• Rivojlangan mamlakatlarda fizika fanining oʻquv laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanish holati
  • I- bob. OʻZbekiston respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda fizika fanining oʻquv laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanishning qiyosiy tahlili




    Download 67,13 Kb.
    bet1/7
    Sana21.05.2024
    Hajmi67,13 Kb.
    #247854
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    I bob lotin variant



    I- BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA FIZIKA FANINING OʻQUV LABORATORIYA
    ASBOBLARIDA QUYOSH ELEMENTLARIDAN FOYDALANIShNING QIYOSIY TAHLILI
    Butun dunyoda ilm-fan shiddat bilan rivojlanmoqda, shu bilan birga oʻquvchilarga ta'lim berishda zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot texnikalardan foydalanish ham rivojlanib bormoqda. Bu ta'lim dasturlarini qaytadan koʻrib chiqib zamonaviy yutuqlarni kiritish va oʻquvchilarga yangi pedagogik usullar bilan etkazib berish zaruratini tugʻdiradi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda respublika ta'lim sohasida yangi fan dasturlarini ishlab chiqish, yangi oʻqitish metodlari va texnologiyalaridan foydalanish, yangi mavzular va yangi laboratoriya ishlarini kiritish masalaning echimi hal qilishda asosiy oʻrin tutadi.
    Ma'lumki quyosh energetikasi kelajak energetikasi hisoblanadi. Oʻquvchilarga maktab davridan quyosh energetikasiga doir asosiy bilimlarni berish bu sohaga qiziqishlarini shakillantiradi va kelajakda etuk kadr boʻlib etishishlariga zamin yaratadi. Bunda fizika fanining nazariyasi va oʻquv-laboratoriya ishlarini mutanosib boʻlishi muhim hisoblanadi.
    Bu bobda rivojlangan davlatlar va respublika maktablari, akademik liseylarida fizika fanining oʻqitishda laboratoriya ishlarining ulushi va oʻquv-laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanilish holatlari oʻrganildi va asosiy kamchilik va muammolar tahlil qilindi.



      1. Rivojlangan mamlakatlarda fizika fanining oʻquv laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanish holati

    Soʻngi yillarda yurtimizda xalq ta'limini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Yangidan qurilgan, yoki ta'mirlangan zamonaviy maktab va liseylar foydalanishga topshirilmoqda. Oʻquv sifati va samaradorligini oshirish maqsadida yangidan fan dasturlari ishlab chiqilib ta'lim jarayoniga tadbiq qilinmoqda. Muhtaram Prezidentimiz oʻz nutqlarida, ta'lim sifatini oshirish masalsiga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini bir necha bor takidlab kelmoqdalar. Bu borada qilinayotgan ishlar ancha salmoqli va oʻquvchi yoshlarning jahon fan olimpiadalari va bellashuvlarida gʻolib boʻlayotganlari bunga misol boʻla oladi. Ta'lim jarayonlarida asosiy urgʻu aniq fanlarni oʻqitishga berildi. Jumladan fizika fanini oʻqitish, fizika qonunlari mohiyatini tushuntirish, erkin fikrlay oladigan yosh kadrlarni shakillantirish masalasi bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Ma'lumki fizik hodisalarning mohiyatini tushunish, idrok eta olish va fizik nuqtai nazarida fikralay olish bir muncha murakkab. Hozirgi zamon ilm-fani yutiqlari va texnologiyalar rivojlanishida fizika sohasi va undan ajralib chiqan yangi sohalarning oʻrni beqiyos. Shu oʻrinda yarimoʻtkazgichlar fizikasi rivojlanishi koʻp ilmiy yangiliklarni ochilishiga, elektronika sanoatini tashkil boʻlishi va rivojlanishiga, insoniyat yashashini engilashtiradigan ixtirolar yaratilishga asos boʻlib xizmat qilmoqda.
    Ta'kidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatida fizika fanini oʻrganish boʻyicha ta'lim sohasidagi mutasaddi rahbarlarga alohida topshiriq berdi [https://review.uz/oz/post/poslanie-prezidenta-uzbekistana-shavkata-mirziyoyeva-oliy-majlisu]. Bu albatta kelajakda oʻz natijasini berishi shubhasiz.
    Shu maqsadlarni koʻzlab, umumta'lim maktablarida fizika fanini oʻqitishda yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, ayniqsa fizika darslarida oʻquvchilar olgan nazariy bilimlarini laboratoriya mashgʻulotlari yordamida mustahkamlash zarur. Laboratoriya mashgʻulotlarida zamonaviy oʻquv-laboratoriya asboblari va ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish, oʻquvchilarga ma'ruza davomida berilgan fizik qonuniyatlarning mohiyatini ochib berish, fizik jarayonlarda kuzatiladigan hodisalarni mexanizmlarini chuqur tushuntirish imkoniyatini yaratadi.
    Jahonning taraqqiy etgan davlatlarida ta'lim-tarbiya ishlarining maktablarda amalga oshirilganini oʻrganish orqali biz mustaqil respublikamizda milliy ta'lim tizimini yangidan tashkil qilishda, ta'lim tarbiyada, maktablarda dars jarayonlarini tashkil etishda eskirib, oʻz dolzarbligini yoʻqotib borayotgan ananaviy oʻqitish shakllari va usullaridan tezroq voz kechish hamda uni munosib tarzda yangilashda qoʻshimcha boy manbalarga ega boʻlamiz.
    Soʻngi yillarda rivojlangan davlatlarda umumta'lim maktablari, kasb hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta'limda fizika fanini oʻqitishda fan mavzulari bir qator ya'ngi mavzular bilan boyitilmoqda. Bu mavzular zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan holda – nanofizika, nanotexnologiya, kvant fizikasi, muqobil energiya manbalari (quyosh, shamol, biomassa, toʻlqin), quyosh elementlari fizikasi kabi fan yoʻnalishlariga asoslangan. Bu oʻz navbitida ilm-fan va ta'limni oʻzaro uzviyligini ta'minlaydi.
    Masalaning ya'na bir muhim tomoni bor bu nazariya va amaliyot uzluksizligi. Buning uchun fizika darslarini tashkil qilishda laboratoriya mavzulari qatoriga ya'ngi zamonaviy mavzularni kiritish va jaxon standartlariga mos boʻlgan oʻquv-laboratoriya jihozlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu borada rivojlangan davlatlarda fizika fanini oʻqitishda laboratoriya darslarining ulushini tahlil qilish va respublika maktablarida oʻqitiladigan fizika fan dasturlarni bular asosida shakillantirish zarur.
    Fizika fanining oʻquv laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanish va quyosh elementlari fizikasiga doir nazariy va amaliy koʻnikmalarni shakillantirish asosiy masala hisoblanadi.
    Quyidagi 1-jadvalda Rossiya Federasiyasi maktablari fizika darsliklaridan oʻrin olgan laboratoriya mavzulari koʻrsatilgan.

    Download 67,13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 67,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I- bob. OʻZbekiston respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda fizika fanining oʻquv laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanishning qiyosiy tahlili

    Download 67,13 Kb.