• Mavzu:konusli separatorlar Reja
  • I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o




    Download 4,83 Mb.
    bet216/241
    Sana25.01.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #145433
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   241
    Bog'liq
    UMK FQB amaliyot

    Кo‘rsatкichlari

    SVM-1000

    SVM-1200

    SVM-1500






    Tarnovningdiametri, mm

    750

    1000

    1200

    1500

    O‘ramning qadami, mm

    450-550

    _

    600-850

    -

    O‘ramlar soni

    4

    4

    4

    3

    Ishlabchiqarish unumdorli, t/soat

    2-4

    3-8

    6-8

    20-30

    Yuvuvchi suv sarfi, l/s

    0,5

    0,6

    1

    0,4

    Bo‘tanadagi qattiq zarrachalar miqdori, %

    20-40



    20-40



    20-40



    20-40



    Balandligi, mm

    4200

    4200

    4200

    5150

    Og‘irligi, t

    0,5

    0,7

    0,75

    1,25



    Mavzu:konusli separatorlar
    Reja:

    1. konusli separatorlarda boyitish

    2.Konusli separatorlarning tuzilishi
    3. Konusli separatorlarning ishlash prinsipi

    Keyingi yillarda bo‘tananing harakatlanishida toraytirilgan tarnovda amalga oshiriluvchi gravitatsion apparatlar keng qo‘llanilmokda.


