|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 10/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Ionli azotlash. Oxirigi yillarda kamayib boradigan zaryadsizlanishda (ionli azotlash) azotlash qo‘llanila boshlandi. Bu azotlash turi zaryadsizlanishda azotga ega bo‘lgan atmosferada (NH2 va N) ishlov beriladigan detalni manfiy elektrodga katodga ulab, amalga oshiriladi. Qurilmadagi konteyner anod bo‘lib, xizmat qiladi. Katod (detal) va anod o‘rtasida kamayib boradigan zaryadsizlanish va gaz ionlari qaytadan tiklanadi, katod yuzasini portlatib, uni to‘yintirish haroratigacha qizdiradi. Ionli azotlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshadi:
- birinchisi yuzani katod sochilishlaridan tozalash;
-ikkinchisi o‘z tabiati bilan to‘yinish jarayonidir.
Katodni sochilishi 5-60 min davomida 1100-1400 V kuchlanish va kichik bosimda kechadi. Qatodni sochilish jarayonida detal yuzasidagi harorat 250 0C dan oshmaydi. Azotlash jarayoni 470-580 0C haroratda, 400-1100 V ishchi kuchlanishda va 1-24 soat davomida amalga oshiriladi.
Ionli azotlash jarayoning umumiy davom etish vaqtini kamaytiradi, boshqariladigan tarkib va tuzilishda diffuziyali qatlamni olish imkonini tug‘diradi, juda kichik deformatsiya hosil qiladi va yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘ladi.
Suyuq muhitlarda azotlash (tenifer - jarayon). Bunday azotlash jarayoni 570 0C haroratda 0,5-3,0 soat davomida erigan sianli tuzlarda (40 % KCNO ga ega bo’lgan 85 % tuz va 60% NaCN +15%NO2CO3 va 45% Na2CO3 yoki 55% karbamiddan (NH2)2CO va 45% Na2CO3 bu orqali quruq havo o’tkaziladi) amalga oshiriladi. Tuzlar titandan tayyorlangan tigilda eritiladi. Kichik harorat oqibatida, po’latga asosan sianli tuzlar ajralishida hosil bo’ladigan azot diffuziyalantiriladi. Ishlov berish oqibatida po’latni yuzasida juda kichik o’lchamli (7-15 mkmli), yuqori yeyilishga chidamli va mo’rtlikdan sinishga moyil bo’lmagan karbonitridli qatlam (Fe, M)2-3 (N, C) hosil bo’ladi. Karbonitridli qatlamning tagida azotning α- temirdagi qattiq eritmasi va γ' -fazaning ortiqcha kristallaridan tashkil topgan qatlam joylashgan bo’ladi. Qatlamning umumiy qalinligi 0,15-0,5 mmni tashkil etadi. Bunday va gaz yordamida azotlashdan so‘ng uglerodli po’latlardagi qatlam qattiqligi 300-350 HB, legirlangan po’latlarda esa 600-1100 HBni tashkil etadi. Suyuq muhitdagi azotlash aytarli darajada po’latni chidamlilik chegarasini oshiradi. Jarayonni yutug’iga o’lchamlarni juda kichik miqdorda o‘zgarishi va detallarni qishayishi bo’lmasligi bo’lsa, kamchiligi toksikligi, inson xayoti uchun xavfliligi va sianli tuzlarning qimmatligidir. Bu jarayondan avtomobil detallariga (tirsakli val, tishli gdldirak va boshqalar), shtamplarga, press-qoliplarga va boshqalarga ishlov berishda keng ko’lamda qo’llaniladi.
|
| |