• 25- rasm
  • 26- rasm
  • I. autocad dasturida chizma chizishga doir ma’lumotlar




    Download 2,53 Mb.
    bet7/18
    Sana31.12.2019
    Hajmi2,53 Mb.
    #7288
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    8-Mavzu: Tutashmalar yasash

    Reja:

    1. Tutashmalar yasash


    Tayanch so`z va iboralar: Tutashma, kesma, nur, poliliniya, yoy, aylana, chiziq, ob’yekt, radius, полилиния bo‘limi, Без обрезки bo‘limi, отрезок (kesma) tugmasi, Сопряжение (tutashma), Обрезать buyrug‘i
    Tutashmalarni kesma, nur, poliliniya, yoy, aylanalarga qo‘llab, ularni o‘zoro berilgan radiusli yoy bilan tutashtirish mumkin. Tutashmalar - Fillet (сопряжение) tugmasi yordamida amalga oshiriladi. Tutashma radiusini tanlash uchun buyruqdan keyin chizma oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, chiqqan chaqiruv menyusidan Радиус bo‘limini tanlash va klaviaturadan radius qiymatini kiritib Enter bosish kerak. Shundan so‘ng tutashma hosil qilish uchun tutashtirilmoqchi bo‘lgan ob’yektlarni sichqoncha nishoni bilan ko‘rsatish kerak.

    Agar tutashtiriluvchi chiziqlar kesishuv nuqtasigacha yetmagan yoki kesishish chizig‘idan o‘tib ketgan bo‘lsa ham ular berilgan radius bilan tutashtiriladi (25-v,g, rasm). Rasmdagi belgi sichqoncha bilan chiziq ustida ko‘rsatish joyini bildiradi

    Agar tutashtirilayotgan chiziqlar yo‘g‘onligi turlicha bo‘lsa, unda tutashma ikkinchi ko‘rsatilgan chiziq yo‘g‘onligini oladi. Agar rangi turlicha bo‘lsa, tutashma joriy qat (слой) ning rangini oladi.

    Quyidagi hollarda tutashma amalga oshmaydi:

    - berilayotgan tutashma radiusi tutashtirilayotgan kesmadan uzunroq bo‘lsa;



    - tutashtirilayotgan ikki aylana orasidagi masofa tutashma yoyi radiusdan katta bo‘lsa.

    а)

    b)


    2

    1

    полилиния

    1



    1

    1

    2

    2

    v)

    g)


    d)

    е)


    1

    1

    2

    2



    1

    2

    r = 0

    j)

    z)

    1

    2


    i)


    25-rasm

    2

    1

    Bez obrezki holati

    Tutashmalarda quyidagi xususiy hollar bo‘lishi mumkin:

    - tutashtiriluvchi chiziqlar parallel bo‘lsa tutashtirish radiusiga qanday qiymat berilishidan qat’iy nazar parallel chiziqlar orasidagi masofaning yarimiga teng radiusli yoy bilan tutashtiriladi (25-j, rasm);

    - tutashtirish radiusiga nol qiymat berilsa, kesishuvchi chiziqlar o‘zaro tutashtirilib burchak yasaladi 25-z, rasm).

    - tutashma radiusi berilgan bo‘lsa ham, tutashma hosil qilish paytida Shift tugmasi bosib turilsa, kesishuvchi chiziqlar o‘zaro tutashtirilib burchak yasaladi.

    Agar tutashma uchun tanlanayotgan ob’yekt poliliniya, to‘rtbur­chak yoki ko‘pburchakdan iborat bo‘lsa va birdaniga hamma qirralarini yoy shaklida tutashtirish kerak bo‘lganda sichqon­chaning o‘ng tugmasini bosib полилиния bo‘limi tanlanib, so‘ngra poliliniya ob’yekti ko‘rsatiladi. (25-b, rasm).

    Odatda o‘zaro kesishgan ikki chiziqni ma’lum radius bilan tutashtirilgach, chiziqlarning ortiqcha qismi qirqiladi. Agar tutashma hosil bo‘lib va chiziqlarning dovomi ya’ni o‘zaro tushashish tuqtasigacha bo‘lgan qismini saqlab qolish lozim bo‘lsa, tutashuvchi chiziqlarni ko‘rsatishdan oldin sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Обрезка bo‘limini tanlab va yana bir karra sichqoncha o‘ng tugmasini bosib Без обрезки bo‘limini tanlash kerak. 25-i,rasm).


    M


    26-rasm
    isol. 26-rasmda ko‘r­sa­tilgan chizmani chi­zish pay­tida tutashmalardan foyda­la­nish ket­ma-ketligini kelti­rib o‘tamiz.

