I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o




Download 4,83 Mb.
bet231/241
Sana25.01.2024
Hajmi4,83 Mb.
#145433
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   241
Bog'liq
UMK FQB amaliyot

CN + H2O = OH + HCN
Mavzu: Sorbsion tanlab eritish
Reja
1. Sorbsiyali tanlab eritish amaliyoti.
2. Sorbsiyalashda ishlatiladigan dastgohlar.
3. Sorbsiyalashda ishlatiladigan pachuklarning texnalogik xarakteristikasi.
Sianlash jarayonlarida ionalmashinuvchi qatronlar quydagi usullarda qo‘laniladi:
1. Tindirilgan eritmalardan oltin va kumushni eritmada sorbsiyalash;
2. Sianlangan eritmadan oltin va kumishni sorbsiyalash;
3. Sorbsiyali sianlash - sianlash va sorbsiyalash jarayonini birgalikda olib borish(oltin va kumushni tanlab eritish vaqtida sorbsiyalash).
Birinchi usul oddiy va sodda. Tindirilgan sinil eritmalariga qatron ionitlar ta'sir ettirib olinadi. Xuddi rux bilan cho’ktirishdagidek, bunda rux o’rniga qatron ishlatiladi. Shu yo’sin xomaki oltin metali olish jarayoni ham soddalashadi.Bu jarayon qatronlar narxining qimmatligi va regeneratsiya jarayonining qiyinligi sababli iqtisodiy jihatdan samarasizdir va boshqa arzonroq va osonroq usullar bilan raqobatlasha olmaydi. Ikkinchi usulga ko’ra, sorbsiyaga tindirilgan eritma emas, balki agitator yoki pachuklarda tanlab eritilgan bo’tanaga ionit qatron ta'sir ettiriladi. Ikkinchi usulning avzaligi qimatbaho filtirlarning qo‘llanilmasligi, kamchiligi esa jarayonning uzoq vaqt davom etishi, dastgohlarning ko’p joy egallashi va ko’p kapital xarajatlarning sarflanishi. Aralashtirish davomida nodir metallar bo’tanadan, qatronga sorbsiya yo’li bilan yutiladi. Sorbsiya tugatishi bilan oltinini olingan bo’tana tashlanma hovuz (otvallarga) yuboriladi. Qatronni bo’tanadan ajratib olishda yanchilgan ruda va qatron o’chamlari farqi asosiy rol o’ynaydi. Masalan: qatron yanchilgan ruda zarrasiga qaraganda bir necha barobar katta o’lchamga ega. Ionit 0,5-2,0 mm, zarrachalar esa 0,074 mm ya'ni 0,5-2,0 e = = 7 : 27 0,074 barobar katta, demak ionit qatronni bo’tanadan bemalol g’alvirlash yo’li bilan ajratish oson. Shu sababdan qatron ham bo’tanani maxsus to’rdan o’tkaziladi, elakto’r o’lchami zarrachada katta va yangitdan kichikroq yasalgan bo’ladi. Qatronning zarralari to’r ustida (elak-to’r) tutilib qoladi. Bo’tana esa to’rdan o’tib tashlama hovuzlarga oqiziladi. Shunday qilib, qatronni oddiy g’alvirlash yo’li bilan bo’tanadan ajratilib, o’ta qimmatli jarayon suzish (filtrlash) dan voz kechiladi. Bo’ tanada nodir metallarni ajratib olishning asosiy maksadi ham, ushbu bo'tananing filtrlashdan ko’ra, galvirlashga almashtirishga asoslangan. Uchinchi usulda tanlab eritish va sorbsiyalash bilan birga qo’shib olib boriladi. Tanlab eritish paytida ionitlar, to’g’ridan-to’g’ri bo’tanadagi oltin va kumush zarralari bilan aloqada bo’lishi kerak. Bu usulda ham tanlab eritilgan bo’tana suzish jarayonini chetlab o’tadi. Jarayonning afzalliklari quyidagilar: a) oltinni eritmadan ajratishda ko’p elektr energiya talab qiluvchi va qimatbaho filtirlarning qo‘lanilmasligi; b) sianlash jarayonida oltin va kumushni erish jarayoni davomiyligi kam; v) Sorbsiyalash jarayoni dastgohlarining ixchamli va kapital xarajatlarning kamligi; g) oltining ajralishi yuqori darajada (98-99 %) va yuqori sifatda olinishi. Sorbsiyali sianlash jarayoni mayin yanchilgan rudali tizimda olib borilib unda eritishga keladigan yanchilgan mahsulot o’lchami -0.15 mm, miqdori 80-90 % dabo’ladi. Agar ruda zarralarining o'lchami undan katta bo'lsa qatronni ruda bilan ezilishi hisobiga yo’qotilishi oshishi mumkin. Sorbsiya jarayonida ruda bo’laklari ma’lum miqdorda katta