• Masalaning qo‘yilishi
  • 2-topshiriqlar
  • 1. Excel dasturini ishga tushirish. [Пуск][Программы][Microsoft Excel] 2. Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
  • MAVZU: EXCELDA MA’LUMOTLARNI FORMATLASH, VARAQLAR BILAN ISHLASH




    Download 18,59 Mb.
    bet21/57
    Sana07.01.2024
    Hajmi18,59 Mb.
    #131531
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
    Bog'liq
    Компютер таъминоти(Лоб-я маш-тдари)

    MAVZU: EXCELDA MA’LUMOTLARNI FORMATLASH, VARAQLAR BILAN ISHLASH.
    Ishning maqsadi:
    a) talabalarda Microsoft Excel elektron jadvali haqida tushuncha hosil qilish.
    b) talabalarda Microsoft Excel elektron jadvalida ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.


    Masalaning qo‘yilishi:
    a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
    b) bеrilgan 2-topshiriqni har bir talaba alohida va amalda bajarsin.


    1-topshiriqlar:

    1. Microsoft Excel elektron jadvaliga kirish ketma-ketligi?


    2. Microsoft Excel elektron jadvali yacheykalari haqida ma’lumot?
    3. Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish usuli?
    4. Yacheyka menyusidagi «Формат ячеек…» bilan ishlash?
    5. Excelda varaqlar va varaqlar menyusi bilan ishlash?
    6. Microsoft Excel menyusi «Вставка» bo‘limi bilan tanishish?
    7. Microsoft Excel menyusi «Формат» bo‘limi bilan tanishish?
    8. Microsoft Excel menyusi «Данные» bo‘limi bilan tanishish?
    9. Microsoft Excel elektron jadvalida yozilgan ma’lumotlarni saqlash tartibi?
    10. Microsoft Excel elektron jadvalidan chiqish usullari?
    2-topshiriqlar:


    1. Berilgan ma’lumotlarni Microsoft Excel elektron jadvaliga kiriting.




    "Sharq Yulduzi" fermer xo‘jaligining rejani bajarish bo‘yicha ma’lumot






    mahsulot nomi

    yillar

    2010

    2011

    2012

    reja

    bajardi

    % da

    reja

    bajardi

    % da

    reja

    bajardi

    % da

    1

    Paxta

    5000

    4800

    96,0

    4800

    5100

    106,3

    4900

    5300

    108,2

    2

    Bug‘doy

    3200

    4000

    125,0

    4000

    4300

    107,5

    4500

    4400

    97,8

    3

    Guruch

    2500

    2450

    98,0

    2400

    2300

    95,8

    2500

    2600

    104,0

    4

    Meva-sabzavot

    7400

    7500

    101,4

    7800

    8200

    105,1

    8000

    8600

    107,5


    Jami:

    18100

    18750

    103,6

    19000

    19900

    104,7

    19900

    20900

    105,0



    1. Excel dasturini ishga tushirish.
    [Пуск][Программы][Microsoft Excel]


    2. Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
    Ma’lumotlarni komputerda jadval ko‘rinishida tasvirlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, hisobkitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb yuritiladi. Hozirgi baqtda soliq va bank tizimida, sanoat korxonalarida, buxgalteriya va tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan keng foydalaniladi. Windows boshqaruvida ishlaydigan va MS Office paketi tarkibiga kiruvchi ana shunday amaliy dasturlardan biri Microsoft Exceldir.
    Excelda tayyorlangan har bir hujjat biror nom bilan komputer xotirasida fayl ko‘rinishida saqlanadi va bu faylning kengaytmasi xls kabi bo‘ladi (masalan, vedomost.xls). Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni  bu “Ish kitobi” bo‘lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan tashkil topgan.
    Xususan, MS Excel 2000 elektron jadvali 65536 ta satr (row) va 256 ta ustundan iborat bo‘lib, bunda satrlar 1 dan 65536 gacha butun sonlar bilan, ustunlar esa lotin alifbosining A dan IV gacha (A, B, C, …, AA, AB, …, IU, IV ) bosh harflari bilan belgilangan Har bir satr va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi  yacheykalar (cell) joylashgan bo‘lib, har bir yacheykaga son, matn yoki formula ko‘rinishidagi ma’lumotlar kiritiladi. Kiritilayotgan ma’lumotlarga qarab, ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Jadvaldagi har bir yacheykaning o‘z nomi bor va u odatda adres deb yuritiladi. Adreslar o‘zaro kesishuvchi ustun belgisi va satr nomeri bilan aniqlanadi masalan, A1, B2, C24, AC18 va hk.


    Download 18,59 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




    Download 18,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: EXCELDA MA’LUMOTLARNI FORMATLASH, VARAQLAR BILAN ISHLASH

    Download 18,59 Mb.