|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 7/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Azotlash jarayoni. Po‘lat sirtqi qatlamini azot bilan diffuziya yordamida to‘yintirish jarayoniga azotlash deb aytiladi. Azotlash juda kuchli ravishda sirtki qatlamning qattiqligi, uning yeyilishga chidamliligi, chidamlilik chegarasi va atmosfera, suv va boshqa muhitlarda korroziyaga bardoshligini oshiradi. Azotlangan qatlam qattiqligi tsementatsiyalangan qatlam qattiqligiga qaraganda yuqori va uning qattiqligi yuqori haroratlarda (450-500 0C) ham saqlanadi. Martensit strukturasiga ega bo‘lgan sementatsiyalangan qatlam qattiqligi 200 - 225 0C haroratgacha saqlanadi.
Azotlash jarayoni dissotsiatsiyalangan ammiak NH3 (25-60%) muhitida bajariladi.
Ishlov beriladigan yuzada NH3 dissotsiatsiyalanib, azot ionlarini hosil qiladi, bu ionlar yuzada adsorbsiyalanib, metallni ichki kismigacha diffuziyalanib, boradi. Agar azotlash jarayoni evtektoidli haroratdan past haroratda amalga oshirilsa, bunda azot dast avval, Fe4N α -fazaga diffuziyalanib (azotli ferrit), so‘ngra esa eruvchanlik chegarasiga yetgandan so‘ng, Fe4N ( γ - faza) va Fe2-3N ( ε - faza) nitridlar hosil qiladi. To‘yintirish haroratida azotlangan qatlam ε → γ → a fazalardan tashkil topadi, sovigandan so‘ng, ε va α -fazalarni parchalanish oqibatida ε + γ ' →γ ' → α + γ ' fazalardan iborat bo’ladi. Agar azotlashni 591 0C dan yuqori haroratda olib borilsa, azotli austenit (γ -faza) hosil bo’ladi, u sovitilganda azotli ferrit (α - faza ) va Fe4N nitrididan (γ ' -faza) iborat qorishmaga parchalanadi. Shuning uchun diffuziyalangan qatlamning nitridlar qatlami (εva γ ' - fazalar) tagida γ - faza qatlami hosil bo’ladi va u sovitilganda evtektoidli o‘zgarishlarni kechiradi. Bitta fazadan boshqa fazaga o’tish azot miqdorini tezda kamayib ketishi bilan kechadi. Temirda azotlangan qatlamning qattiqligi unchali katta emas ~300-350 HB. Shuning uchun azotlashga asosan, xrom, molibden, vanadiy, alyuminiy bilan legirlangan o’rtacha uglerodli po’latlar tavsiya etiladi, chunki ular azotlashdan so‘ng yuqori qattiqlik va yeyilishga chidamlilikka ega bo’ladi. Legirlangan po’latlar yuzasida azotlangandan so‘ng legirlangan ε - va γ ' - fazalar: (Fe,M)2- 3 N va (Fe, M)4 N lar hosil bo’ladi. Ferritda erigan xrom, vanadiy va boshqalar α - fazada azot eruvchanligini oshiradi va maxsus nitridlar MN va M2N hosil qiladi.
|
| |