bo’lsa, shunga mos yirikroq 0,6—1,5 mm qatronlar qo’llaniladi. Bu bo’tanadan qatronni oson ajratish imkonini beradi, chunki elak teshiglari olchami 0,4-0,45mm undan yirik qatron esa setka ustida qoladi va bo’tanadan ajraladi bo’tana esa keyingi pachukka o’tadi. Boshlang‘ich sianlash jarayonida oltining 60-80% eritma tarkibiga o‘tadi. Oltining qolgan qismi sorbsiyalash jarayoni natijasida eritamga o‘tib so‘ng sorbciyalanadi dastlabgi sianlash jarayonini olib borish anioning oltin va kumushga bo‘lgan ishchi hajmining oshishiga olib keladi. Sorbsiyalash jarayoni bir necha dastgohlardan (8-12) tashkil topgan bo‘lib ular butanani katrondan ajratish uchun setkalar va xavo yordamida ishlovchi aralashtirgich qurilmalari bilan jihozlangan, qarama-qarshi oqimda ishlaganda yuqori samara beruvchi dastgoxlardan birlashmasidan iborat. Dastlabki sianlashdan o‘tgan pulpa birinchi sorbsiyalash dastgohiga keladi va barcha dastgohlardan anionit bilan qarama-qarshi harakatda o‘tadi. Shu bilan birga sianlash jarayonida erimay qolgan oltin va kumishning erishi va oltinning sorbsiyalanishi davom etadi. Oxirgi dastgohdan pulpa chiqadi, kam miqdorda oltin va kumush pachuk setkalaridagi kamchiliklar sababli butanada katron bilan qolgan bo‘ladi. Shuning uchun butana nazoratchi g‘alvirda katron ajratib olinadi va qolgan bo‘tana sianidlardan tozadanib chiqindi saqlanadigan joyga tashlanadi. Oxirgi dastgohdan regenratsiyadan o‘tgan kayta tiklangan katron va yokotilganlarini urnini tuldirish uchun kushimcha yangi katron kushilib sungra sorbsiya zanjirining oxirgi pachugidan yuklanadi. To‘yingan katron yoki anionit birinchi dastgohdan chiqariladi va regenerasiya jarayoniga jo’natiladi. Sorbsiya yo’li bilan tanlab eritiladigan bo’tana birinchi pachukka yuklanadi va eng so’nggi pachukdan tashqariga bo’shatib olinadi. Toza sof ionit eng oxirgi reaktorga yuklanadi. Oltin (nodir metallar) bilan tuyungan qatron birinchi pachuklan (reaktor) bo’shatiladi (chiqadi). Bir-birining oqimiga qarama-qarshi (protivotochnaya) yuborilgan bo’tana va qatron o’zaro yaxshi aralashib (to’qnashib), qatronning nodir metallar bilan oz fursatda to’yintiradi. Sian va ishqor sorbsiya jarayonida sarf bo’ladi shu sababli erituvchilarni konsentratsiyasi mustahkamlanib erkin NaCN 0,03-0,05% va himoya ishqori 0,005-0,01 CaO ga yetkaziladi. Bu jarayon sorbsiyali tanlab eritishnining 3- yoki 4-bosqichida amalga oshirililadi. Sorbsiyali sianlash jarayonida asosiy ko’rsatgichlardan biri bu qatronning dastgoh bo’ylab oqimidir. Sorbsiya jarayoni davomiyligi bo’tananing sorbsiya dastgohlarida bo’lish vaqti bilan belgilanib, oltinning rudadan eritmaga to’liq erib o’tishi va anionitga shimilish vaqtini o’z ichiga oladi. Sorbsiyali tanlab eritish jarayonlari tajribalar natijasida aniqlanadi. Agar rudalar oksidli-kvarsli va sulfidli-kvarsli bo’lsa unda erish jarayoni 6-12soat davom etadi, ko’pincha bu ko’rsatgich rudalar xossalariga va jarayonning o’tkazilish sharoitiga bog’liq bo’ladi (oltinning rudada joylashishiga, zichligi va qovushqoqligi, erituvchilar konsentratsiyasiga). Sulfidli ruda va boyitmalarni sianlash vaqtida sorbsiyalash jarayoni davomiyligi 12-18 soatgacha o’sishi mumkin. Bo’tananing «kaskadda» bo’lish vaqti va bo’tanadan oltinni qatronga shimilish vaqti quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Tsv = V/П, Tsv – sorbsiyali tanlab eritish jarayoni davomiyligi, s ; V – kaskaddagi barcha sorbsiya dastgohlari hajmi, m3; П – dastgohning ishlab chiqarish unumdorligi(bo’tana oqimi), m3/s . Bo’tananing bir sorbsiya pachugida bo’lish vaqti quyidagi formuladan aniqlanadi,
s: tsv = Tsv/N
bunda N—kaskaddagi dastgohlar soni.
