|
Qattiq karbyurizatorlarda sementatsiyalash
|
bet | 3/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Qattiq karbyurizatorlarda sementatsiyalash. Bu jarayonda sementatsiyalashda to‘yintiruvchi muhit sifatida donachasi o‘lchami 3,5-10 mm bo‘lgan pista ko‘mir yoki toshko‘mirning yarim koksi va torf koksi ishlatiladi. Toshko‘mirning yarim koksi va torf koksiga uni faollashtiruvchi qo‘shimchalar - ko‘mir massasiga nisbatan 10-40 % miqdorda uglekarbonat bariy (BaCO3) va kalsiyli soda (Na2CO3) qo‘shiladi.
Keng ko‘lamda sementatsiyalashda ishlatiladigan karbyurizator pista ko‘mirdan iborat bo‘lib, unga karbyurizatordagi zarrachalarni qizdirib pishirishda yo‘qotish maqsadida 20-35% BaCO3~3,5% Na2CO3 lar qo‘shiladi.
Sementatsiyalashda asosan 25-35 % yangi karbyurizatordan va 65-75 % ishlatilib, ishlov berilgan karbyurizatordan tashkil topgan ishchi qorishmadan foydalaniladi. Bu ishchi qorishmaga 5-7 % BaCO3 qo‘shiladi, u talab etilgan qatlam qalinligini ta’minlaydi va sirtqi qatlamda dag‘al sementit to‘rini hosil bo‘lishini oldini oladi.
Sementatsiya qilinadigan detallar dastlabki tozalashdan so‘ng payvandlangan po‘latdan yoki kamroq, to‘g‘ri burchakli yoki silindrsimon shaklga ega bo‘lgan quyma cho‘yandan tayyorlangan qutichalarga solib, taxlanadi. Buyumlarni upakovka qilishda quticha tagiga 20-30 mm qalinlikda karbyurizator solinadi va trambovka qilinadi va uning ustiga birinchi qatorga detallar, ular orasidagi va quticha yon devoridan 10-15 mm masofalarni e’tiborga olib, joylashtiriladi. Shundan keyin 10-15 mm qalinlikda karbyurizator qatlami detallar ustidan solinib, trambovka qilinadi va uning ustiga boshqa detallar joylashtiriladi. Oxirigi (ustki) detallar qatoriga 35-40 mm qalinlikdagi karbyurizator qatlami solinadi va bu bilan ro‘y beradigan kirishuv oldi olinadi. Quticha qopqog‘i yopiladi va uni o‘tga chidamli glina yoki linani daryo qumi bilan aralashmasi bilan xar tomonlama qoplanadi. Shundan so‘ng quticha pechga joylashtiriladi.
Sementatsiya haroratigacha (910-930 0C) qizdirish vaqti quticha minimal o‘lchamining xar bir santimetri uchun 7-9 minutni tashkil qiladi. Sementatsiyalash haroratida qutichani minimal o‘lchami 150 mm bo‘lganda 700900 mkm qalinlikdagi qatlam olishda ushlab turish vaqti 5,5 - 6,5 soatni va 12001500 mkm qalinlikdagi qatlam olishda esa 9-11 soatni tashkil qiladi. Katta o‘lchamli qutichalarda (minimal o‘lcham 250 mm) 700-900 mkm qalinlikdagi qatlam olishda ushlab turish vaqti 7,5-8,5 soatni, 1200-1500 mkm qalinlikdagi qatlam olishda esa 11-14 soatni tashkil etadi.
|
| |