|
I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o
|
bet | 229/241 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #145433 |
Bog'liq UMK FQB amaliyotMavzu: Sianlash
Reja
1.Sianlash jaroyonining umumiy xossalari.
2. Sianlash jaroyonining kimyoviy tezligi.
3. Sianlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.
Ushbu usullarda oltinni ajratib olish yirik o’lchamli oltin zarrachalari uchun yuqori natija beradi, lekin yirik zarrachalar bilan birga oltin rudalarida kichik o’lchamli oltin zarrachalari ham uchraydi. Bunday kichik zarrachalarni amalda gravitatsiya va amalgamatsiya usulida ajratib olib bo’lmaydi, shu sababli oltin zarrachalari chiqindi tarkibida qolib ketadi. Kichik o’lchamli oltin zarrachalarini ajratib olishni asosiy usullaridan biri bu sianlash jarayonidir.
Sianlash jarayonining asosiy mohiyati - nodir metallarni ishqoriy va ishqoriy yer metallari bilan hosil qilgan tuzlar va kislorod yordamida eritishdan iborat. Sianlash jarayonida oltin va kumush kislorod yordamida Me+1 holigacha oksidlanadi va eritmaga kompleks anion ko’rinishda o’tadi. Jarayonning umumiy kimyoviy ko’rinishi quyidagi 2 ta ketma-ket reaksiya orqali boradi:
2Ме + 4СN- + O2 + 2 H2O = 2[Me(CN)2]- + 2OH- + H2O2 (6.1) 2Ме + 4СN- + H2O2 = 2[Me(CN)2]- + 2OH- (6.2)
Oltin bilan ko’pincha birinchi reaksiya amalga oshadi, ya'ni:
2Au + 4CN- + O2 + 2H2O = 2 Au[(CN)2]- + 2OH- + H2O2 (6.3)
Kumush uchun esa ikkinchi reaksiya boradi:
4Ag + 8CN- + O2 + 2H2O = 4 Ag[(CN)2]- + 4OH- (6.4)
Sianlash jarayoni bu elektrokimyoviy jarayondir: Oltinning erishiga asosiy sabab uning kompleks ion hosil qilishidir Au(CN)2 (kumush uchun Ag(CN)2). Oltin va kumush juda yuqori erkin energiyaga ega bo’lib ular sian eritmalari ishtirokida kompleks ion hosil qilishi mumkin. Au(CN)2 ionini hosil bo’lish erkin energiyasi ~ 277,875 kDj ga teng, kumush uchun esa Ag(CN)2 ~ 289,100 kDj ga teng. Oltin kompleksi sian ionlarining metall yuzasida diffuziyasi sababli hosil bo’ladi. Ular suv malekulalarini siqib chiqarib metal bilan ta’sirlashadi va natijada oltin anion kompleks hosil bo’ladi va oltin eritmaga o’tadi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o
|