Mashinasozlik materiallari




Download 61,83 Kb.
bet1/16
Sana19.06.2024
Hajmi61,83 Kb.
#264369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.


MASHINASOZLIK MATERIALLARI
13-Mavzu: Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish. Po’latlarni sementatsiyalash, azotlash va sianlash texnologik jarayonlari

Maruzachi: Jamshidbek Khasanov

Metall va qotishmalarni sirtqi qatlamini kimyoviy tarkibi, strukturasi va xossasini o‘zgartirish maqsadida ularga termik va kimyoviy ta’sirlarni birgalikda amalga oshirish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan ishlovga kimyoviy-termik (yuzani legirlash) ishlov berish deyiladi.


Kimyoviy-termik ishlov berish (KTIB) deganda po’latni sirtqi qatlamini nometall materiallar (C, N, Si, B va boshqalar) va metallar bilan (Cr, Al va boshqalar) faol suyuqlik yoki gaz muhitida ma’lum bir haroratda ushlab turish jarayonida diffuziya yordamida to‘yintirish jarayoni tushuniladi.
KTIBda bir vaqtning o‘zida bir qancha jarayonlar kechadi:
1.tashqi muhitda (yoki alohida reaksiya bo’limida) diffuziyalanuvchi elementni atomar (ionlashgan holatda) holatda hosil bo’lishi; ishlov beriladigan metallni (buyumni) sirtida diffuziyalanuvchi elementning yuqori miqdorini ta’minlovchi to‘yintiruvchi atmosferani yuzaga keltirish; to‘yintiruvchi muhitdan metallga o’tadigan atomlar miqdori, asosan to‘yintiruvchi modda ajratib chiqaradigan kimyoviy reaksiyalar (yoki bugdanishlar) tezligi bilan aniqlanadi;
2.to‘yintiruvchi element ionlari bilan asosiy metall (xemosobsiya) o‘rtasida kimyoviy bog‘lanish hosil qiladigan metallar sirtida atomlar (ionlar) adsorbsiyasini hosil bo‘lishi;
3.ishlov beriladigan metall (buyum) yuzasidan ichkarisiga qarab adsorbsiyalangan atomlarning diffuziyasi kuzatiladi.
Diffuziya natijasida diffuziyali qatlam hosil bo‘ladi. Diffuziyali qatlam deganda detal materiali qatlamini to‘yintirish yuzasi o‘zining kimyoviy tarkibi, strukturasi va xossasi bilan o‘zgarishi tushuniladi.
Metall yuzasidan ichkarisiga qarab, diffuziyalanuvchi element miqdori kamayadi. Buning natijasida struktura va xossa o‘zgaradi. Metallni turli elementlar bilan to‘yintirishda, masalan temirni, qatlamni tuzilishi umumiy qoidalarga bo‘ysinadi. Bu qonunlarga muvofiq diffuziya Fe-M (M - boshqa xar qanday element) faza muvozanat diagrammasidagi bir fazali sohaga mos kelib, bir fazali qatlam hosil bo‘lishiga olib keladi. Diffuziya qatlami bir fazali soha kabi shunday ketma-ketlikda holat diagrammasida berilgan harorat to‘yinishida hosil bo‘ladi. Bitta fazadan boshqa fazaga o‘tishda miqdorni tez o‘sishi kuzatiladi. Bu holatni temir-diffuziyalovchi element holat diagrammasida ko‘rib chiqamiz.
Po‘lat sirtqi qatlamini mos muhitda - karbyurizatorda uglerod bilan qizdirilganda diffuziya yordamida to‘yintirish bilan bog‘liq bo‘lgan kimyoviy- termik ishlov berishning turiga sementatsiyalash (uglerodlash) deyiladi.
Odatda, sementatsiyalash jarayoni austenit barqaror bo‘lgan, erigan uglerod katta miqdorda bo‘lgan As3(930 - 950 0C) nuqtadan yuqori haroratda o‘tkaziladi.
Sementatsiyalagan buyum oxirigi xossasiga, tsementatsiyalangandan so‘ng toblanib va past haroratda bo‘shatilib, erishadi.

Download 61,83 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 61,83 Kb.