerak. Avvalambor bu samaradorlik xom ashyo va yarim mahsulotni bir joydan ikkinchi joyga olib borish uchun sarf etiladigan transport xarajatlarning qisqarishi, ishlab chiqarish chiqindilari asosida boshqa tarmoqlarning (jumladan, chorvachilikning) rivojlanishi va eng muhimi-qishloq bilan shaharlar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirishda o‘z aksini topadi.
    Ilmiy va amaliy jihatdan respublikamizda hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratishdagi erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ham aytib o‘tilsa yaxshi bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli sobiq ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kengashida (SOPS) o‘tgan asrning 50-yillarida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida rayonlarning kompleks muammolari tushunchasi yoki ilmiy yo‘nalishi yaratilgan edi. Bu, ayniqsa, o‘zining geografik o‘rni va tarkibiga ko‘ra o‘ziga xos bo‘lgan Farg‘ona vodiysi uchun ayniqsa ahamiyatli edi.



    1. Download 170,12 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




    Download 170,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N.N.Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari to‘g‘risidagi nazariyasi

    Download 170,12 Kb.