• Katta seriyali
  • Po‘latlarga sementatsiyalashdan keyingi termik ishlov berish va sementatsiyalangan detallar xossasi
  • Mashinasozlik materiallari




    Download 61,83 Kb.
    bet5/16
    Sana19.06.2024
    Hajmi61,83 Kb.
    #264369
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.

    Seriyali ishlab chiqarishda gaz yordamida tsementatsiyalash shaxtali pechda amalga oshiriladi. Gaz yordamida tsementatsiyalash uchun zarur bo’lgan atmosfera pech kamerasiga uglerodga boy suyuqlikni (kerosin, sintin, spirt va boshqalar) yuborib, erishiladi. Bunda yuqori haroratda uglevodorodli birikmalar parchalanib, sementatsiya gazini hosil qiladi.
    Katta seriyali va massali ishlab chiqarishda gaz yordamida sementatsiyalash uzluksiz ishlaydigan mufelsiz pechlarda amalga oshiriladi. Bu qurilmalarda kimyoviy-termik ishlov berishning xamma sikli (sementatsiya, toblash va past haroratli bo‘shatish) to’liq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan holatda bo‘ladi. Sementatsiyalash uchun mo‘ljallangan uzluksiz ishlaydigan pechlarda endotermik atmosferadan foydalaniladi. Bu atmosferani asosi tabiiy gaz xisoblanadi.
    Endotermik atmosferani asosiy yutug‘i - uglerod potensialini avtomatik ravishda boshqarish mumkin, ya’ni uglerodlash qobiliyati tushuniladi. Bunda yuzani sementatsiyalangan qatlami ma’lum miqdorda uglerod miqdori bilan ta’minlanadi.
    Gaz yordamida sementatsiyalashda 1500-1700 mkm qalinlikda qatlam olish uchun 930 - 950 0C haroratda tsementatsiya tezligi 0,12 - 0,15 mm/soat ni tashkil etadi.
    Po‘latlarga sementatsiyalashdan keyingi termik ishlov berish va sementatsiyalangan detallar xossasi.
    Sementatsiyalangan detallar oxirigi xossaga sementatsiyalashdan keyin termik ishlov berilgandan so‘ng erishadi. Bu ishlov berish bilan struktura to‘g‘rilaydi va o‘zakdagi hamda tsementatsiyalangan qatlamdagi donachalarni maydalaydi, bu bilan sementatsiyalangan qatlamda yuqori qattiqlik va o‘zakda yaxshi mexanik xossalar olish imkonini yaratadi, sementatsiyalangan qatlamdagi karbid to‘rlarini olib tashlaydi.
    Ko‘p hollarda, ayniqsa irsiy kichik donachali po‘latlarga ishlov berishda, 820 - 850 0C haroratdagi toblashdan foydalaniladi.
    Bu esa donani maydalashni ta’minlaydi va sementatsiyalangan qatlamni to‘liq toblashga olib keladi hamda o‘zakdagi donachani qisman qaytadan kristallanishi va maydalanishini amalga oshiradi. Gaz yordamida sementatsiyalashdan so‘ng ko‘pincha qaytadan qizdirmasdan tsementatsiya pechini o‘zida toblash bajariladi. Bu bilan ishlov beriladigan buyumni qiyshayishi kamaytiriladi. Bunday ishlov berish sementatsiyalangan qatlamdagi va o‘zakdagi strukturani to‘g‘rilamaydi, shuning uchun toblashni faqat buyum irsiy kichik donachali po‘latdan tayyorlangan bo‘lsa, qo‘llaniladi. sementatsiyalangan buyumdagi deformatsiyani kamaytirish uchun issiq moyda (160 - 180 0C) pog‘onali toblash o‘tkaziladi.
    Sementatsiyalashdan so‘ng termik ishlov ba’zi bir hollarda ikkilamchi toblash va bo‘shatishdan iborat bo‘ladi. Birinchi toblash (yoki normallash) 880 - 900 0C haroratda (o‘zak uchun As3 nuqtadan yuqori haroratda) o‘zakdagi strukturani to‘g‘rilash uchun amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qizdirilganda sirtki qatlamda austenitda tsementit to‘ri eriydi, keyinchalik qaytadan tez sovutilganda hosil bo‘lmaydi. Ikkinchi toblash 760 - 780 0C haroratda qizdirilganda sementatsiyalangan qatlamdagi o‘ta qizdirish bartaraf etiladi va buyumga yuqori qattiqlik beriladi. Bunday termik ishlov berishning kamchiligi texnologik jarayonning murakkabligi, buyumlarning qiyshayishini oshishi va oksidlanish hamda uglerodsizlanishni ro‘y berishidir.

    Download 61,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 61,83 Kb.