• Nima uchun aynan “Najot ta’lim” o’quv markazi
  • Hurmatli "Najot ta’lim"va "Cambridge lc" o’quv markazlari!




    Download 16.5 Kb.
    Sana18.04.2024
    Hajmi16.5 Kb.
    #200308
    Bog'liq
    MOTIVATIONAL LETTER
    Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi, Zokirov Dasturlash xx, Роль компьютера в жизни современного человека, Шахсий компютернинг асосий компонентларилот, Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari, 40 IELTS Listening Tests - Section 3 (with answers), Murodali, 4-deadline, Deadline 3(21-30), Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya, 1 амалий машгулотга топширик, 2 амалий машгулотга топширик, 1-mavzu Qattiq jismlarda diffuziya xodisasi, round-up-0, 5G security

    Hurmatli “Najot ta’lim”va "Cambridge LC" o’quv markazlari!
    Men bu xatni yozishimdan asosiy maqsad shuki, men “Najot ta’lim” va "Cambridge LC" markazlari tomonidan yo'lga qo'yilgan «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini Farg'ona filiali uchun 30 nafar o'quvchiga ajratilgan grantlardan birini IT sohasiga katta qiziqishim tufayli qo’lga kiritmoqchiman.
    To’g’risini aytsam, men IT sohasiga yoshligimdan qiziqmaganman, chunki o’rta maktabda o’qiyotgan paytlarimda Informatika fani yaxshi o’qitilmagan hamda menda komputer bo’lmagan. Lekin men 10-sinfligimda tumanimiz markazidagi 40ixtisoslashtirilgan maktab internatiga ko’chib o’tganimdan keyin bu imkoniyatlarga ega bo’lganman, bundan tashqari, bir qancha dasturlashga qiziqishi katta bolalar bilan do’stlashganman va ular menga ko’p narsalarni o’rgatishgan. Shundan keyin, bular mening ITga bo’lgan ishtiyoqim o’sishiga katta sabab bo’ldi va kelajakda professional dasturchi bo’lishga qaror qildim.
    2022-yil fevral oyida Andijon shahardagi “Yoshlar texnoparki” da maktab bitiruvchilari uchun grant dasturi e’lon qilindi. Men va do’stim Bekzodbek bilan o’sha dasturning “Web dasturlash” yo’nalishiga topshirganmiz. Shundan keyin, imtihonning bir nechta bosqichlaridan muvoffaqqiyatli o’tib 5-o’rinda grantni yutishga erishganman. Afsuski, bu darslar maktabdagi darslar bilan bir vaqtga to’gri kelib qolgan. Natijada, maktab direktori bu kursga darslarni qoldirib qatnashishimga ruxsat bermagan. Shuning uchun men sizlardan “Najot ta’lim”da qiziqqan soham – dasturlashni grant asosida o’rganishimga imkoniyat berishingizni so’rab qolaman.
    Nima uchun aynan “Najot ta’lim” o’quv markazi? Men ishonamanki, Najot ta’lim o’quv markazi menga yuqori darajadagi ta’lim hamda men o’z sohamni o’rganishdan doim zavqlanadigan atmosferani bera oladi. Bu o’quv markazida hozirgi zamonaviy kasblarni ajoyib darajada o’rgata oladigan mutaxasislar mavjudligiga ishonchim komil. Shu bilan birgalikda, men u yerda intiluvchan, dunyo qarashi keng, aqilli insonlar bilan birga o’qish imkoniyatiga ega bo’lishim mumkin. Albatta, bunday “networking” mening shaxsiy rivojlanishimga katta yordam beradi degan umiddaman.
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining talabasi sifatida menda Najot ta’limda grant asosida o’qish uchun yetarlicha bilim, ko’nikma va eng muhimi ulkan qiziqish bor deb hisoblayman. Menga ITning sun’iy ong, kiberxavfsizlik sohalari yoqadi va men kelajakda ushbu sohalarni o’rganib O’zbekistonda rivojlantirmoqchiman. Agar Najot ta’lim o’quv markazi menga shu imkoniyatni bersa, men ularni ishonchini o’qlashimga ishonaman va bu yerda olgan bilimlarim orqali nafaqat o’z Vatanimda, balki butun dunyoda katta ijobiy o’zgarishlar qilishga harakat qilaman.
    Mening arizamni ko’rib chiqqaningiz uchun oldindan raxmat!
    Hurmat bilan Jaloldinov Farhodbek.
    Download 16.5 Kb.




    Download 16.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hurmatli "Najot ta’lim"va "Cambridge lc" o’quv markazlari!

    Download 16.5 Kb.