|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 16/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Diffuziyali xromlash po‘lat va qotishmalardan tayyorlangan buyumlarga yuqori ekspluatatsion tavsifnomalar beradi. Uglerodsiz temir qotishmalarga xromni to‘yintirishda 25 % xromga ega bo‘lgan qatlam hosil bo‘ladi. Bu holatdagi xromlash buyumlarni gaz va atmosferadagi korroziyaga qarshiligini oshishiga olib kelishini ta’minlaydi. Po‘lat yuzasini xrom bilan to‘yintirishda qatlamdagi xrom miqdori 80 %dan ko‘p bo‘ladi. Bunda hosil bo‘ladigan karbid qatlami yuqori qattiqligi bilan ajralib turadi, bu esa o‘z navbatida yeyilishga chidamlilikni oshiradi. Xromlangan qatlamning muhim texnologik o‘ziga xosligi asosiy metall (qotishma) bilan mustahkam bog‘liqligi va uning plastikligi hisoblanadi. Bu esa xromlangan buyumlarni shlifovka qilish, silliqlash, payvandlash va boshqa operatsiyalar bajarish imkonini beradi. Xromlangan buyumlarni strukturasi va xossasini butun xajm bo‘yicha yaxshilash maqsadida termik ishlov qilinadi. Xromlangan diffuziyali qatlamning qalinligi unchali katta emas, u 0,01 mmdan 0,1 mmgacha o‘zgaradi.
Legirlangan po‘latlar, cho‘yanlar, grafit hamda nikel, molibden, volfram, niobiy va kobalt qotishmalarini xromlashda foydali ekspluatatsion tavsifnomalarga ega bo‘lgan buyumlar olish imkoni tug‘iladi.
Silitsiylash. Po‘latni sirtqi qatlamini kremniy bilan to‘yintirish jarayoniga silitsirlash deyiladi. Silitsirlash po‘latga dengiz suvida, azot, sulfat va tuzli kislotalarda yuqori korroziyaga bardoshlik, yeyilishga qarshi chidamlilikni bir qanchaga oshiradi.
Silitsirlangan qatlam asosan a temirdagi kremniyni qattiq eritmasidan iborat. Diffuziya qatlami ostidan ko‘pincha, perlit qatlami kuzatiladi. Bu asosan diffuziya qatlamidan uglerodni kremniyli ferritda kam miqdordagi eruvchanligi hisobiga siqib chiqarilishi bilan tushuntiriladi.
Silitsirlangan qatlam yuqori g‘ovakliklik bilan ajralib turadi va uning qalinligi 300-1000 mkmni tashkil etadi. Silitsirlangan qatlam kichik qattiqlikka - 200-300 HVga ega bo‘lishiga qaramasdan, 170-200 0C haroratda moy bilan shimdirilgan holatda yuqori yeyilishga chidamlilikka ega bo‘ladi. Kimyo, qog‘oz va neft sanoatida ishlatiladigan detallar (masalan, nasos valiklari, truba yo‘llari, armaturalar, gayka, boltlar va boshqalar) silitsirlashga tavsiya etiladi. Molibden qotishmalarini yuqori haroratlarda oksidlanishiga qarshiligini oshirish maqsadida keng ko‘lamda silitsirlashdan foydalaniladi.
Po’latlardan tayyorlangan buyumlarni yuzasini bor nitridi, titan nitridi va boshqa usullar bilan to‘yintirish jarayonlari va ularning ahamiyati. Mashina detal va asboblarni ishga layoqatligini oshirish maqsadida keng ko‘lamda turli xil himoyalovchi qoplamalardan foydalaniladi. Bu qoplamalar qattiqlikni, yeyilishga chidamlilikni, kontaktli chidamlilik chegarasini, korroziyaga va eroziyaga bardoshlikni va boshqa ishchi xossalarini oshirib, buyumlarni ishonchliligini va ishga layoqatligini ta’minlab beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. S.D. Nurmurodov, A.X. Rasulov, A.A. Allanazarov. Mashinasozlik materiallari. - Toshkent.: 2020
2. Nurmurodov S.D., Rasulov A.X., Baxodirov Q.G‘. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi. Darslik. - Toshkent, «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015
3.Nurmurodov S.D., Ziyamuxamedova U.A. Metallar texnologiyasi.
Darslik-Toshkent, 2017
4.Ziyamuxamedova U.A., Nurmurodov S.D., Rasulov A.X. Metallshunoslik. Darslik. - Toshkent, «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018
5. Norxudjaev F.R. Materialshunoslik. Darslik. - Toshkent.: Fan va texnologiyalar. 2014
|
| |