• Azotlash harorati
  • Azotlash jarayoni texnologiyasi




    Download 61,83 Kb.
    bet9/16
    Sana19.06.2024
    Hajmi61,83 Kb.
    #264369
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.

    Azotlash jarayoni texnologiyasi. Azotlash jarayoni texnologiyasi bir qancha texnologik operatsiyalarni ko‘zda tutadi va bu operatsiyalar quyida ko‘rsatilgan:
    1.Zagotovkaga dastlabki termik ishlov berish. Bu operatsiya buyumning o‘zagida yuqori mustahkamlik va qovushqoqlik olish uchun po‘latlarni toblash va yuqori haroratda bo‘shatishdan iborat. Bo‘shatish yuqori haroratda 600 - 675 0C olib boriladi. Bu harorat keyingi azotlashni maksimal haroratidan yuqori bo‘lib, po‘latni kesib ishlov berish mumkin bo‘lgan qattiqligini ta’minlaydi;
    2. Detallarga mexanik ishlov berish, silliqlash detalga oxirigi o‘lchamlarni beradi;
    3.Buyumni azotlanishi talab qilinmaydigan joylariga elektrolit usuli bilan juda kichik qatlamda (0,01-0,015 mm) qalaydan yoki suyuq shishadan qoplab, azotlashdan himoya qilinadi. Qalay azotlash haroratida po‘latni yuzasida juda kichik o‘lchamdagi yupqa qatlam ko‘rinishda bo‘lib, eriydi;
    4.Azotlash j arayoni;
    5.Buyumni oxirigi silliqlash yoki tayyor holatga keltirish.
    38X2MЮA markali po‘latdan tayyorlangan kichik devorli murakkab konfiguratsiyali buyumni azotlashni 500-520 0C haroratda o‘tkazish tavsiya etiladi. Jarayonning davomiyligi talab etiladigan azotlangan qatlamning qalinligiga bog‘liq. Azotlash harorati qanchalik katta bo‘lsa, azotlangan qatlamning qattiqligi shunchalik kichik va qatlam qalinligi esa shunchalik kattadir. Azotlangan qatlamdagi qattiqlikni kamayishi legirlangan elementlarning nitridlariga bog‘liq. Odatda azotlashda qatlam qalinligini 0,3 - 0,6 mm olish maqsadga muvofiqdir.
    500-5200C haroratda azotlash jarayoni davom etish vaqti uzoq bo‘lib, 24 - 60 soatni tashkil etadi.
    Azotlash jarayonini tezlashtirish uchun ikki pog‘onali jarayon qo‘llaniladi: avval azotlash 500-5200C haroratda, so‘ngra esa 540-5600C haroratda amalga oshiriladi. Ikki pog‘onali azotlash jarayonida jarayon davomiyligi kamayadi, biroq bunda yuqori qattiqlik saqlanib qoladi.
    Po‘latni yuzasiga azot bilan to‘yintirish jarayonida buyumning o‘lchamlari juda ham kichik miqdorga yuza qatlamning hajmi oshishi hisobiga o‘zgaradi. Azotlash harorati va qatlam qalinligi oshishi hisobiga, deformatsiya ham oshadi.
    Alyuminiyga ega bo‘lmagan po‘latlarni (Cr-Mo-V ga ega bo‘lgan po‘latlar) azotlash 570 0C haroratda 6-10 soat mobaynida amalga oshiriladi, bu esa kerakli 0,3-0,4 mm qatlam qalinligini, yuqori qattiqlikni (~800HB) va yeyilishga chidamlilikni ta’minlaydi. Azotlashdan so‘ng sovutish yuzadagi oksidlanishni oldini olish uchun pech bilan birgalikda ammiak oqimida (200 0C gacha) amalga oshiriladi. 570 0C haroratda 5-10 soat mobaynida 50 % endogaz va 50 % ammiak yoki 50 % metan va 50 % ammiak bo‘lgan atmosferada amalga oshiriladigan azotlash jarayoni qo‘llanila boshlandi. Bunday ishlov berish natijasida po‘latni yuzasida juda kichik, mayin karbonitridli qatlam (Fe, M)2-3 (N, C) hosil bo‘ladi. Bu qatlam kichik mo‘rtlikka va nisbatan yuqoriroq yeyilishga chidamlilikka ega bo‘ladi. Legirlangan po‘latlardagi karbonitridli qatlam qattiqligi 600-1100 HB ga tengdir. Umuman bunday ishlov berish buyumning chidamlilik chegarasini kuchli ravishda oshiradi.

    Download 61,83 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 61,83 Kb.