• Nazorat uchun savollar
  • 4-Mavzu: Tekst yozish va uni tahrirlash Reja: Tekst yozish. Bir qtorli va ko`p qatorli tekstlar
  • I. autocad dasturida chizma chizishga doir ma’lumotlar




    Download 2,53 Mb.
    bet4/18
    Sana31.12.2019
    Hajmi2,53 Mb.
    #7288
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

    7-rasm

    Tanlangan shtrix chiziqlar turi chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmasa, shtrix chiziqlar uzun yoki qisqa bo‘lib ko‘rinadi, hatto to‘g‘ri chiziq bo‘lib ko‘rinadi. Unda chiziqlar masshtabini o‘zgar­tirish kerak. Chiziq uchun masshtab koeffisiyenti Глобальный масштаб yoki Текуший масштаб bo‘limidan tanlanadi (6-rasm). Gobalnыy masshtab – barcha chiziqlarga ta’sir etadi, Tekushiy masshtab – yangi chizilayotgan chiziqqa turiga tegishli bo‘ladi. Umumiy masshtab har ikkala masshtab koeffisiyentlarining ko‘paytmasiga teng.

    O‘rnatilgan chiziq turini jihozlar panelidagi «tipi liniy» tugmasini bosib olishimiz mumkin (7-b, rasm). Xuddi shu yerdan Другой bo‘limidan yana chiziq tanlash uchun 7-a,rasmdagi oynani chaqirib olishimiz ham mumkin.


    Chiziq yo‘g‘onligini tanlash
    Chizmada chiziqlarga turlicha yo‘g‘onlik tanlashga to‘g‘ri ke­ladi. Chiziq yo‘g‘onliklari Формат menyusining Веса линий bo‘li­mi­dan chaqiriladigan Параметры веса линий muloqat oynasidan o‘rnatiladi (8-a,rasm). Bu oynani AutoCAD oynasining holat qatoridagi ВЕС tugmasiga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ham chaqirib olish mumkin. Odatda chiziq yo‘g‘onligi По слою, ya’ni chizilayotgan qat uchun o‘rnatiladi va uning yo‘g‘onligi По умолчанию bo‘limida tanlanadi.

    Jihozlar panelidagi Вес линий tugmasidan ham chiziq yo‘g‘on­ligini tanlash mumkin (8-b,rasm). Tanlangan chiziq yo‘g‘onligi belgilangan ob’ktlar uchun taalluqli bo‘ladi. Agar birorta ob’yekt belgilanmagan bo‘lsa keyingi chizilayotgan elementlar tanlangan yo‘g‘onlik bilan chiziladi.

    Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinishi uchun holat qatoridagi ВЕС tugmasi bosilgan bo‘lishi kerak.

    Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinmas holatida turgan bo‘lsada, qog‘ozga chop etganda o‘z yo‘g‘onliklari bilan chop etiladi. Chiziq yo‘g‘onligini qog‘oz masshtabiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z yo‘g‘onligi bilan chop etish yoki qog‘oz masshtabini hisobga olib ham chop etish imkoni bor. Bu parametr chop etish paytida tanlanadi (2-rasmga qarang).


    Nazorat uchun savollar

    1. Chiziq turlari haqida gapiring

    2. Shrift (yozuv)ni chizmada qanday qo`llash mumkin

    Adabiyotlar:



    1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.

    2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

    3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi



    а)

    b)


    8-rasm
    4-Mavzu: Tekst yozish va uni tahrirlash

    Reja:

    1. Tekst yozish.

    2. Bir qtorli va ko`p qatorli tekstlar


    Tayanch so`z va iboralar: Веса линий, По умолчанию bo‘limi, ob’yekt, chiziq, Параметры веса линий muloqat oynasi, masshtab, qog‘oz, tekst yozish, jihozlar paneli, Текстовые стилы… bo‘limi, tekstni tahrirlash, o‘lcham, Размеры jihozlar paneli, o‘lcham stili, element.
    Tekst uchun AutoCADning vektorli shriftlardan yoki Windows tizimidagi bor standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida bo‘ladi (10-rasmga qarang). Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab bo‘lmaydi.

    Tekst bir qatorli Одностроч­ный yoki ko‘p qatorli Многострочный bo‘lishi mumkin.



