|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 11/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Nitrotsementatsiyalash. Po’lat sirtqi qatlamini uglerodlovchi gaz va ammiakdan iborat bo’lgan gaz muhiti bilan 840-860 0C haroratda bir vaqtning o‘zida uglerod va azotga diffuziya yordamida to‘yintirish jarayoniga nitrotsementatsiyalash deyiladi. Jarayonnning davom etish vaqti 4 - 10 soatni tashkil etadi. Nitrotsementatsiyalashdan asosiy maqsad – po’latdan tayyorlangan detallarni qattiqligi, yeyilishga chidamliligi va chidamlilik chegarasini oshirishdir.
Izlanishlar natijasida, bir vaqtning o‘zida uglerod bilan azotni diffuziyalanishi jarayonida uglerod diffuziyasi tezlashishi aniqlandi. Nitrotsementatsiyalash harorati tsementatsiyalash haroratidan 100 0C kam bo’lsa ham 500 mkm chuqurlikda nitrotsementatsiyalangan va tsementatsiyalangan qatlamni hosil bo’lish tezligi deyarli bir xil kechadi.
Legirlangan po’latlarni nitrotsementatsiyalashda xajm bo‘yicha 1,5 - 5,5 % ishlov berilmagan tabiy gaz va 1 - 3,5 % NH3 dan iborat muhitni nazorat qilinadigan endotermik atmosferaga qo‘shish yordamida hosil bo’ladigan atmosferani qo’llash tavsiya etiladi.
Nitrotsementatsiyalashdan so‘ng pechni o‘zida toblashni o’tkazish kerak, kamdan-kam hollarda esa qayta qizdirishdan keyin pog‘onali toblash ham qo’llaniladi. Toblashdan so‘ng 160-180 0C haroratda bo‘shatiladi.
Optimal sharoitlarda nitrotsementatsiyalangan qatlam strukturasi kichik kristallardan iborat martensit, kam miqdorda bir xilda taqsimlangan kichik o’lchamli karbonitrid va 30-50 % qoldiq austenitdan tashkil etish kerak.
Nitrotsementasiyalangan qatlam qattiqligi toblash va past haroratli bo‘shatishdan so‘ng 58-60 HRC, 570-690 HB ni tashkil etadi. yuqori miqdordagi qoldiq austenit miqdori , masalan, silliqlanmaydigan avtomobil tishli g‘ildiragini, yaxshi ishlovchanligini ya’ni shovqinsiz ishlashini ta’minlab beradi. Maksimal darajadagi mustaxkamlik ko‘rsatkichlarga ushbu po‘lat uchun nitrotsementatsiyalangan qatlam yuzasida optimal bo‘lgan uglerod va azot miqdorida erishiladi.
Qatlamda azot miqdori ichki oksidlanishda hosil bo‘ladigan zararli oqibatlarni oldini olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi shart (~0,1 - 0,15 %). Qatlamda azot miqdori yuqori bo‘lsa (0,4-0,5 %), qora ko‘rinishdagi tashkil etuvchi hosil bo‘lib, u yuzada qora nuqtali to‘r ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Qora tashkil etuvchilar, yuqori bosim ostida kattiq eritmadan molekulyar azotni ajralib chiqishi natijasida yuzaga keladigan g‘ovaklar hisoblanadi. Qora tashkil etuvchilar po‘latni chidamlilik chegarasini 30-70 %ga va kontaktli chidamlilik chegarasini esa 5-6 martaga kamaytirib, yuboradi. Uglerod va azotdan tashkil topgan qotishmada optimal uglerod miqdori po‘latni markasiga bog‘liq va 1,0 - 1,65 % intervalda o‘zgaradi. Qatlam strukturasidagi kam miqdoridagi uglerod miqdori martensit donasi cherasida troostitni hosil qiladi. Cr, Mn, Ti, V larga ega bo‘lgan po‘latlardagi uglerod miqdori yuqori bo‘lgan hollarda karbonitrid hosil bo‘ladi. Uglerod va legirlovchi elementlarni karbonitridlarga aylanishi austenit turg‘unligini kamaytiradi, bu esa troostit qatlamini hosil bo‘lishiga ham olib keladi. Karbonitrid va troostit to‘rlarini hosil bo‘lishi po‘latni chidamlilik chegarasi, plastikligi va qovushqoqligini kamaytiradi.
|
| |