    Avval markazlari orasi­dagi maso­fasi 70 ga va radislari 10, 20, 8 3 ga teng bo‘lgan aylanalar chizib olinadi. Buning uchun Круг buyrug‘i tanlanib ekranda ixti­yoriy bir nuqta (aylana markazi) sichqoncha bilan ko‘rsatiladi va klaviaturadan 10 raqamini kiritib Enter bosiladi. Enter bosilib aylana chizish buyrug‘i qayta chaqiriladi va sichqoncha bilan chizilgan aylanaga yaqinroq boriladi, aylana markazini ko‘rsatuvchi marker paydo bo‘lgach, shu marker ustiga nishonni oborib bir oz kutub turiladi. Центр yozuvi paydo bo‘lgach nishon o‘ng tomonga qarab yurgiziladi (27-rasm,a). Ekranda cheksiz davom etuvchi chiziq paydo bo‘ladi va nishon ostida yurilgan masofani ko‘rsatuvchi yozuv o‘zgarib turadi. Nishonni shu holatda saqlagan holda klaviaturadan 70 kiritib Enter bosiladi (ikkinchi aylana markazi topiladi) so‘ngra aylana radiusi 20 raqami kiritilib Enter bosiladi. Enter yoki пробел bosilib aylana chizish buyrug‘i qayta chaqiriladi. Birinchi aylana markaziga yaqinlashganda sentr yozuvi chiqqach sichqonchaning chap tugmasi bosilib aylana radiusi 3 kiritiladi. Xuddi shu usul bilan radiusi 8 ga teng bo‘lgan aylana chiziladi (27-rasm,b).



    а)

    b)




    v)

    g)


    d)

    е)





    27-rasm


    отрезок (kesma) tugmasini sichqoncha bilan bosib ko‘rsatamiz. Sichqoncha bilan birinchi aylanaga yaqinroq boriladi. Aylana chakkasini ko‘rsatuvchi marker  (квадрант) paydo bo‘lgach, shu marker ustiga nishonni bosib kesmaning birinchi nuqtsi ko‘rsatiladi va o‘ng tamonga qarab gorizontal ixtiyoriy masofaga yurilib sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Enter bosib kesma chizish to‘xtatiladi. Enter bosib yana kesma buyrug‘i qaytariladi va xuddi yuqoridagi kabi pastki gorizontal chiziq chiziladi (27-rasm,v).

    Sichqonchaning o‘ng tugmasini chizma sohasida bosib, chiqqan ro‘yxatdan Описанный круг окружности (tashqi chizilgan) tanlanadi. So‘ngra yuqoriga – aylana chakkasiga qarab yura boshlaymiz. Aylana chakkasida  belgisi va nishon tagida Квадрант yozuvi chiqqach sichqonchani shu joyga bosib olamiz. Shu yo‘l bilan aylana tashqi muntazam olti tomonli ko‘pburchak chiziladi (27-rasm,g).

    Endi chiziq katta aylanani radiusi 40 bo‘lgan yoy bilan tutashtirish lozim. Сопряжение (tutashma) buyrug‘ini sichqoncha bilan ko‘rsatamiz so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasini chizmaning ixtiyoriy sohasida bosib, chiqqan ro‘yxatdan Радиус bo‘limini tanlaymiz (27-rasm,g) va klaviaturadan 40 raqamini terib Enter tugmasini bosamiz. Sichqoncha bilan katta aylananing 4-chorakda joylashgan yoyini so‘nga yuqoridagi gorizontal chiziq ko‘rsatilsa talab qilingan tutashma hosil bo‘ladi. So‘ngra Enter yoki пробел bosilib tutushma buyrug‘i qayta chaqiriladi va katta alananing 3-choragi va pastki chiziq sichqoncha bilan ko‘rsatilib yana bir tutashma hosil qilinadi. (27-rasm,d).

    Chizmadagi ortiqcha chiziqlarni kesib tashlash uchun sichqoncha bilan Обрезать buyrug‘i tanlanadi va klaviaturadan Enter yoki пробел bosiladi (sichqonchaning o‘ng tugmasini bir bosib olsa ham bo‘ladi) so‘ngra kesmoqchi bo‘lgan chiziqlar ustiga ketma-ket sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Chizmaga kerakli o‘lchamlar qo‘yib chiqiladi. (27-rasm, e).



    Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘­nikmalardan foydala­nib 28-rasmda ko‘rsatilgan shakllarni tutashmalarni qo‘llab musta­qil bajarib ko‘ring.

    28-rasm


    Nazorat uchun savollar va topshiriqlar

    1. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish uchun qanday amallar bajariladi?

    2. Shtrixlash uchun qanday tugma bosiladi?

    3. Yuzani bir xil shakllar bilan to‘ldirish qanday amalga oshiriladi?

    4. Tutashmalar yasashni ko`rsatib bering.

    Adabiyotlar:



    1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.

    2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

    3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi

    4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet.

    5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.




    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 2,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. autocad dasturida chizma chizishga doir ma’lumotlar

    Download 2,53 Mb.