-mavzu: Tekislikni uchta tekislikka proyeksiyalash




Download 2,53 Mb.
bet8/18
Sana31.12.2019
Hajmi2,53 Mb.
#7288
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18

9-mavzu: Tekislikni uchta tekislikka proyeksiyalash


Reja:

  1. Berilgan koopdinata tekisliklari orqali ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiya­larini qurish


Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, aylana, bo`laklar, ko`pburchak, tutashma, radius, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari
Misol. ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiya­larini qurish talab qilinadi. Tekislik koordinatalari A(80,10,40), B(50,40,80) va C(10,30,80) uchta nuqta orqali berilgan.

AutoCAD ishga tushirilgach, Model qatidan Лист qatiga o‘tiladi. Лист qatida bitta Ko‘rinish oynasi paydo bo‘ladi. Ko‘rinish oynasini model muhitiga o‘tkazamiz (ko‘rinish oyna ichida sichqonchani ikki marta bosib olish orqali).

Tekislikni chizish uchun uning uchlarining koordinatalarini kiritish kerak. – 3М гран tugmasi bosiladi va buyruq qatoriga birinchi nuqta koordinatalari 80,10,40 raqamlari kiritilib Enter bosiladi, ikkinchi nuqta koordinatalari 50,40,80 raqamlari kiritilib Enter bosiladi va nihoyat uchinchi nuqta koordinatalari 10,30,80 raqamlari kiritilib Enter bosiladi. Yana ikki marta Enter bosish orqali tekislikni qurish tugatiladi.

Moдель muhitidan Лист muhitiga o‘tib ko‘rinish oynasini belgilab Delete tugmasi bilan yo‘q qilamiz. Ekranda toza List qoladi.



Видовый экран panellar jihozidagi - Диалоговое окно видовых экранов yordamida tugmasi bosiladi va chiqqan muloqat oynasidan Четыре: равномерно ko‘rinishi tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Ekranda qog‘ozda diagonali bo‘yicha ikki chekka nuqta ko‘rsatilsa, Лист qatida to‘rtta Видовий экран ya’ni ko‘rinish oynalari paydo bo‘ladi va har bir ko‘rinish oynasida aynan bir xil chizilgan tekislikning yuqoridan ko‘rinishi paydo bo‘ladi (29-rasm).


29-rasm
Endi har bir ko‘rinish oynasi uchun tekislikni proyeksiyalarini tanlash lozim. Buning uchun sichqoncha bilan ko‘rinish oynasidan birinchisi ko‘rsatiladi (aktivlanadi). Aktivlangan ko‘rinish oynasi atrofi qalin chiziq bilan ajralib ko‘rinadi. Birinchi ko‘rinish oynasiga olddan ko‘rinish - вид спереди tugmasi yordamida tanlanadi. So‘ngra ikkinchi pastki ko‘rinish oynasi aktivlashtirilib unga yuqoridan ko‘rinish - вид сверху, uchunchi ko‘rinish oynasi aktivlashtirilib chapdan ko‘rinish – вид слева beriladi. Va nihoyat to‘rtinchi ko‘rinish oynasi aktivlashtirilib unga - изометрия ko‘rinishi beriladi.

Har bir ko‘rinish ko‘rinish oynalarini to‘ldirib turli xil masshtab olib joylashadi. Vidovыy ekran panellar jihozidagi - масштаб tugmasi yordamida har bir ko‘rinish oynasini ketma-ket aktivlashtirib har biri uchun 1:1 masshtab tanlab chiqamiz (30-rasm). Ko‘rinish oynalaridan birida chizmani belgilab uning chizig‘iga 1 mm qalinlik beriladi.



30-rasm
Лист muhitiga o‘tib, tekislik uchi belgilarini yozib va ularni kesmalar orqali o‘zaro tutashtirib chiqiladi. (31-rasm)

31-rasm
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



  1. ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiya­larini qurish talab qilinadi. Tekislik koordinatalari A(80,10,40), B(50,40,80) va C(10,30,80) uchta nuqta orqali berilgan.

  2. Yuqorida olingan ko‘­nikmalardan foydala­nib, koordinatalari A(80,10,30), V(60,40,10) va S(10,40,50) nuqtalar orqali berilgan tekisliklarni chizing va uning uch proyeksiyasini quring.

Adabiyotlar:



  1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.

  2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

  3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi

  4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet.

  5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.




Download 2,53 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 2,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Tekislikni uchta tekislikka proyeksiyalash

Download 2,53 Mb.