Amaliyotda 1 sorbsiya pachugida bo’tana o’rtacha 0,5-2 soat bo’ladi, oksid-kvarsli rudalar uchun 1soatni tashkil qiladi. Har bir dastgohda bo’tananing qisqa vaqtda erib o’tishi kinetic jihatdan samaralidir va sorbsiya jarayoni kinetikasini qoniqtiradi. Sorbsiyali tanlab eritish dastgohlari. Dastlabki sianlash jarayoni uchun pnevmatik yo’l bilan bo’tanani aralashtiruvchi «pachuk»lar qo’llaniladi
Pachuk po’latdan yasalgan silinjdirsimon chan -1dan iborat bo’lib, u poydevorga halqasimon tayanch va konussimon tub bilan o’rnatilgan. Pachukning konussimon qismi gorizontal yuzasi 60° qiyalikda o’rnatilgan. Konussimon tubda pachukni ta’mirlash uchun qopqoq(lyuk)2 va avariyali holatda bo’shatish uchun qisqa turba 4(patrubok) joylashgan. Channing diametrini balandligiga nisbati 1:35 ni tashkil qiladi. Sirkulyator pachukka plankasimon(yassi qattiq jism) yordamida o’rnatiladi. Bo’tana va qatronni yaxshi aralashishini ta’minlash uchun pachuk pastki qismi markazida o’qqa aerolift (havo yordamida ko’tarib tushurib aralashtiruvchi «lift» shaklidagi qurulma) quvuri 3 (sirkulyator) o’rnatilgan bo’lib uning diametri channining 0,1 diametrini egallaydi. Sirkulyator balandligi pachuk o’lchamlariga bog’liq bo’lib uning 1/2 dan 2/3 qismini tashkil qiladi. Aeroliftda bo’tana oqimining tezligi 1,5-2,5 m/s ni tashkil qilib mutanosib ravishda soatiga 10-15 marta qisqa aylanma harakat qiladi. Sirkulyatorga beriladigan havo bosimi 2-4 at atrofida bo’ladi. Pachuk pastki qismida dispergator qurilmasi 5 joylashgan. Pachuk 9- qopqoq orqali yopiladi, unda quyidagi qisqa trubalar o’rnatilgan: havo almashtirish uchun 10-qisqa quvur, eritma berish uchun 11 quvur, reagent berish uchun 12-quvur va sirkulyatorga siqilgan havo berish uchun 13 quvur. Pachuklarning barchasi bir xil darajada o’rnatilgan bo’lib, bir pachukdan bo’tana ikkinchisiga o’z-o’zidan o’tadi. Dastgohdan bo’tana 7 quvur orqali kirib, 8 quvur orqali chiqadi. 13.1-jadval. Sianlash va zarasizlantirish pachukining xossalari. Pachuk ko’rsatgichlari. Pachuk o’lchamlari, m. 1x3 2,2x7 2,6x10 3,2x10 3,4x12 4x17 5,6x22 Ishchi hajmi, m3 2 25 50 75 100 200 500 O’lchami, mm: diametri 1000 2200 2600 3200 3400 4000 5600 balandligi 3000 7000 10000 10000 12000 17000 22000 Balandlikning diametrga mutanosibligi .
