Mashinasozlik materiallari




Download 61,83 Kb.
bet14/16
Sana19.06.2024
Hajmi61,83 Kb.
#264369
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.

Borlash chuqurligiga uglerod va legirlovchi elementlarning turlicha ta’sir qilishi sababi bor diffuziyasi jarayoniga faol energiya qo‘shimchasini ta’siri etishi hisoblanadi. Texnik temirdagi diffuziyani faol energiyasi 142 kDj/g-atomga teng. Po’latga 0,83 % uglerodni qo‘shish faol energiyasini Q 152 kDj/g-atomgacha oshirsa, 4 % W va 2,7 % Mo Qni 159 kDj/g-atomgacha oshiradi. Q kattalik kristall panjaradagi energiya bog’lanishlarni xarakterlaydi.
O‘z navbatida, Co, Ni, Mn lardan tashqari, uglerod va boshqa xamma legirlovchi elementlarni qo‘shish diffuziya qatlamida bor bog’lanishlarini kuchaytiradi. Co, Ni, Mn lar qo‘shilganda bor diffuziyasini faol energiyasi amaliy jixatdan o‘zgarmasdan qoladi.
O‘rta va yuqori uglerodli po’latlarda boridlar qatlamiga ajralib chiqqan sementit asosidagi karboboridli fazalar [Fe3 (C,B)] qo‘shiladi. Legirlangan po’latlarda legirlovchi elementlar boridlar qatlamidan siqib chiqariladi (titandan tashqari). Sirtqi qatlamda titan miqdori oshadi. Borid qatlamdan so‘ng, temirdagi borning qattiq eritmasi ko’rinishidagi o’tish qatlami joylashgan bo’ladi. Bor qatlamini chuqurligiga borlash vaqtini ta’siri, boshqa elementlar bilan to‘yintirish ham parabola qonuniyatiga bo‘ysinadi.
Boridlarni hosil bodishi zichlikni kamaytiradi. Boridlar modt, ajralib ko‘chishga va darz ketishga moyil. Shuning uchun buyumlardagi eng yaxshi toliqishdagi mustahkamlikni 20-50 % ga oshishiga bir fazali borlashni qodlaganda erishiladi. Biroq, bunday texnologik jarayon sirtqi qatlamdagi qattiqlikni kamayishiga olib keladi, bu esa yeyilishga chidamlilikka salbiy ta’sir kodsatadi. FeB boridni mikroqattiqligi H10o 19500 - 20000 MPa, Fe2B ni mikroqattiqligi H10o esa 13000 - 14000 Mpa ga teng.
Boridlar qattiqligiga po’latga qo‘shilgan legirlovchi elementlar ta’sir qiladi. Cr, Mn va ayniqsa W va Mo larni qo‘shish bu boridni yetarli darajada qattiqligini oshiradi. Boshqacha aytganda, legirlovchi elementlar Fe2Bga ta’sir qiladi. Bu boridning qattiqligi amaliy jixatdan Cu, Al, Mn lar ta’sirida o‘zgarmaydi. Ni, Mn kabi qo‘shimchalar, ayniqsa W va Mo lar borid qattiqligini kamaytiradi. Shunday qilib, ba’zi bir legirlovchi elementlar FeB va Fe2B boridlar qattiqligiga to‘g’ri qarama-qarshi proporsionaldir.

Download 61,83 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 61,83 Kb.