• Uglerodli po‘latdan
  • Termik ishlov berilgandan




    Download 61,83 Kb.
    bet6/16
    Sana19.06.2024
    Hajmi61,83 Kb.
    #264369
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.

    Termik ishlov berilgandan keyin sirtqi qatlamda kichik ignali martensit struktura va qoldiq austenitni izolyatsiyalangan uchastkasi (30 - 50 % gacha) hosil bo‘ladi. Sementatsiyalangan qatlamning toblanish chuqurligi juda katta ahamiyatga ega. Sementatsiyalangan qatlamning toblanish chuqurligi deganda po‘latning yuzadan berilgan masofagacha 59 - 62 HRC qattiqlikka va martensit strukturasiga ega bo‘lishi tushuniladi. Sementatsiyalangan qatlamda karbidlarni hosil bo‘lishi va ichki oksidlanish, austenitda legirlovchi elementlar miqdorini kamaytirib, sementatsiyalangan qatlamning toblanish chuqurligini kamaytiradi. Karbidlar qo‘shimcha toblanish chuqurligini kamaytirib, austenitni parchalanishini tayyor markazlari bo‘lib xizmat qiladi hamda austenitni turg‘unligini kamaytiradi. Sementatsiyalangan qatlamda qatlamni mo‘rtligini oshiruvchi karbidlar to‘rini hosil bo‘lishi mumkin emas. Izolyatsiya qilingan karbidlar ham sementatsiyalangan po‘latning qovushqoqligini kamaytiradi, ayniqsa detallarning burchaklarida va toretslarida bu hol ko‘proq kuzatiladi. Sovutishning intensivligini oshirish qatlamning toblanish chuqurligini oshiradi.
    Sementatsiyalangan detallarni oxirigi termik ishlov berish operatsiyasi xamma xollarda ham 160 - 180 0C haroratdagi past haroratli bo‘shatish bo‘lib, bunda sirtki qatlamdagi toblangan martensit strukturasi bo‘shatilgan martensit strukturasiga aylanadi, shu bilan kuchlanishlar olib tashlanadi.
    Uglerodli po‘latdan tayyorlangan buyum o‘zagining strukturasi sorbitdan, legirlangan po‘latlarda esa kam uglerodli martensit yoki pastki beynitdan iborat strukturadan tashkil topadi. Kam uglerodli martensit yuqori mustaxkamlik va o‘zakda yetarli qovushqoqlikni ta’minlaydi. Qatlamda ferrit to‘rlarini saqlanib qolishi mumkin emas, chunki u tsementatsiyalangan detallarni mustaxkamligi, plastikligi va qovushqoqligini kamaytiradi. Turli markali po‘latlar uchun o‘zakdagi qattiqlik 30 - 45 HRC ga teng bo‘ladi.
    Sementatsiyalash va keyingi termik ishlov berish po‘latdan tayyorlangan buyumlarning chidamlilik chegarasini, sirtqi qatlamda yetarli darajada siquvchi qoldiq kuchlanishlar (400 - 500 MPa gacha) hosil bo‘lishi tufayli oshiradi.

    Download 61,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 61,83 Kb.