• 1.3. Oʻquv-laboratoriya asboblarning fizika fanidagi hodisa va qonunlarning mohiyatini ochib berishda, hamda oʻquvchilarning tushunishlari va oʻzlashtirishlariga ijobiy tasiri
  • I- bob. OʻZbekiston respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda fizika fanining oʻquv laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanishning qiyosiy tahlili




    Download 67,13 Kb.
    bet5/7
    Sana21.05.2024
    Hajmi67,13 Kb.
    #247854
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    I bob lotin variant

    1.2-rasm. Oʻzbekiston respublikasi umumta'lim maktablari fizika darsliklaridan oʻrin olgan jami mavzular va laboratoriya mavzulari diagrammasi
    Jadvaldan koʻrinadiki laboratoriya mavzulari bir tomonlama fundamental qonunlarini tushuntirishga moʻljallangan. Maktablardagi oʻquv-laboratoriya uskunalari eskirgan va ayrim maktablarda etishmaydi.
    Bundan koʻrinadiki maktalbarning oʻquv-laboratoriya xonalari texnik bazasini yangidan shakillantirish va zamonaviy, talabga javob beradigan, koʻp funksiyali oʻquv-laboratoriya qurilmalarini yaratish zarur. Jumladan, quyosh elementlari asosida yaratilgan quyosh elementlari fizikasi, ishlash mohiyatiga doir qoʻshimcha bilimlar beradigan oʻquv-laboratoriya jihozlarini yaratish maqsadga muvofiq.


