|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 12/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Nitrotsementatsiyalangan qatlam qalinligi odatda 200 - 800 mkmni tashkil etadi. U 1000 mkmdan oshmasligi kerak.
Chunki katta qatlam qalinlikda po‘latda qora tashkil etuvchilar va boshqa nuqsonlar hosil bo‘lib, po‘latni mexanik xossasini kamaytirib yuboradi.
Nitrotsementatsiyaga asosan, murakkab shaklga, qiyshayishga moyil detallar tavsiya etiladi. Gaz yordamida nitrotsementatsiyalashga qaraganda nitrotsementatsiyalash quyidagi yutuqlarga ega: jarayon nisbatan past haroratda (910-930 0C harorat o‘rniga 840-860 0C haroratda kechadi) qatlam qalinligi kichik; detallar deformatsiyasi va qiyshayishi kichik; yeyilish va korroziyaga qarshiligi yuqori.
Nitrotsementatsiyalash jarayoni avtomobilsozlik va traktorsozlikda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Sianlash. NaCN guruhidagi erigan tuzlar muhitida 820-950 0C harorat intervalida bir vaqtning o‘zida azot va uglerod bilan po‘lat sirtki qatlamini duffuziya yordamida to‘yintirish jarayoniga sianlash deb ataladi.
O’rtacha haroratda sianlash. Bu jarayonda buyum 820-8600C haroratgacha NaCN guruhidagi erigan tuzlar muhitida qizdiriladi. Uncha katta bo‘lmagan qalinlikda qatlam (0,15-0,35mm) olish uchun jarayon 820-860 0C haroratli vannada (20-25% NaCN, 25-50% NaCI va 25-50% Na2CO3) olib boriladi. Jarayonni davom etish vaqti talab etiladigan qatlam qalinligiga qarab, 30 - 90 minutni tashkil qiladi.
Sianli natriy sianlash jarayonida havodagi kislorod bilan oksidlanadi va unda quyidagi reaksiyalar kechadi:
2NaCN + O2 → 2NaCNO;
2NaCNO + O2 →Na2CO3 + CO + 2N;
2CO - CO2 + C Fe (N)
Fe γ(C)
Ajralib chiqadigan atomlar uglerod va azot po‘latni diffuziyalantiradi.
820 - 860 0C haroratda olingan sianlangan qatlam 0,7% C va 0,8 - 1,2% N larga ega bo‘ladi.
Talab etiladigan, nisbatan uncha katta bo‘lmagan haroratlardagi sianlash toblashni bevosita sianli vannada bajarish imkonini yaratadi. Toblashdan so‘ng past haroratli bo‘shatish (180-200 0C) amalga oshiriladi. Termik ishlov berishdan so‘ng sianlangan qatlam qattiqligi HRC58-62 bo‘ladi. Sianlangan qatlam tsementatsiyalangan qatlamga nisbatan yuqoriroq yeyilishga chidamlilikka ega va u chidamlilik chegarasini samarali ravishda oshiradi. Bu sianlash turi yordamida, asosan kichik o‘lchamli detallar puxtalanadi.
|
| |