• KTBDO’______________ I.Usubaliyev “____”___________2021 yil ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI
  • Angren Mavzu: Kirish. Boyitish usullari Reja
  • Ishlab chiqarish ta’lim ustasi : Nadirova Sh.B




    Download 4,83 Mb.
    bet172/241
    Sana25.01.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #145433
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   241
    Bog'liq
    UMK FQB amaliyot

    Ishlab chiqarish ta’lim ustasi : Nadirova Sh.B
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi

    TASDIQLAYMAN”


    Angren kon-metallurgiya texnikumi
    KTBDO’______________ I.Usubaliyev
    ____”___________2021 yil


    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI
    ANGREN KON - METALLURGIYA TEXNIKUMI

    BOYITISH ISHLARI O’QUV AMALIYOTIDAN

    MAVZULAR TO’PLAMI
    Ishlaqb chiqarish ta’lim ustasi: Nadirova Sh B
    Angren
    Mavzu: Kirish. Boyitish usullari
    Reja
    1.Kirish
    2.Boyitish jarayonlarining tasnifi
    3.Boyitish jarayonlarining turlari va ularning ketma-ketligi
    O‘zbekiston o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik strategik mavqega ega bo‘lib, tabiiy xom ashyo resurslari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rindan birini egallaydi. Hozirgi kunda turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli makon va joylar aniqlangani va bu borada keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot izlanish ishlari jadallashib borayotganining o‘zi ham bu yurt kelajagining buyukligidan dalolat beradi. Bugungi kunda 100ga yaqin mineral xom ashyo turlari izlab topilgan va tasdiqlangan zaxiraga kiritilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi yer osti va usti boyliklarining mo‘lligi, shuningdek mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin, kumush, volfram, yonuvchi gazlar va boshqa ayrim foydali qazilmalar bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Shu bilan birga mamlakatda tuzlar, alyuminiy xom ashyosi, turli yaltiroq va qimmatbaho toshlar, nodir va kamyob metallar zahirasi ham ko‘plab aniqlangan. Qurilish materiallari va energetik yoqilg‘i resurslariga boy bo‘lgan mustaqil Respublikada og‘ir sanoat bilan birga neft-gaz qazib olish ham oxirgi yillarda o‘zining rivojlanish bosqichini o‘tamoqda. Neft va gaz konlari, tabiiy gaz g‘oyat muhim strategik manbaa bo‘lib, ular asosan Farg‘ona vodiysi, Shimoliy Sox, janubiy Olamushuk, Polvontosh, G‘alcha-Chang‘ara kabi kon xududlarida aniqlangan. Farg‘ona va Surxandaryo hududlarida asosan neft konlari mavjud bo‘lib, qisman Buxoro viloyati tekistliklarini ham qamrab oladi (Xaudak, Uchqizil, Kokayti, Qoshg‘ar, Amudaryo). Tabiiy gaz konlarining yirigi – Gajak koni bo‘lsa, gazonandantat konlari G‘ussorning janubiy-g‘arb kengliklarida (Odamtosh, Chumbuloq, Pachkamar, Qizilbayroq, Omanota) joylashgan. Ustyurt tekistliklarida Quanish va Shoxpaxta gaz konlari hamda Buxoro-Xiva hududlarida Shimoliy Muborak, Oqjar va Gazli konlari yirik gaz makonlari sirasiga kiradi.
    O‘zbekistonda 3 ta ko‘mir konlari: Angren (Toshkent viloyati), Sharg‘un va Boysun (Surxandaryo viloyati) konlari hamda mayda konlar mavjud bo‘lib, ular Respublikadagi ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojni qoplab kelmoqda.
    Qora metallurgiya xom ashyolari bo‘lgan temir konlari Respublikada Tebinbuloq titan-magnetit konlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), shuningdek, Surenota, Shabrez, Mingbuloq, Ixnach, Chimgan, Qo‘ytosh va Sulton Uvays kabi temir konlari mavjud. Hozirda bu konlarning zaxiralari o‘rganilib, ularning samaradorligi hisob-kitob qilinmoqda. Margenets xom ashyosining Zarafshon, Zirabuloq, Qoratepa va Lolabuloq tizmalarida va Ziadin, Dautosh, Qizilbayroq, Toxtakaragin, Tersaksoy, Cho’ponota kabi konlari aniqlanib, ularning zaxirasi hisoblab chiqilgan.
    Xrom konlari Tomditau va Sulton-Uvays hududlarida aniqlangan.
    Mis va unga yo‘ldosh bo‘lgan ayrim metallar (molibden, kumush, oltin va reniy) Tyan-Shanning markazi Qurama tizmalarida ko‘proq topilgan (Qalmoqqir, Sariqcho‘qqi, Uzoqdagi, Baliqti, Qorabuloq) bo‘lib, bugungi kunda bu konlardan ochiq usulda ruda qazib olinmoqda. Shuningdek, garchi faoliyat yuritmayotgan bo‘lsada xalkopirit-titan-magnetitli, oltin va platinoidlar bilan yo‘ldosh bo‘lgan Shovg’az, Aqchasoy, Qoraarcha, Shabrez, Qo‘shmansoy kabi mayda konlar izlab topilgan va to‘liq o‘rganilgan.
    O‘zbekistonda qo‘rg‘oshin va rux minerallariga boy konlar ham ko‘plab topilgan. Qurama tizmasining Olmaliq hududida Qo‘rg‘oshinkon, Kushmansoy, Miskon konlari va G‘ussor tizmalarida Xandiza, shuningdek Uchquloch, Sariqkon, Konjaylov, Kulcho‘loq va boshqa polimetall rudali konlar topilgan.
    Volfram konlari asosan Nurota, Zirabuloq, Qoratepa va Chaqilkalla tizmasida joylashgan. Geologlarning e’tiborini tortgan konlar Langar, Qo‘ytosh, Ingichka, Qoratepa, Yaxton bo‘lsa, kichik konlar sirasiga Choshtepa, Komangaran, Jom, Sariqkon va Sazaganlar kiradi. Garchi molibden misli polimetall rudalar tarkibida uchrasa ham ayrim minerallari yaxlit sheyelit–molibdenit holida (Chovata, Unkurtosh-Chotqol tizmalarida va Shovg’az Qurama tizmasida), skarna-molibdeniy holida (Chimgan-Chotqol tizmasida) va skarno-sheyelit- molibdenit va xalkopirit bilan (Olmaliq kon hududlarida) ham keng uchraydi.

    Download 4,83 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   241




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish ta’lim ustasi : Nadirova Sh.B

    Download 4,83 Mb.