    1.3. Oʻquv-laboratoriya asboblarning fizika fanidagi hodisa va qonunlarning mohiyatini ochib berishda, hamda oʻquvchilarning tushunishlari va oʻzlashtirishlariga ijobiy ta'siri
    Ta'lim jarayonida har xil tajribalar, laboratoriya ishlari, texnik vositalar va asbob-uskunalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazilishi oʻquvchilarni atrofni oʻrab olgan ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, oʻzgarishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarini mustakamlash hamda tegishli koʻnikma va malakalar bilan qurollantirishda muhim ahamiyatga ega.
    Fizika qonunlarini oʻquvchilarga tushuntirishda asosiy qurol bu laboratoriya ishlari hisoblanadi. Laboratoriya darslarini toʻgʻri tashkil qilish, kerakli laboratoriya uskunalaridan foydalanishi – oʻquvchilarda fizik voqea-hodisana toʻliq tushunib etishiga va koʻnikma hosil boʻlishiga xizmat qiladi.
    Tabiatda yuz beruvchi hodisalar ma'lum bir qonuniyat asosida yuz beradi. Mazkur qonuniyatlarni tajriba yoʻli bilan tasdiqlashimiz hamda matematik formulalar bilan ifodalashimiz mumkin. Tabiatda mavjud boʻlgan fizik qonunlarni tajriba yoʻli bilan koʻrsata olsak, ularni oʻrganuvchilar tomon yaxshi tushunishlarini hamda oʻzlashtirishlariga keng imkon beradi.
    Laboratoriya ishlari belgilarga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:
    1) mazmuniga koʻra;
    2) bajarilish usuliga va natijalariga ishlov berish( kuzatish, sifat tajribalari ,oʻlchov ishlari va h.k. )iga koʻra;
    3) oʻquvchilarning mustaqil ravishda bajarilishiga koʻra;
    4) didaktik maqsadlari (yangi mavzuni oʻrganish, takrorlash, mustahkamlash, amaliy koʻnikmalar hosil qilish va tadqiqot) harakteriga koʻra;
    5) oʻquv jarayonidagi oʻrniga koʻra;
    6) oʻtkazilish joyi (sinfda, uyda) ga koʻra;
    7) tashkiliy usuli (frontal, fiz.praktikum)ga koʻra ;
    8) oʻtkazilish vaqti (qisqa moʻddatli frontal tajribalar; toʻliq soatda bajariladigan laboratoriya ishlari)
    Bu ishlardan qaysi birlarini tanlash fan xonasida mavjud boʻlgan jihozlarga va oʻqituvchi tomonidan qoʻyiladigan aniq maqsadga bogʻliq boʻladi.
    Tajriba namoyishlar sinfdagi 20-25 oʻquvchiga oʻqituvchi tomonidan koʻrsatiladi. Shunga koʻra, tajriba-sinovlarga qoʻyiladigan talablar, laboratoriya mashgʻulotlariga qoʻyiladigan talablardan farq qiladi. Ularga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
    1. Koʻrinarlilik talabi. Tajriba-namoyishlar koʻrsatiladigan asboblar, ularning asosiy qismlari va detallari sinfdagi barcha oʻquvchilarga yaxshi koʻrinadigan boʻlishi kerak. Yuqorida keltirilgan koʻpgina asboblarning oʻlchamlari va ekrani kichik boʻlganligidan, oʻqituvchi koʻrinarlilikni ta'minlash uchun choralar koʻrishi kerak (videoglaz orqali, koʻzgular yordamida, qoʻshimcha yoritish va h.k.).
    2. Koʻrgazmalilik talabi. Bu talabga koʻra oʻquvchi tajribadan koʻzda tutilgan asosiy voqea yoki jarayonni koʻrishi kerak.
    3. Ishonarlilik talabi. Tajribalar jarayonning haqiqiy ekanligiga biror –bir shubha tugʻilmaydigan holda bajarilishi kerak. Tajriba davrida parallel boradigan, lekin bevosita tajriba mazmuniga aloqasi boʻlmagan effektlarni minimal holatga keltirish kerak.
    4. Tajribaning ishonchli chiqishi. Bu talabga koʻra oʻqituvchi koʻrsatiladigan tajribani oldindan shunday tayyorlashi kerakki, namoyishlar jarayonida chiqmay qolmasin. Muvaffaqiyatsiz chiqqan tajriba namoyishi oʻqituvchiga boʻlgan ishonchsizlikni yuzaga keltiradi.
    5. Qisqa muddatli boʻlishi. Dars choʻzilib ketmasligi , kutilayotgan effektni kutishdan oʻquvchilarni zeriktirib qoʻymasligi uchun qoʻyilgan talab.
    6. Mazmunli, aniq bajariladigan, natijasi mavhum boʻlmasligi kerak.
    7. Havfsizlik qoidalariga rioya qilinishi kerak. Albatta, yuqorida keltirilgan asboblar yordamida dasturda keltirilgan barcha tajriba-namoyishlarni koʻrsatib boʻlmaydi. Jumladan: Oʻlchash deyilganda, oʻlchanishi kerak boʻladigan kattalikni namunaviy kattalik bilan solishtirish tushuniladi.
    Shunga koʻra 6-sinfda bevosita oʻlchanadigan kattaliklar –uzunlik, vaqt va massani chizgʻich, sekundomer va tarozi yordamida oʻlchash koʻrsatiladi. Tarozi yordamida jism massasi oʻlchanganda, tarozining bir pallasiga tarozi toshlari, ikkinchi pallasiga jismni qoʻyib, shayinli tarozida pallalarni muvozanatga keltirib koʻrsatiladi. Elektron tarozida bunday koʻrgazmalilik darajasi past.
