|
Mavzu: Konusli separatorlarning texnik xarakteristikasi
|
bet | 217/241 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #145433 |
Bog'liq UMK FQB amaliyotMavzu: Konusli separatorlarning texnik xarakteristikasi
Reja:
Konusli separatorlarning texnik xarakteristikasi
Konusli separatorlarning afzalligi
Konusli separatorlarning kamchiliklari
Har qaysi tarnovcha kengligi 0 dan 3 mm oraliqda o‘zgartira olinadigan ko‘ndalang tirqishga ega. Tirqishlar orqali og‘ir minerallarning zarrachalari bo‘shatib olinadi va yig‘uvchi idishlar 5 va 9 da to‘planadi. Tarnovchalar gorizontga nisbatan 12 – 200 burchak ostida o‘rnatilishi mumkin. Tarnovchalarning qiyaligi vintli moslama 3 orqali boshqariladi.
Bo‘tana yuqoridagi 12 ta tarnovchaga bo‘tana bœluvchi 1 dan halqasimon tarnovcha 2 orqali taqsimlanadi. Pastki tarnovchalarga esa yig‘uvchi qutichalar orqali yuqori tarnovchalardan o‘z–o‘zidan quyiladigan. Bo‘tanani tarnovchaga quyiladigan joyida oqimning tezligini pasaytirish va tarnovchaning kengligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi uchun quticha 4 o‘rnatilgan.
Tarnovchaning bo‘shatish tomonida mahsulotlar yarim doirasining ajralishi mahsulotlarni qabul qiluvchi quti 8 ga yo‘naltiruvchi kesgich 7 lar orqali amalga oshiriladi.
Boyitmalar – 2 + 0,044 mm yiriklikdagi va qattiq zarrachalarning miqdori 45 – 60 % li bo‘tanada ishlaydi. Uning ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog‘liq bo‘lib, soatiga 3 dan 12 tonnagacha oraliqda bo‘ladi.
Purkovchi kontsentratorning afzalligi – bitta apparatlarda birlamchi boyitish va pastki tarnovchalarda mahsulotni qaytadan boyitish operatsiyalarini bajarish mumkinligi.
Konusli separator 1–bo‘tana bo‘luvchi; 2–konussimon xalqa; 3–to‘siq; 4–konus; 5–qisqa ; 6–shturval; 7– ajratkichlar; 8-yig‘uvchi tarnovchalar; 9-metal quti.
Purkovchi boyitmalar titan–tsirkoniyli sochma konlar va ba’zi tub konlar rudalarini boyitishda samarali ishlatilmoqda. Ayniqsa 0,1 mm dan kichik o‘lchamdagi mahsulotni boyitishda yuqori samaradorlikka erishiladi.
Kamyob metalli sochma konlar rudalarini boyitishda konusli separator ishlatiladi.
Separator ichki tomoniga yaxshilab ishlov berilgan to‘nkarilgan kesik
konusdan iborat. Ishchi konusning pastki qismida markazga quyuluvchi toraygan tarnovchani tashkil qiluvchi qisqa pona 5 lar o‘rnatilgan. Separatorlar ponalarsiz ham ishlab chiqariladi. Ishchi konus ustida taqsimlovchi konussimon halqa 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u teshikli halqasimon to‘siq 3 ga ega. Separator bo‘tana bo‘luvchi 1 bilan ta’minlangan.
Ishchi konusning ostida boyitish mahsulotlarining chiqishi va sifatini
boshqarish uchun texnik qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, u vertikal yo‘nalishda shturval 6 orqali harakatlanuvchi ajratkich va vintli uzatmadan iborat. Boyitish mahsulotlari yig‘uvchi tarnovcha 8 ga tushadi. Separatorning hamma konstruktiv elementlari metal rama 9 ga o‘rnatilgan.55 – 60 % qattiq zarrachalarni saqlovchi bo‘tana patrubka yordamida konussimon halqa 2 bo‘ylab tekis taqsimlanadi va ishchi konus yuzasiga kelib tushadi. Bo‘tana torayuvchi va asta–sekin qalinlashuvchi oqim tarzida pastga harakatlanganda mineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamiga qarab ajralishi sodir bo‘ladi. Ponalar o‘rnatilgan zonaga kirganda bo‘tana bir qator oqimlarga 84bo‘linib, konus yuzasidan yarim doira (elpigich) shaklida tushadi. Ajratkichlar orqali mahsulotlar yarim doirasi boyitma, oraliq mahsulot va chiqindiga ajratiladi.
Konusli separatorlar bir yoki ko‘p qavatli (yarus qilib tayyorlanadi (bitta apparatda 6 tagacha yarus bo‘lishi mumkin).Ko‘p qavatli separatorlarning pastki qavatida yuqori qavatdagi boyitish mahsulotlari tozalanadi. Ishchi konuslar asosining diametri 2 yoki 3 m bo‘lishi mumkin. Konuslarning hosil bo‘luvchi gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 14 dan 200gachani tashkil qiladi.
Torayuvchi oqim printsipi bo‘yicha ishlaydigan apparatlarning afzalligi ularning yuqori solishtirma ishlab chiqarish unumdorligiga, sodda tuzilishga egaligi, boyitiluvchi har tonna ruda uchun suv sarfining ozligi.
Kamchiligi – pastki tirqishlar kengligini boshqarish qiyinligi, ularni qiyin zarrachalar bilan tez – tez yopilib qolishi.
|
| |