    Tekst kiritish va kiritilgan tekstni tahrirlash uchun jihozlar panelidagi tugmalardan foydalaniladi. Quyida tekstni kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladigan tugma­larning ayrimlari keltirilgan:



    -

    ko‘p qatorli Многострочный tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi; yozish sohasi (chegarasi) ko‘rsatilgach 9-rasmdagi oynani ochib beradi.



    -

    bir qatorli Одностроч­ный tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi.



    -

    ko‘rsatilgan tekstni tahrirlash imkonini beradi; agar ko‘p qatorli tekst bo‘lsa, 9-rasmdagi tahrirlash oynasi ochiladi, bir qatorli tekst esa joyida o‘zgartiriladi.



    -

    tekst stilini yaratish uchun muloqat oynasini chaqiradi (10-rasm)



    -

    belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish

    Bir qatorli tekst yozish uchun chizmada boshlang‘ich nuqta sichqoncha yordamida ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. So‘ngra tekst matni yoziladi. Yangi qatorga Enter bilan o‘tiladi. Enter ketma-ket bosilsa, tekst yozish tugatilati.

    Ko‘p qatorli tekst joylanishi uchun to‘rtburchak soha qarama-qarshi ikki nuqtasi orqali ko‘rsatiladi. Ekranda tekst kiritish uchun muloqat oynasi paydo bo‘ladi (9-rasm). Bu muloqat oynasida oldindan yaratilgan tekst stillaridan foydalanish; shrift turini va balandligini tanlash; tekstga rang berish; tekstni to‘rburchak sohaning chap, o‘ng yuqori, past, o‘rtasiga joylash; qatorlar orasi intervalini o‘zgarti­rish; qiya yozish; harflar oralig‘i masofalarini va enini o‘zgartirish; simvollar kiritish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Bu o‘zgartirishlar tekstning belgilangan qismiga ta’sir etadi. Tekstni biror fayldan import qilib olish ham mumkin. Muloqot oynaning lineykasi yordamida abzas chegaralarini va tekst yozilgan to‘rtburchak sohaning o‘lchamini o‘zgartiriladi. Undan tashqari tekst sohasiga rang berish, chizmadagi fon ustiga yozish va bu fonning tekstga nisbatan ko‘rinish darachasini foizlarda tanlash mumkin.

    Buyruqlarni muloqat oynasidagi (9-rasm) tugmachalar (piktogrammalar) yordamida yoki tekst yozilayotgan sohaga «sich­qoncha»ning o‘ng tugmasini bosib chaqirilayotgan menyudan bajarish mumkin.


    9-rasm
    Chizmada ko‘p qo‘llaniladigan ayrim belgilar quyidagicha tanlanadi:  - diametr belgisi %%s orqali,  - gradus belgisi %%d orqali va  - plyus-minus belgisi %%p orqali yoziladi (bu yerda s, d, p harflari lotin tilida yozilishi kerak) .

    Формат menyusining Текстовые стилы… bo‘limi orqali yangi stillar (namuna) yaratish yoki yaratilgan stillarni o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (10-rasm).

    Odatda Стандартный stili o‘rnatilgan bo‘ladi. Yaratilayotgan stillarga nom berib saqlab qo‘yiladi. Keyinchalik teks yozish va tahrirlash paytida bu stillardan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Bundan tashqari stilga biror o‘zgartirish kiritilsa, chizmada shu stil bilan yozilgan barcha tekst o‘z-o‘zidan mos ravishda o‘zgaradi.



    Tekstni tahrirlash uchun tekst ustiga sichqonchani ikki marta chertib olish kerak yoki - tugmadan foydalanish kerak.

    10-rasm.
    Bir qatorli tekstni tahrirlashning yana bir qulay usuli tekstni belgilab Свойства oynasidan foydalanishdir (Свойства oynasini Ctrl+1 tugmasi bilan tezda chaqirib olsa bo‘ladi).
    Nazorat uchun savollar va topshiriqlar

    1. Chiziq yo‘g‘onligi qanday tanlanadi?

    2. Ko‘p qatorli Многострочный tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi?

    3. Bir qatorli Одностроч­ный tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi?

    4. Belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish uchun qanday belgidan foydalanamiz?

    Adabiyotlar:



    1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.

    2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

    3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi

    4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet.

    5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.

    Download 2,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. autocad dasturida chizma chizishga doir ma’lumotlar

    Download 2,53 Mb.