    Xuddi shunday tok kuchi, elektr kuchlanishi kabi kattaliklarni oʻlchashda magnitoelektrik sistemada ishlaydigan strelkali asbobdan foydalanilganda oʻquvchilarda bunday kattaliklarni oʻlchash prinsipini tushuntirish oson kechadi. Raqamli elektr asbobida oʻlchab koʻrsatilganda, asbobning haqiqatdan ham aynan shu kattalikni oʻlchab koʻrsatayotganligiga oʻquvchini ishontirish uchun fizikadan olgan ma'lumotlari etarli boʻlmaydi.
    Bundan tashqari, atmosfera bosimi, suyuqlik bosimi, havoning namligini oʻlchash uchun asboblar berilmagan. Paskal qonuni, izojarayonlarni oʻrganish , elektromagnit induksiya hodisasini oʻrganish va h.k. larni koʻrsatishda ishlatiladigan Paskal shari, ichki yonuv dvigateli modeli va boshqa koʻpgina asboblar yoʻqligi dars jarayonida oʻquvchilarda shu mavzularga doir bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishda qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.
    Oʻquv-laboratoriya asboblarning fizika fanidagi hodisa va qonunlarning mohiyatini ochib berishdagi oʻrni, hamda oʻquvchilarning tushunishlari va oʻzlashtirishlariga ijobiy ta'siri be'qiyos. Shunga asosan fizika oʻquv-laboratoriya qurilmalarini zamonaviylashtirish, koʻp funksiyalilik darajasini oshirish talabi qoʻyiladi. Jumladan oʻquv-laboratoriya asboblarini yasashda quyosh elementlaridan foydlanilsa bu ikki tomonlama yutuq boʻladi. Birinchida, fikik qonunlar tushuntiriladi, ikkinchidan, quyosh elementlari fizikasiga doir qoʻshimcha bilimga ega boʻlishadi.
    Masalan, ba'zi bir fizik qonuniyatlarni quyosh elementlari yordamida koʻrsatishimiz mumkin. Quyosh elementlari yordamida fizik qonuniyatlarini bevosita koʻrsatish mumkin yoki yordachi vosita sifatida qoʻllanilishi mumkin.
    Quyosh elementi yordamida energiyani bir turdan boshqa turga oʻtishini koʻrsatishimiz mumkin. Bunda quyosh energiyasi elektr energiyasiga oʻzgartiriladi. Agarda quyosh elementiga yorugʻlik chiqaruvchi diodni ulasak elektr energiyasini yorugʻlik energiyasiga oʻzgartirilishini koʻrsatishimiz mumkin.
    Yana bir bevosita foydalanishning usullaridan biri quyosh elementining parametrlarini aniqlashdir. Bunda quyosh elementni oʻrganayotgan oʻquvchi qisqa tutashuv toki salt yurish kuchlanishi hamda quyosh elementining foydali ish koeffisientini aniqlash boʻyicha koʻnikmaga ega boʻladi.
    Yorugʻlik manbasining toʻlqin uzunligi λ1- λ2 oraligʻida oʻzgarishini ta'minlasak, quyosh elementning spektral tavsifini olishimiz mumkin bu orqali esa yarimoʻtkazgich fundamental parametrlardan biri boʻlgan taqiqlangan soha kengligini koʻrsatishimiz mumkin, chunki elektron kovak juftligini xosil boʻlishi uchun hѵ>Eg shart bajarilishi kerak.
    Yuqorida keltirilgan barchasida quyosh elementi bevosita foydalaniladi.
    Endi quyosh elementi yordamida oʻrganishimiz mumkin boʻlgan hodisa va qonuniyatlarni koʻrib, chiqamiz. Quyosh elementi yordamida yorugʻlikni suyuqlikda yoki boshqa moddalarda yutilishini oʻrganishimiz mumkin. Buning uchun rasmda koʻrsatilgan sxemani yigʻish kerak boʻladi.moddalarda yorugʻlikni yutilishi formula bilan yoritiladi.
    Keyingi oʻrganishimiz mumkin boʻlgan qonunlardan biri yorugʻlikni sinish va akslanish qonunlarini oʻrganishdir. Bunda yorugʻlik manbasidan yorugʻlik jismga yoʻnaltiriladi. Quyosh elementi yordamida esa moddadan qaytgan nurni qayd qilishimiz mumkin.
    Quyosh elementidan Om qonunini koʻrsatishda foydalanish mumkin. Bunda quyosh elementi elektr energiya manbasi sifatida foydalaniladi.
    Elektr zanjirida elementlar ketma-ket va parallel ulanishi mumkin. Quyosh elementidan manba sifatida foydalanib, ketma-ket, parallel va aralash ulangan rezistorlardan tok hamda kuchlanish tushuvlarini oʻrganishimiz mumkin.



    Quyosh elementi




    Yordamchi

    Bevosita

    Qayd etuvchi



    Manba



    1.Energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻtishi
    2.Quyosh element parametrlari
    3.Quyosh elementlarini ketma-ket va parallel ulash



    1.yutilish qonuni
    2.sinish qonuni
    3.Om qonuni
    4.Rezistorlarni ketma-ket va parallel ulash

    1.3 - rasm. Quyosh elementlaridan foydalanib laboratoriya darslarini tashkil qilish sxemasi


    Zamonaviy oʻquv-laboratoriya asboblar yaratish va oʻquv jarayonida qullash - fizika fanidagi hodisa va qonunlarning mohiyatini ochib berishda, hamda oʻquvchilarning tushunishlari va oʻzlashtirishlariga ijobiy ta'sir koʻrsatadi.



    Download 67,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 67,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I- bob. OʻZbekiston respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda fizika fanining oʻquv laboratoriya asboblarida quyosh elementlaridan foydalanishning qiyosiy tahlili

    Download 67,13 Kb.