    Mineral zarrachalarning zichligiga qarab torayuvchi tarnovchalarda ajralish quyidagicha sodir bo‘ladi. 50 – 60 % qattiq zarrachalarni saqlaydigan bo‘tana 81tarnovcha 1 ning keng qismiga beriladi (–rasm). Uning qiya tarnovcha bo‘ylab harakatlanishida mahsulot mineral zarrachaning zichligi va yirikligiga qarab qavatlanadi.
    Qiya tarnovchada mineral zarrachalarning ajralish sxemasi
    1–tarnovchaning kengroq qismi; 2–to‘siqlar; 3–yig‘uvchi idishlar.
    Tarnovchaning keng qismida laminar yoki shunga œxshash oqim ustunlik qiladi. Keyinroq, tarnovchaning torayishi bilan oqimning tezligi ortadi va laminar oqim uncha katta bo‘lmagan tezlikdagi turbulent oqimga o‘tadi. Turbulent oqimning yuzaga kelishi engil mineral zarrachalarning yuqoriga ko‘tarilishiga va og‘ir zarrachalarning yirikligiga qarab segregatsiyalanishi natijasida qaytadan taqsimlanishiga olib keladi.
    Shunday qilib, mahsulotning oqim balandligi bo‘yicha turli harakat
    tezliklarining mavjudligi ularning ajralishiga imkoniyat yaratadi.
    Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning ta’siri natijasida pastki qatlamlarda
    (tarnovchaning tubida) og‘ir minerallarning zarrachalari, yuqori qatlamlarda engil
    minerallarning zarrachalari to‘planadi. Bo‘tana tarnovchadan mineral
    zarrachalarning zichligi yuqoridan pastga tomon ortib boruvchi yarim doira shaklida tushadi. Ajratuvchi to‘siqlar 2 yordamida turli zichlikdagi mahsulotlar tegishli yig‘uvchi idish 3 larga jo‘natiladi.
    Rudalarni boyitishda nisbatan kengroq ishlatiladigan, ishlash printsipi ruda oqimini zichlikdagi farqqia qarab torayuvchi tarnovchada ajratishga asoslangan ikkita apparatni ko‘rib chiqamiz.
    Purkovchi kontsentrator (–rasm) 24 ta torayuvchi tarnovcha 6 dan tashkil
    topgan. Yuqoridagi 2 ta tarnovchada asosiy boyitish, pastki tarnovchalarda esa
    boyitma va chiqindini tozalash amalga oshiriladi.
    Purkovchi kontsentrator
    1–bo‘tana bo‘luvchi; 2–xalqali tarnovcha; 3–vintli mexanizm; 4–qutichalar; 5,9–yig‘uvchi idishlar; 6–; 7– ajratgichlar; 8-qabul qiluvchi quticha.
    Har qaysi tarnovcha kengligi 0 dan 3 mm oraliqda o‘zgartira olinadigan ko‘ndalang tirqishga ega. Tirqishlar orqali og‘ir minerallarning zarrachalari bo‘shatib olinadi va yig‘uvchi idishlar 5 va 9 da to‘planadi. Tarnovchalar gorizontga nisbatan 12 – 200 burchak ostida o‘rnatilishi mumkin. Tarnovchalarning qiyaligi vintli moslama 3 orqali boshqariladi.
    Bo‘tana yuqoridagi 12 ta tarnovchaga bo‘tana bœluvchi 1 dan halqasimon tarnovcha 2 orqali taqsimlanadi. Pastki tarnovchalarga esa yig‘uvchi qutichalar orqali yuqori tarnovchalardan o‘z–o‘zidan quyiladigan. Bo‘tanani tarnovchaga quyiladigan joyida oqimning tezligini pasaytirish va tarnovchaning kengligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi uchun quticha 4 o‘rnatilgan.
    Tarnovchaning bo‘shatish tomonida mahsulotlar yarim doirasining ajralishi mahsulotlarni qabul qiluvchi quti 8 ga yo‘naltiruvchi kesgich 7 lar orqali amalga oshiriladi.
    Boyitmalar – 2 + 0,044 mm yiriklikdagi va qattiq zarrachalarning miqdori 45 – 60 % li bo‘tanada ishlaydi. Uning ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog‘liq bo‘lib, soatiga 3 dan 12 tonnagacha oraliqda bo‘ladi.
    Purkovchi kontsentratorning afzalligi – bitta apparatlarda birlamchi boyitish va pastki tarnovchalarda mahsulotni qaytadan boyitish operatsiyalarini bajarish mumkinligi.
    Konusli separator 1–bo‘tana bo‘luvchi; 2–konussimon xalqa; 3–to‘siq; 4–konus; 5–qisqa ; 6–shturval; 7– ajratkichlar; 8-yig‘uvchi tarnovchalar; 9-metal quti.
    Purkovchi boyitmalar titan–tsirkoniyli sochma konlar va ba’zi tub konlar rudalarini boyitishda samarali ishlatilmoqda. Ayniqsa 0,1 mm dan kichik o‘lchamdagi mahsulotni boyitishda yuqori samaradorlikka erishiladi.
    Kamyob metalli sochma konlar rudalarini boyitishda konusli separator ishlatiladi.
    Separator ichki tomoniga yaxshilab ishlov berilgan to‘nkarilgan kesik
    konusdan iborat. Ishchi konusning pastki qismida markazga quyuluvchi toraygan tarnovchani tashkil qiluvchi qisqa pona 5 lar o‘rnatilgan. Separatorlar ponalarsiz ham ishlab chiqariladi. Ishchi konus ustida taqsimlovchi konussimon halqa 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u teshikli halqasimon to‘siq 3 ga ega. Separator bo‘tana bo‘luvchi 1 bilan ta’minlangan.
    Ishchi konusning ostida boyitish mahsulotlarining chiqishi va sifatini
    boshqarish uchun texnik qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, u vertikal yo‘nalishda shturval 6 orqali harakatlanuvchi ajratkich va vintli uzatmadan iborat. Boyitish mahsulotlari yig‘uvchi tarnovcha 8 ga tushadi. Separatorning hamma konstruktiv elementlari metal rama 9 ga o‘rnatilgan.55 – 60 % qattiq zarrachalarni saqlovchi bo‘tana patrubka yordamida konussimon halqa 2 bo‘ylab tekis taqsimlanadi va ishchi konus yuzasiga kelib tushadi. Bo‘tana torayuvchi va asta–sekin qalinlashuvchi oqim tarzida pastga harakatlanganda mineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamiga qarab ajralishi sodir bo‘ladi. Ponalar o‘rnatilgan zonaga kirganda bo‘tana bir qator oqimlarga 84bo‘linib, konus yuzasidan yarim doira (elpigich) shaklida tushadi. Ajratkichlar orqali mahsulotlar yarim doirasi boyitma, oraliq mahsulot va chiqindiga ajratiladi.

    Download 4,83 Mb.
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   241




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o

    Download 4,83 Mb.