46
Bugungi kunda ilmiy-huquqiy jurnallarda va turli tadqiqot markazlari tomonidan
tashkil etilgan konferentsiyalarda sun'iy intellektning huquqqa ta'siri natijasida yuzaga
kelgan muammolar faol muhokama qilinmoqda. Qiziqarli muhokama masalalariga
quyidagilar kiradi:
- sudlar faoliyatiga sun'iy intellektni joriy etish hisobiga sud-huquq tizimidagi
bashoratli o’zgarishlar;
- huquqshunoslikda bashoratli tahlilning imkoniyatlari;
- sun'iy intellekt tomonidan qaror qabul qilishda kamsitishning yangi xavflari;
- ma'lumotlarni qidirish va qayta ishlash qobiliyati inson imkoniyatlaridan ancha
yuqori bo’lgan sun'iy intellektning tarqalishi tufayli ma'lumotlarning maxfiyligiga
tahdidlar;
- inson aralashuvisiz, “qora quti” tamoyili bo’yicha ishlaydigan mashinani
o’rganish algoritmlari haqidagi xavotirlar, buning natijasida foydalanuvchi intellektual
tizim qanday natijaga kelishini bilmaydi;
- neyron tarmoqlardan foydalangan holda huquqiy hujjatlarni yaratishni
avtomatlashtirish va boshqalar.
Sun'iy intellektning yurisprudensiyaga ta'siri sun'iy intellektning rivojlanishi
bilan ortadi: u qanchalik murakkab va mukammal bo’lsa, u qanchalik ko’p huquqiy
vazifalarni bajarishi mumkin va undan advokatlarning o’zlari, shuningdek, biznes va
davlat idoralari tomonidan ko’proq foydalaniladi. .