Fizika fanidagi qonun va hodisalarning mohiyatini ochib beruvchi oʻquv - laboratoriya asboblari va ularni amaliyotda qoʻllashdagi muammolar tahlili




Download 67,13 Kb.
bet6/7
Sana21.05.2024
Hajmi67,13 Kb.
#247854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
I bob lotin variant

1.4. Fizika fanidagi qonun va hodisalarning mohiyatini ochib beruvchi oʻquv - laboratoriya asboblari va ularni amaliyotda qoʻllashdagi muammolar tahlili
Fizika qonun va hodisalar mohiyatini toʻla ochib berishda oʻquv-laboratoriya ishlarining va asboblarining oʻrni beqiyos. Oʻqish sifatini oshirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish kerak: Birinchidan, zamonaviy bilimlar berishda, oʻquvchilarga fizika qonunlarini tushuntirishda tanlangan oʻqitish metodikasi va texnologiyalari dars sifatini belgilab beradi. Bu borada, Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoev ta'lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bagʻishlangan videoselektorda «Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi» degan edi [https://daryo.uz/k/2020/10/30/shavkat-mirziyoyev-raisligida-talim-sohasidagi-muammolar-ularni-hal-etish-va-talim-sifatini-oshirishga-bagishlangan-videoselektor-otkazildi/]. Shuni inobatga olgan holda laboratoriya darslarini tashkil qilishda turli-xil interfaol, didaktik metodlarni dars mavzusidan kelib chiqib tanlash kerak boʻladi.
Ikkinchidan, fizika fanni xonasi va laboratoriya xonalarini holati, zamon talabiga javob berishi, oʻqish standartlariga mosligi muhum. Fizika fan xonasi va laboratoriya uchun qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqsak:
1. Fan xonasi va laboratoriya xonasini funktsional yoʻnalishga tegishli jihozlash, texnik vositalar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, metodik, didaktik qoʻllanmalar roʻyxati bulishi lozim.
2. Oʻquv yili uchun fan xona rejasini tuzish kerak.
3. Xavfsizlik texnikasi koidalariga va tibbiy gigienik talablarga rioya qilish.
4. Oʻquv xonasini jihozlashda estetik talablarga rioya qilish.
5. Fan dasturini bajarilishi uchun zarur oʻquv metodik va texnik vositalar bilan fan xonasini ta'minlash.
6. Davlat ta'lim standartlari va dasturi talablari asosida fan xonasi yoʻnalishlar boʻyicha mos boʻlishi
7. Oʻquvchilar bilimini aniqlash uchun didaktik materiallar topshiriqlar testlar nazorat ishlari mavzusi, yozma ishlar mavzulari mavjud boʻlishi kerak.
8. Oʻquv xonasidagi materiallar oʻquvchilarga oʻquv faoliyatini rejalashtirish boʻyicha yoʻriqnoma oʻquv dasturini bajarishdagi koʻnikma va bilimlar, uy vazifalarini bajarish, har xil oʻquv jarayonlar (seminar, laboratoriya ishi, testga javob berish, suhbatlashish, imtihon) ga yoʻriqnomalar berish.
9. Oʻquvchilarning bilimini koʻrsatuvchi ekran boʻlishi kerak.
10. Fan xonasining ishlash tartibi jadvali boʻlishi lozim.
Bundan koʻrinadiki laboratoriya darslari tashkil qilish uchun tegishli oʻquv-laboratoriya jihozlari, texnik vositalar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, metodik qoʻllanmalar ishlab chiqilishi lozim. Eskirgan laboratoriya asboblarini yangi zamonaviysiga almashtirish, yangi koʻp funksiyali laboratoriya asboblari yaratish zarur.
Uchinchidan, oʻqitish jarayonida koʻrgazmalilik usulidan foydalanishning muhim. Bu oʻqituvchining oʻquvchilarni oʻrganilayotgan mavzuning va hodisalarni hissiy idrok etishlariga, ularni kuzatib mushohada qilishlariga undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishlariga, nihoyat, nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻlay olishlariga oʻrgatadi.
Toʻrtinchidan, ya'na bir asosiy masala maktablarda fan xonalari, labaratoriyalarning oʻquv-moddiy bazasini yaratish zarurati hozirda Respublikaning koʻplb hududlarida jiddiy muammo hisoblanadi.
Fizika fanidagi qonun va hodisalarning mohiyatini ochib beruvchi oʻquv - laboratoriya asboblari va ularni amaliyotda qoʻllashdagi asosiy muammolar:
- bugungi kunda maktablarda fizikadan laboratoriya mashgʻulotlari faqat bir tomonlama fundamental qonuniyatlarni tushuntiradigan oʻquv laboratoriya asboblaridan foydalanib tashkil etilgan;
- maktablarda eski laboratoriya qurilmalaridan foydalanilmoqda va aksariyat maktablarda oʻquv - laboratoriya asboblari etarli emas;
- fizikadan aksariyat laboratoriya ishlari virtual tarzda olib borilmoqda, bunda oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalar shakillanmaydi;
- zamonaviy ilm-fan yutuqlari va yangiliklarini oʻquvchilarga etkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda
- fizika sohasidagi ilmiy yangiliklarni ta'lim jarayoniga tadbiq qilish va fan-ta'lim-ishlab chiqarish bogʻliqligini ta'minlash zarurati paydo boʻlmoqda.
- hozirgi qoʻllanilayotgan aksariyat oʻquv - laboratoriya asboblari jahon standartlariga javob bermaydi
- yangi turdagi laboratoriya qurilmalarini ishlab chiqarish va ta'lim jarayoniga tadbiq etish yoʻlga qoʻyilmagan.
Bugungi kunda oʻquvchilar bilim saviyasini yuksaltiruvchi zamonaviy oʻquv qoʻllanmalar tayyorlash va laboratoriya xonalarini tashkil etish talab qilinmoqda. Bunda zamonaviy oʻquv-laboratoriya asboblari yordamida amaliy-eksperimental laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish samarali usullardan biridir. Fizika fanini oʻqitishda hozirgi davr energetikasi muammolari, tabiatni muxofaza qilish, ilm-fan yutuqlari, mustaqil izlanishni tashkil qilish kabi masalalar koʻtariladi. Oʻz navbatida oʻquvchilarni ona tabiatga hurmat bilan qarashga yangi turdagi energiya manbalaridan xalq xoʻjaligining turli sohalarida foydalanishga, kelajak mutahassisi boʻlib etishishiga zamin yaratadi. Buning yutuqli tomoni shundaki talabalar quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha boshlangʻich bilimlarni egallab, ilmiy izlanishlarga tayyor boʻlishadi. Bu esa yurtimizda sohani rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi.
Umumta'lim maktablari, Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari fizika ta'limi oʻquv dasturi, oʻquv adabiyotlarida (darsliklar) energiya hosil qilish va undan foydalanishning an'anaviy usullari, ularning fizik qonuniyatlari, foydalanish imkoniyatlari, umuman olganda, fundamental va amaliy asoslariga doir ma'lumotlar mavjud. Biroq, noan'anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari fundamental va amaliy asoslariga doir etarlicha bilimlar, zamonaviy fan va texnika yangiliklariga doir ma'lumotlar keltirilmagan. Demakki, fizika ta'limida noan'anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari xususan quyosh energiya manbalariga doir elementar va asosiy tushunchalarini shakllanirish zarur.



Download 67,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 67,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika fanidagi qonun va hodisalarning mohiyatini ochib beruvchi oʻquv - laboratoriya asboblari va ularni amaliyotda qoʻllashdagi muammolar tahlili

Download 67,13 Kb.