13-mavzu: Aylanma jismlar hosil qilish
Reja:
Aylanma jismlar hosil qilish
Tayanch so`z va iboralar: Chizma, fazoviy shakl, o‘q atrofi, hajmiy shakl, полилиния buyrug`i, tutashma, radius, отрезок buyrug‘i, o‘q chiziq, вращать (aylantirish), burchak.
Misol 39-rasmda ko‘rsatilgan fazoviy shaklni berilgan o‘lchamlari bo‘yicha chizish talab etilsin.
Avval fazoviy shaklning qirqimi chizilib va uni o‘q atrofida aylantirish orqali hajmiy shakli hosil qilinadi.
39-rasm
- полилиния buyrug‘i tanlanadi. Ekranda ixtiyoriy nuqta sichqoncha bilan ko‘rsatilib, yo‘nalish hamda masofa ko‘rsatish orqali 40-rasm,a da ko‘rsatilgan shakl chizib olinadi (chizmaga o‘lchamlar qo‘yilmaydi). Shaklning qirralarini silliq qilib tutashtirish uchun - сопряжение (tutashma) tugmasi bosiladi. Chizma ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, chiqqan buyruqlar ro‘yxatidan полилиния tanlanadi va yana bir karra sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib ro‘yxatdan радиус buyrug‘i tanlanadi. Buyruqlar qatoriga radius qiymati 5 kiritilib Enter bosiladi va chizmaning biror chizig‘i sichqonchaning chap tugmasi bilan ko‘rsatiladi. Shunda barcha qirralar radiusi 5 ga teng tutashma bilan silliqlanadi (tutashtiriladi) (40-rasm,b).
- отрезок buyrug‘i bilan chizmadan 5 birlik uzoqlikda turgan o‘q chiziq chizib olinadi
а)
b)
v)
40-rasm
Buyruqlar qatoriga ISOLINES buyrug‘i yozilib Enter bosiladi va yangi qiymat 32 kiritiladi. Bu buyruq bilan yasaladigan shakl to‘rining zichligi oshiriladi.
- вращать (aylantirish) tugmasi bosiladi. Sichqonchaning chap tugmasi bilan chizilgan shakl belgilanadi va Enter yoki пробел bosib belgilash to‘xtatiladi. Buyruqlar qatoridagi Начальная точка оси вращения so‘rog‘iga javoban sichqoncha bilan o‘qning yuqorigi nuqtasiga yaqinlashib chap tugmasi bosiladi. Конечная точка оси so‘rog‘iga javoban esa sichqoncha bilan o‘qning pastki nuqtasi ko‘rsatiladi. Угол вращения <360>: so‘rog‘iga javoban 360 – burilish burchagi kiritiladi. Va ekranda fazoviy aylanma shakl old tomondan ko‘rinishi hosil bo‘ladi (40-rasm,v). - СЗ изометрия tugmasi bilan shaklning izometrik ko‘rinishiga o‘tiladi. - скрытие линии (orqa chiziqlarni yashirish) orqali orqa chiziqlari ko‘rinmas qilinadi. (39-rasm,a).
41-rasm
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
39-rasmda ko‘rsatilgan fazoviy shaklni berilgan o‘lchamlari bo‘yicha chizish talab etilsin.
41-rasmdagi shakllarni ko‘rsatilgan o‘qlar atrofida mos ravishda 270, 90 va 360 gradusga aylantirib fazoviy shakllar yasang.
Adabiyotlar:
M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.
A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.
T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi
Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet.
Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.
360>
|