• 2.2 Yo`naltiruvchi chiziqlar
  • Obektlarni bog`lash,ajratish va egri chiziqlar to`plamiga aylantirish Combine (bog`lash) komandasi
  • I-bob. Corel draw dasturi haqida umumiy tushuncha 1 Corel draw grafik muharriridagi asosiy dasturlar




    Download 2,59 Mb.
    bet11/18
    Sana26.06.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #265862
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    Bog'liq
    Corel Draw

    Koordinatalar to`ri
    Hujjatning harbir varag`i koordinatalar to`ri bilan qoplangan. To`r chiziqlari ko`rinmas bo`lib, ular rasm chizish jarayoniga ta'sir qilmaydi.
    Freguency (chiziqlar soni) parametri ko`rinmas to`r chiziqlari sonini ko`rsatib beradi. Agar lineykada eng kichik o`lchov birligi berilgan bo`lsa to`r chiziqlari o`lcham ini ham kichraytirish lozim.
    Show grid bayroqchasini o`rnatsak chizilayotgan barcha ob'ektlar to`r chiziqlariga bog`lanadi. Masalan, ob'ektlarni varaqda tenglashtirmoqchi bo`lsak, to`r chiziqlari juda katta yordam beradi. Bundan tashqariular yordamida aniq berilgan o`lcham dagi ob'ektni chizish mumkin.


    2.2 Yo`naltiruvchi chiziqlar
    Yo`naltiruvchi chiziqlar ko`p tomondan koordinatalar to`riga o`xshab ketadi. Ularni hujjat oynasining hohlagan tomonida ya'ni gorizontal, vertikal va hatto diagonal holatda ham joylashtirish mumkin. Ulardan xuddi koordinatalar to`ri chiziqlari kabi foydalanish mumkin, lekin yo`naltiruvchi chiziqlarni hujjatning hohlagan tomonida joylashtirish mumkin.
    Yo`naltiruvchi chiziqni yaratish uchun hohlagan lineykaning ustiga borib sichqonchatugmasini bosamiz va kursorni hujjat oynasi tomon tortamiz. Kursor bilan birga lineykaga parallel ravishda punktir chiziq ham tortiladi. Sichqonchachaning tugmasini qo`yib yuborganimizdan so`ng yo`naltiruvchi chiziq ekranda joylashadi. Yo`naltiruvchi chiziqni olib tashlash uchun uni usti bosib DEL klavishini bosamiz.
    Ob'ektlarni bog`lash,ajratish va egri chiziqlar to`plamiga aylantirish
    Combine (bog`lash) komandasi
    Combine (bog`lash) komandasi ikki yoki undan ko`p ob'ektni belgilab olganimizda atributlar panelida paydo bo`ladi. Bu komandani ishlatishdan maqsad bir qancha ob'ektlarni yaxlit ob'ektga aylantirishdir. Weld ( birlashtirish ) komandasi ham ikki yoki undan ko`p ob'ektlarni birlashtiradi, lekin bu ishlarni boshqacha usulda bajaradi.
    Break Apart (ajratish) komandasi Combine (bog`lash) komandasi bilan juftlikda ishlaydi. Ular birgalikda Arrange (montaj) menyusida joylashgan yoki ularni CTRL+K klavishlarini bosish orqali chaqirish mumkin. Break Apart (ajratish) komandasi atributlar panelida tugma shaklida ham joylashgan. Uning vazifasi Combine (bog`lash) komandasi orqali birlashtirilgan ob'ektlarni ajratishdan iboratdir. Bundan tashqaribu komanda orqali figurali tekstni bo`lak simvollarga ajratish mumkin, shuningdek oddiy tekstni abzatslarga va bo`lak simvollarga ajratib beradi.

    Download 2,59 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 2,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Corel draw dasturi haqida umumiy tushuncha 1 Corel draw grafik muharriridagi asosiy dasturlar

    Download 2,59 Mb.