Sorbsiyali tanlab eritish havoli aralashtirgichli «pachuk» larda amalga oshiriladi. Sorbsiyalash pachugi sianlash pachugidan farqli o’laroq, bo’tanadan qatronni ajratish uchun setkasimon g’alvir(drenajniy)dan va bo’tana va qatronni tashlab berish uchun aeroliftdan iborat. Setka qurilmasi pachuk korpusi -1 ga qotirilgan bo’tanani taxsimlab berish 2 qurilmasidan iborat. Ular o’zi bilan birga bo’tana yig’gich -3, uning tubiga bo’tana va qatronni setga ustiga taxsimlab beruvchi 4-tirqich mavjud, u romga mahkamlangan. Drenaj elaklari yoki setkalari matodan, po’lat simlardan tayyorlangan bo’lib, diametri 0,25-0,35mm qilinib Х18Н9Т yoki Х18Н10Т markali zanglamaydigan polatdan yasaladi, ularning teshiglari orasi o’lchami 0,4mm. Setkalarning ish unumdorligi 1m2 setka yuzasi uchun glinali rudalarda 25m3/s, oksidli rudalar uchun esa 50m3/s ni tashkil qiladi. Setkalarnining yaxshi ishlashi uchun bo’tanadan har xil cho’p- xas- shepalardan g’alvirlab tozalangan bo’lishi shart. Setka ostida setkadan o’tgan bo’tanani yig’ish lotkasi 5 o’rnatilgan, uning o’zi bo’tanani keying pachukka tashlab berish vazifasini ham bajaradi. Bo’tanadan ajralgan 0,4mm li qatron setka ustida sakrab qayta pachukka tushadi, qisman esa kistada 6 (jelob) yig’iladi va o’z-o’zidan oldingi pachukka o’tadi. Pachukdan chiqariladigan qatron qo’zg’aluvchan eshkak ajratuvchi harakati holati yordamida nazorat qilib turiladi. Qatron pachukka 150 qiyalikda 13 quvur orqali beriladi, bo’tana esa 14 quvurdan beriladi. Setka qurulmasining yuqori qopqoq qismida 2ta ogiz bilan jihozlangan bo’lib ular 7 tuynug aeroliftlarni ta’miralash va mantaj ishlari uchundir, shuningdek 16 havo almashtiruvchi quvurlardan iborat.Aerolift ostida havo almashinish natijasida bo’tanani yo’qotilmasligi uchun 17 qaytaruvchi o’rnatilgan. Qatron bilan aralashgan bo’tanani setka ustiga tashlab berish uchun 12 aerolift xizmat qiladi u pachuk korpusiga plastinkalar bilan qotirilgan. Pachuk pastki qismida bo’tanani tiqilib qolishini oldini olish uchun dispergator 11,15 qurulmasi va ta’mirlash uchun 8 tuynuk o’rnatilgan. Bo’tanani tashlab berish uchun sarflanadigan havo sarfi bir qancha ko’rsatgichlarga bog’liq bo’lib (bo’tana zichligi, ko’tarish balandligiga, havo bosimiga) 1-2 m3/m3 ni tashkil qiladi. Aeroliftlardagi havoning bosimi 2at dan oshmaydi. Havoning sarfi va bosimi sorbsiya va sianlash pachuklarida bir xilda kechadi. Pachukdagi bo’tana me’yori bo’tanaga va aeroliftga bog’liq bo’lib, aksariyat hollarda pachukdan 0,8-1m pastda bo’ladi. Pulpa me’yorini ta’minlashda har bir pachukda aeroliftda siqilgan havo berish orqali tartibga solinadi. Bo’tana me’yorining kamayishi bilan nazoratchi klapan havo berishni kamaytiradi va natijada bo’tana chiqarilishi sekinlashtiriladi.
Sorbsiyalovchi pachukning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
1) bir vaqtda yuklanadigam qatron miqdorining ko’pligi;
2) sorbsiya bosqichining ko’pligi va dastgohlarning ko’p joy egallashi;
3) Bo’tana va qatronni aralashtirish va tashlab berish uchun havoning ko’p sarf bo’lishi;
4) qatronning setkalar orqali ko’p bora qayta pachukka tashlanishi hisobidan ko’p sarf bo’lishi;
5) qatron va bo’tananing dastgohdan ta’sirlashishga ulgurmay o’tib ketishi.


Download 4,83 Mb.
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   241




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o

Download 4,83 Mb.