• Zararli qo‘shimcha
  • I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o




    Download 4,83 Mb.
    bet174/241
    Sana25.01.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #145433
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   241
    Bog'liq
    UMK FQB amaliyot

    1-Mavzu: Rudalar va minerallar
    Reja

    1. Foydali qazilmalar haqida umumiy tushuncha

    2. Rudalar va ularning tasnifi

    3. Minerallar haqida

    Tayanch so’z va iboralar: ruda,qimmatbaho komponent ,Foydali qo‘shimcha, Yo‘ldosh komponent, Zararli qo‘shimcha, Chiqindi

    Foydali qazilmalar uch turga bo‘linadi: rudali, noruda va yoqilg‘ilar. Hozirgi zamon texnikasi va boyitishning texnologiik jarayonlarida ulardan olinadigan qimmatbaho komponentlar miqdori iqtisodiy tomondan foyda keltirish uchun yetarli darajada bo‘lgan foydali qazilmalar ruda deb ataladi. Mineral resurslar ishlab chiqarish va qo‘llanilish sohasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:


    a) energetik yoqilg‘ilar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);
    b)qora va rangli metallurgiya uchunxomashyo bazasi bo‘lgan rudali foydali qazilmalar (temir, marganets, xromli rudalar, boksitlar, polimetall rudalar, qo‘rg‘oshin-rux, mis-rux, mis-nikel, volfram-molibden, qalay, nodir metallar);
    v)tog‘-kimyo xomashyolari (fosforitlar, osh tuzi, qaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, bo‘r rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar);
    g) tabiiy qurilish materiallari va noruda foydali qazilmalar, shuningdek texnik va qimmatbaho toshlar (kvarsli qumlar, gil, ohaktosh, marmar, granit, yashma, agat, tog‘ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar);
    d)gidrominerallar (minerallashgan yer osti suvlari);
    Foydali qazilmalarning tarkibi asosan qimmatbaho kompo­nent­lardan, foydali yo‘ldosh komponentlardan, zararli qo‘shimchalardan va chiqindilardan iborat. Foydali qazilmalar tarkibidagi alohida kimyoviy elementyoki mineral qayta ishlash va boyitishjarayonlarida kerak bo‘lsa vaxalq xo‘jaligidafoydali bo‘lsa bu element- qimmatbaho komponent deb ataladi. Foydali qo‘shimcha bu ozroq miqdorda foydali qazilmalar tarkibidagi alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikma bo‘lib, asosiy qimmatbaho komponent bilan birga qayta ishlanadi va asosiy komponentni boyitishda ishlatiladi. Yo‘ldosh komponent deb foydali qazilmalar tarkibida oz miqdorda uchraydigan alohida qimmatbaho kimyoviy element yoki mineralga aytiladi va foydali qazilmalarni qayta ishlaganda bir yo‘la mustaqil ajralishi va boyitilishi mumkin. Zararli qo‘shimcha – alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmalar bo‘lib, foydali qazilmalar tarkibidagi asosiy qimmatbaho komponentlarning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chiqindi - bu mahsulotlar tarkibidan foydali komponent va boyitmalarni ajratib olgandan keyingi keraksiz mahsulotdir.
    Ruda – minerallardan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida har xil minerallar, ma’danlar yoki birikmalari bo‘lgan tog‘ jinsi hisoblanadi. Yer kurrasida minerallari quyidagicha tarqalgan: silikatlar–25%, oksidlar va gidroksidlar – 12,5%, sulfidli birikmalari va ularning analoglari – 14%, fosfatlar va ularning analoglari – 18%. Rudalar tarkibigava tuzilishiga qarab oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Tarkibida bitta qimmatbaho komponent bo‘lgan rudalar oddiy rudalar yoki monometall rudalar deyiladi. Murakkab rudalar esa har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan minerallardan tashkil topadi. Ikki va undan ortiq qimmatbaho komponenti bo‘lgan rudalar polimetall rudalar deyiladi.
    Mineral- bir yoki bir nechta kimyoviy elementlarning fizik va kimyoviy jarayonlar ta’siri natijasida hosil bo’lgan tabiiy birikmasidir.
    Tarkibida qimmatbaho komponenti bo‘lmagan mineralga puch tog‘ jinsi deyiladi. Qayta ishlash jarayonlarida ular zararli qo‘shimchalar bilan birga chiqindiga chiqarib yuboriladi. Boyitish natijasida foydali qazilmalar asosan ikkita mustaqil mahsulotga – boyitmalar va chiqindilarga bo‘linadi. Rudalarning tarkibi o‘zgargan sari boyitishning texnologik sxemalari va boyitish usullari o‘zgarishi tabiiy hol. Rudalarni mineral tarkibiga, turlari va xususiyatlariga asoslanib bir necha usullarda boyitish mumkin. Masalan: gravitatsiya, flotatsiya, magnitli usul, elektrli usul, maxsus kimyoviy usul va hokazo.



    Download 4,83 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   241




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o

    Download 4,83 Mb.