• Korroziyagabardoshlik
  • Past temperaturada azotlashda




    Download 61,83 Kb.
    bet8/16
    Sana19.06.2024
    Hajmi61,83 Kb.
    #264369
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.

    Past temperaturada azotlashda α -qattiq eritmada , dastavval Gine- Preston zona turidagi segretatsiya hosil bo’ladi. Yuqoriroq temperaturalarda esa legirlangan elementlarning (Cr, Mo,V va boshqalar) dispersli nitridlari vujudga keladi. Gine- Preston zonasi va maxsus ajralib chiqqan nitridlar dislokatsiyalar harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi va bu bilan azotlangan qatlamning qattiqligini oshiradi. Ayniqsa, po’latdagi Al, Cr, Mo va V lar azotlangan qatlamdagi qattiqlik katta miqdorda oshiradi va ikkinchi tomondan qatlamning qalinligini kamaytiradi.
    Agar yuzadagi yuqori qattiqlik va yeyilishga chidamlilik azotlangan qatlamga qo‘yilgan bosh va asosiy talab bo’ladigan bo’lsa, u holda 0,35-0,42 % C, 1,35-1,65 % Cr, 0,7-1,10 % Al va 0.15-0,25 % Mo va qolgani Fe bo’lgan 38X2MЮA markali podat markasini qodlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bir vaqtning o‘zida po’lat tarkibida bo’lgan alyuminiy, xrom va molibden azotlangan qatlam qattiqligini 1200 HB gacha oshiradi. Bundan tashqari, molibden azotlanish temperaturasidan sekin sovitilganda hosil bo’lishi mumkin bo’ladigan bo‘shatishdagi mo‘rtlikni ham bartaraf yetadi.
    Biroq alyuminiy, azotlangan qatlamga yuqori mo‘rtlik beradi. Shuning uchun ko‘proq Cr (1-3 %), Mo(0,2 - 0,4 %), V(1,0-1,2 %gacha) bilan legirlangan po‘latlar qo‘llanilmoqda. Bu po‘latlarning sirtqi yuzasi kamroq qattiqlikka 750-950 HB va qolgan boshqa holatlarda esa samarali azotlangan qatlam qalinligiga ega bo‘ladi (400-500 HB gacha), bu o‘z navbatida jarayonni davom etish vaqtini kamaytiradi. Korroziyagabardoshlikni oshirish uchun uglerodli po‘latlarni ham azotlash mumkin.
    Azotlangan po‘latning yeyilishga chidamliligi sementatsiyalangan va toblangan po‘latnikiga qaraganda ancha yuqori. Azotlangan qatlamda qoldiq siquvchi kuchlanishi hosil bo‘ladi va yuzada 600 - 800 MPa ni tashkil etadi. Bu kuchlanish po‘latni chidamlilik chegarasini oshiradi va toliqishdan yemirilish o‘chog‘ini azotlangan qatlam tagiga ko‘chiradi. Silliq namunalardagi chidamlilik chegarasini 30-40 % gacha, kuchlanishlar konsentratorlari bo‘lgan holda esa 100 % dan ortiqqa oshiradi.

    Download 61,83 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 61,83 Kb.