• 2-topshiriqlar
  • 2. Excelda matematik funksiyalardan foydalanish.
  • MAVZU: EXCELDA FORMULA VA FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH




    Download 18,59 Mb.
    bet25/57
    Sana07.01.2024
    Hajmi18,59 Mb.
    #131531
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
    Bog'liq
    Компютер таъминоти(Лоб-я маш-тдари)

    MAVZU: EXCELDA FORMULA VA FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH.


    Ishning maqsadi: a) talabalarda Microsoft Excel elektron jadvalida formula va funksiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish.


    Masalaning qo‘yilishi: a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
    b) bеrilgan 2-3-topshiriqlarni har bir talaba alohida va amalda bajarsin.


    1-topshiriqlar:
    1. Excelda yacheykaga formula kiritish tartibi
    2. Excelda matematik funksiyalardan foydalanish
    3. Excelda mantiqiy funksiyalardan foydalanish
    4. Excelda berilgan diapazondagi sonlarning yig‘indisi va ko‘paytmasini hisoblash



    Talabalarning fanlardan to‘plagan ballari










    Talabalarning ismi-sharifi

    Matematika

    Informatika

    Falsafa

    Tarix

    Rus-tili

    Ingliz tili

    Jismoniy tarbiya

    Iqtisod

    % da

    1

    Abdushukurov Zafar




















    2

    Karimov Alisher




















    3

    Beknazarov Baxtiyor




















    4

    Soliyev Akmal




















    5

    Turdiyev Sherali



















    2-topshiriqlar:



    1. Berilgan ma’lumotlar asosida formulalardan foydalanib jadvallar yarating.

    2. Berilgan ma’lumotlar asosida funksiyalardan foydalanib jadvallar yarating.



    1. Excelda yacheykaga formula kiritish tartibi.
    Jadvalga asosan uch turdagi ma’lumotlarni kiritish mumkin: matnli, sonli, va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo‘lsa, kursor o‘sha yacheykada turishi kerak.
    Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo‘lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matnli deb tushuniladi. Masalan, Talabalar stipendiyasi qaydnomasi yoki a1+a2;
    Sonlar. Agar kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketmaketligidan iborat bo‘lsa, u holda bu sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan, 444; -4,8; 11,11 va hk.
    Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida hisoblash ishlarini bajarishga ham to‘g‘ri kelib qoladi. Bu vaqtda formulalardan foydalaniladi. Excel yacheykasida boshqa ma’lumotlardan farqli o‘laroq, formulalarning yozilishi faqat “=” (tenglik) belgisi bilan boshlanadi. “=” belgisidan keyin arifmetik amal belgilari bilan o‘zaro bog‘langan ifodalar yoziladi. Masalan, agar D2 yacheykasida =B2+4*C2 formula yozilgan bo‘lsa, bu shuni bildiradiki, C2 yacheykasidagi sonli qiymat 4 ga ko‘paytirilib, B2 yacheykadagi songa qo‘shiladi va natija D2 yacheykaga yoziladi (1-rasm). Excelda ishlatiladigan arifmetik amal belgilari: “+”(qo‘shish), “”(ayirish), “*”(ko‘paytirish), “/ ” (bo‘lish).

    1-rasm. Jadvalda formuladan foydalanish.


    2. Excelda matematik funksiyalardan foydalanish.
    Excel 2000 da hisoblashlarni bajarish uchun turli funksiyalardan foydalaniladi. Shundan 50 tasi matematik funksiyalardir. Misol tariqasida berilgan sonning (argumentning) kvadrat ildizini hisoblaydigan funksiyani ishlatamiz. Buning uchun vositalar panelidagi belgiga, yoki [Вставка] menyusining [  Функция] bandiga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Natijada hosil bo‘lgan muloqot panelining Категория bo‘limidan Математические bandi, Функция bo‘limidan esa Корень bandi tanlanadi (2-rasm).

    2-rasm.
    So‘ngra OK tugmasini bosib, quyidagi oynaga ega bo‘lamiz (3-rasm):


    Hosil bo‘lgan oynaning Число maydoniga, masalan, 121 conini yozib, natija sifatida 11 ga teng qiymatga ega bo‘lamiz. 6-rasmda ko‘rsatilgan boshqa funksiyalar qiymatini hisoblash uchun ham xuddi shunday yo‘l tutiladi.


    Download 18,59 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




    Download 18,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: EXCELDA FORMULA VA FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH

    Download 18,59 Mb.