• 4. Yacheyka menyusidagi «Формат ячеек…» bilan ishlash.
  • 5. Excelda varaqlar va varaqlar menyusi bilan ishlash.
  • Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish




    Download 18,59 Mb.
    bet22/57
    Sana07.01.2024
    Hajmi18,59 Mb.
    #131531
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
    Bog'liq
    Компютер таъминоти(Лоб-я маш-тдари)

    3. Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish.
    Ustun kengligi: a) [Формат][Столбец][Ширина]. Hosil bo‘lgan maydonga ustun kengligi uchun 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlarni kiritish mumkin.
    b) Masalan, A ustun kengligini kattalashtirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi A va B ustun boshqaruv tugmalari orasiga keltiriladi, ko‘rsatkich shaklga kelgach, sichqoncha chap tugmasini bosib, uni qo‘yib yubormasdan o‘ng yoki chap tomonga siljitish kerak.
    c) Kontekst menyu orqali. Masalan, B ustun kengligini o‘zgartirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi B ustun boshqaruv tugmasi ustiga keltirilib, o‘ng tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Ширина столбца buyrug‘i tanlanadi.
    Satr balandligini ham xuddi shu yuqorida ko‘rsatilgan uchta usuldan biri orqali o‘zgartirish mumkin.
    4. Yacheyka menyusidagi «Формат ячеек…» bilan ishlash.
    Microsoft Excel elektron jadvalida biron yacheyka tanlangach, sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va «Формат ячеек…» bandi (yoki «Формат» menyusi «Ячейки…» bandi) tanlanadi. Unda quyidagi bo‘limlar hosil bo‘ladi:

    «Число» bo‘limi orqali sonlarning yozilishini turli ko‘rinishlarini (umumiy, sonli, pulli, moliyaviy, sanali, vaqtli, foizli, kasrli, matnli va h.k.) tanlash mumkin.

    «Выравнивание» bo‘limi orqali biron yacheykadagi ma’lumotni gorizontal (o‘nga, chapga, o‘rtaga) va vertikal (yuqori, pastki, o‘rtaga) bo‘yicha tartiblash, jadval kengligi bo‘yicha so‘zlarni joylashtirish, so‘zlar yo‘nalishini gradiusga qarab o‘zgartirish mumkin.


    «Шрифт» bo‘limi orqali yozuvning shakli, o‘lchami, holati, rangi va boshqalarni o‘zgartirish mumkin.


    «Граница» bo‘limi orqali yacheykaning chegaralarini o‘rnatish mumkin.
    «Вид» bo‘limi orqali yacheykaga rang berish mumkin.
    «Защита» bo‘limi orqali yecheykani himoyalash yoki formulalarni yashirin holatga o‘tkazish mumkin.


    5. Excelda varaqlar va varaqlar menyusi bilan ishlash.
    Microsoft Excel elektron jadvalida bitta faylda bir necha varaqlar (sahifalar) bo‘lishi mumkin. Har bir varaq (sahifa)ning xususiyatlari mavjud. Buning uchun kerakli varaq (sahifa) tanlanib, o‘ng tugma bosiladi va quyidagilarni bajarish mumkin.

    « Добавить…» – qo‘shimcha varaq (sahifa) qo‘shish.


    «Удалить» – keraksiz varaq (sahifa)ni o‘chirish (olib tashlash).
    «Переименовать» – varaq (sahifa)ni nomlash.
    «Переместить/скопировать…» – biror varaq (sahifa)dan nusxa olgan holda, kerakli varaqlar oralig‘iga joylashtirish (nusxa olib, joylashtirish uchun “Создавать копию” oynasiga belgi(ptichka) qo‘yish kerak).
    «Выделить все листы» – hamma varaq (sahifa)larni belgilash.
    «Цвет ярлычка…» – kerakli varaq (sahifa)ning belgisiga rang berish.



    Download 18,59 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




    Download 18,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish

    Download 18,59 Mb.