|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 4/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Sementatsiyalashdan keyin qutichalar xavoda 400-500 0C da sovutiladi va so‘ngra ochiladi. Po‘latni sementatsiyalash atomar uglerod orqali amalga oshiriladi. Qattiq karbyurizatorda tsementatsiyalashda atomar uglerod quyidagicha hosil bo‘ladi. Tsementatsiyalanadigan qutichada havo bo‘lib, undagi kislorod yuqori haroratda karbyurizatordagi uglerod bilan o‘zaro ta’sirlashadi va uglerod oksidini hosil qiladi. Temirda mavjud uglerod oksidi quyidagi tenglama orqali dissotsiyalanadi: 2CO = CO2 + Cat
Bu reaksiya natijasida ajralib chiqadigan uglerod hosil bo’lish vaqtida atomlar bo’lib, austenitda diffuziyalanadi:
Cat — Feγ— austenit Feγ (C).
Karbyurizatorga bariy tuzlarini qo‘shish, sementatsiya qutichadagi uglerod oksidini atmosferasini boyitib, uni faollashtiradi:
BaCO3 + C = BaO + 2CO
Gaz yordamida tsementatsiyalash. Bu jarayon buyumni uglerodga ega bo’lgan muhitda qizdirilib, amalga oshiriladi. Gaz yordamida sementatsiyalash qattiq karbyurizatorda sementatsiyalashga qaraganda bir qator yutuqlarga ega, shuning uchun katta partiyada detallar tayyorlaydigan zavod va korxonalarda keng ko’lamda qo’llaniladi:
Gaz yordamida tsementatsiyalashda qatlamda berilgan miqdordagi uglerodni olish imkoni bor; jarayonni davom etish vaqti anchaga kamayadi; jarayonni to’liq avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkoniyati ta’minlanadi; detallarga keyingi termik ishlov berish aytarli darajada soddalashadi, chunki toblashni bevosita tsementatsiya pechida amalga oshirish imkoni tug’iladi. Eng sifatli tsementatsiyali qatlamni karbyurizator sifatida tabiiy gaz ishlatilganda olish mumkin. Bu gaz to’liq maxsus ishlov beriladigan metan (CN4) va propanbutan, suyuq uglevodorodlar qo‘shilgan qorishmadan tashkil topgan. Gaz yordamida sementatsiyalashda uglerodlashni ta’minlaydigan asosiy reaksiya quyidagicha kechadi:
2CO CO2 + Cat; Cat — Feγ — austenit Feγ (C).
Atmosferada yuqori darajada metan bo’sa, u holda reaksiya quyidagicha kechadi:
CN4 2N2 + Cat.
Jarayon 910-930 0C haroratda 6 - 12 soat mobaynida kechadi (qatlam qalinligi 1000-1700 mkm gacha boradi).
|
| |