|
Yuqori haroratda sianlash
|
bet | 13/16 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 61,83 Kb. | | #264369 |
Bog'liq Po’latlarni kimyoviy-termik ishlov berish.Yuqori haroratda sianlash. Katta qalinlikda (0,5 - 2,0 mm) sianlangan qatlam olish uchun 930 - 950 0C haroratli 8% NaCN, 82% BaCl2 va 10% NaCl (eriguncha vannadagi tarkib) tarkibga ega bo‘lgan vannada yuqori haroratli yoki chuqur sianlash o‘tkaziladi. Vanna oynasi issiqlikni ko‘p yo‘qotmaslik va sianli tuzlarni bug‘lanishini oldini olish uchun grafit qatlami bilan qoplanadi. Talab etiladigan qalinlikdagi qatlamlar olish uchun buyumni vannada ushlab turish vaqti 1,5 - 6 soatni tashkil etadi.
Vannada sianlash, quyidagi reaksiyalar orqali kechadi:
BaCl2 + NaCl → 2NaCl + Ba (CN)2;
Ba(CN)2 → BaCN2 + C;
BaCN2 →BaO + CO + 2N.
Ajralib chiqadigan atomar uglerod va azot po‘latni diffuziyalantiradi. Talab etiladigan yuqori haroratlarda po‘latni sirtqi yuzasiga ko‘p darajada uglerod (0,81,2% gacha) va kamroq azot (0,2 - 0,3 %) bilan to‘yintiraladi. Sianlangan qatlamning tuzilishi tsementatsiyalanganikiga o‘xshashdir. Yuqori haroratli sianlashdan so‘ng detallar havoda sovutiladi, keyin undagi donani maydalash uchun tuzli vanna yoki pechda qizdirilib, toblanadi va past haroratli bo‘shatish o‘tkaziladi.
Sianlash jarayoni tsementatsiyalash jarayoniga nisbatan berilgan qatlam qalinligini olish uchun kam vaqt talab yetadi, nisbatan kam darajada deformatsiya hosil bo‘lishi va murakkab shakldagi detallarni qishayishiga olib kelishi, yeyilishga va korroziyaga yuqori qarshilik ko‘rsatish bilan xarakterlanadi.
Sianlashni kamchiligi qimmatligi, sianli tuzlarni zaxarligi va bu bilan bog‘liq ravishda mehnatni muhofaza qilish uchun maxsus choralar ko‘rilishini talab qilinishidir.
Borlash. Po‘lat va temir asosidagi qotishmalarni sirtqi yuzasini bor bilan to‘yintirish jarayoniga borlash deyiladi. Borlash jarayonida po‘lat va temir qotishmalari sirtqi qalamida boridlar - Fe2B va F4B lar hosil bo‘ladi. Bu esa qattiqlik va yeyilishga chidamlilikni hamda korroziyaga bardoshlikni oshishiga olib keladi.
Po‘lat va temir asosidagi qotishmalarni bor bilan to‘yintirish jarayoni turli muhitlarda amalga oshiriladi. Bor faol holatda qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda olinishi mumkin, hamda borni sirqi qatlamga surib, qoplab ham ishlatish mumkin. Po‘lat va temir asosidagi qotishmalarni sirtqi qatlamini bor bilan qattiq muhitda to‘yintirishda va qoplashda faol bor olish manbasi sifatida bor karbidi F4B va amorf bor kukunidan foydalaniladi. Suyuq holatda borlashda (elektroliz va elektrolizsiz usullarda) to‘yintiruvchi muhit sifatida bura Na2B2O7, bor oksididan B2O3 iborat qorishmadan foydalaniladi. Ba’zi hollarda, bu qorishmaga bor karbidi F4B ham qo‘shib, ishlatiladi. Gaz yordamida borlashda to‘yintiruvchi muhit sifatida dibor B2H8 yoki uchxloridli borni BCl3 vodorod(azot, ammiak) bilan hosil qilgan qorishmasi qo‘llaniladi. Borlash natijasida ko‘p qatlamli diffuziya qatlami hosil bo‘ladi. Bunda buyumning sirqi yuzasida temir boridi FeB, so‘ngra borid Fe2B qatlam, oxirigi qatlamda esa temirdagi borning qattiq eritmasi hosil bo‘ladi. Diffuziya qatlamini hosil bo‘lishi Fe-B holat diagrammasi orqali kechadi.
Bor bilan qattiq eritmani to‘yintirilgandan keyin boridlardan iborat bo‘lgan qatlam shakllanadi. Boridlar stolba ko‘rinishda po‘lat yoki qotishmani ichkarisiga qarab, o‘sadi. Bir qator hollarda (to‘yintirish sharoitiga qarab) bir fazali boridlar qatlami FeB, boshqa hollarda esa ikki fazali boridlar FeB va Fe2B hosil bo‘ladi.
Turli muhitlarda borlash shuni ko‘rsatadiki, borlash muhitidagi uglerod va legirlovchi elementlar (Co, Ni, Mn lardan tashqari ) borlangan qatlam chuqurligini kamaytiradi. Yuqorida qavs ichida ko‘rsatilgan 3 ta element amaliy jixatdan borlash chuqurliligiga ta’sir etmaydi.
|
| |